Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Iyul, 2025   |   11 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:13
Quyosh
04:56
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:39
Bismillah
06 Iyul, 2025, 11 Muharram, 1447

Indoneziya jamoatchiligi buyuk ajdodlarimiz merosiga qiziqish bildirmoqda

03.04.2021   1634   1 min.
Indoneziya jamoatchiligi buyuk ajdodlarimiz merosiga qiziqish bildirmoqda

O'zbekiston elchisi Ulug'bek Rozuqulov Indoneziya Milliy kutubxonasi direktori Muhammad Sharif Bando bilan muzokaralar o'tkazdi. Unda ikki mamlakat milliy kutubxonalari o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish masalasi muhokama qilindi.

Muloqot chog'ida shu yil aprel' oyida kutubxonaning katta kino zalida Abu Ali ibn Sinoga bag'ishlangan "Sharqdan nur" hujjatli fil'mi bir hafta davomida Indoneziya jamoatchiligi namoyish etiladi.

Shuningdek, Indoneziya tomoni o'zbek mutaxassislari Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshbandiy, Al-Horazmiy, Ahmad Al-Farg'oniy va Muhammad Al-Moturidiy hayoti va ijodiga bag'ishlangan ingliz tilida qator maxsus vebinarlar o'tkazish istagini bildirdi.

Ma'lumot uchun, Indoneziya milliy kutubxonasi 1980 yilda tashkil etilgan. Kitob fondi 23 million donaga yaqin bosma nashr va 4 milliardga yaqin elektron nashrlarga ega. Mamlakat qonuniga ko'ra, kutubxona direktori vazir maqomiga ega.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

“Safarga ketdilar...”

04.07.2025   13611   2 min.
“Safarga ketdilar...”

Ayoli vafot etganidan keyin eri juda mayus bo‘lib qoldi. Bir kuni uning yaqin do‘sti uni koyidi:

– Haliyam uylanmadingmi?

– Yo‘q, – dedi u.

– Nega, nahotki boshqa ayollar ichida senga yoqadigani bo‘lmasa?

– Rahmatli ayolimga o‘xshagani topilmasa kerak...

– Qo‘ysang-chi, ayollarning bari bir-biriga o‘xshaydi-ku!..

– Men zohirini aytmayapman. Ichki olamini, botinini aytyapman.

Yigit hayron bo‘lib qarab turgan do‘stiga hayotida bo‘lgan birgina voqeani gapirib berdi:

“Bir kuni ayolim jahlimni chiqardi. Qattiq urishdim va uni ota uyiga haydadim. Jimgina ketdi. Oradan bir necha kun o‘tgach, qilgan ishimdan pushaymon bo‘ldim. Aslida ayb o‘zimdan o‘tganini angladim. Ming andisha bilan qaynotamnikiga bordim. Eshik oldida biroz turib qoldim. So‘ng eshikni taqillatdim. Ayolim ochdi va meni hayratda qoldirib, xuddi oramizda hech gap o‘tmaganday, baland ovozda:

– Assalomu alaykum dadajonisi, safaringiz yaxshi o‘tdimi? – deya tabassum bilan ko‘zini qisib qo‘ydi. Unga bir nimalar demoqchi bo‘lgan edim, u meni qattiq bag‘riga bosib, bunday dedi:

– Gapirmang, ota-onamga sizni “safarga ketdilar”, dedim...

Ana shunday fahmli, oqila edi ayolim. Shuning uchun ham unga hech birini o‘xshatolmay, uylanolmay yuribman, do‘stim”.

Ha, azizlar! Alloh taolo erkakni ayol uchun, ayolni erkak uchun ne’mat qilib bergan. To‘g‘ri, ba’zilar bir-birlarining kamchiliklaridan shikoyat qilib qolishadi. Ammo hech kim benuqson emas. Mukammal ayolni ham, erkakni ham axtarmang bu dunyoda. Hikoyada kelganidek, ba’zida er uchun bir jufti halol butun dunyodagi ayollardan afzal bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, ahli ayolimizni qadrlaylik. Zero, u ham kimningdir farzandi, bolalarimizning onasi. Eng muhimi, Allohning bizga bergan omonatidir.

Akbarshoh RASULOV