BU – «YeTTI QIROAT»NING MAShOYIHLARDAN, IShONChLI UMMATDAN MAHLUQOTLARNING AFZALI RASULULLOHGAChA BO'LGAN MUTAVOTIR SANADLARIDIR
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
Janobimiz ummiy[1] Payg'ambar Muhammad alayhissalomga Alloh taoloning salotu salomi bo'lsin. Buyuk Qur'oni Karimga nozik haqiqatlarning ma'naviy xazinalarini jamlagan, maxluqotlaridan tanlab olganiga uning kalitlarini berib, natijada Qur'oni Karim zamiridagi mazmun, mohiyat va tushunchalarni o'zlashtirgan, bandalaridan xohlaganini o'z Kitobining hifzu muhofazasiga xoslab, unga bu Kitobning talab va odoblariga amal qilishni ilhom qilgan Alloh taologa maqtovlar bo'lsin. Bizlarni xos tanlab olib, tavfiq berib, shu Kitobning homili – ko'tarib yuruvchisi qilgani uchun U Zotga hamdu sano aytaman, bizlarni e'zozlab, to'g'ri yo'lga hidoyat qilgani uchun shukr keltiraman. Allohdan o'zga iloh yo'q, U yagonadir, Uning sherigi yo'qdir, deb guvohlik beramanki, bu guvohlik barcha amallar havola va hisob qilinadigan Kunga zaxira bo'lsin. Sayyidimiz va nabiyimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloning bandasi va Rasulidir, deb guvohlik beraman. U zot murabbiylarning murabbiysiga eng suyukli do'stdir. Alloh taolo u kishining dono ahlu ashoblariga ham ko'plab durudu salavotlar yo'llasin. Ammo ba'd:
Yaratgan Parvardigorining mag'firatidan umidvor bo'lgan kamina Abdulloh Qoriy al-Hanafiy[2] al-Chishtiy[3] shunday deydi:
«Ilmlarning eng ahamiyatlisi, eng mo''tabari Qur'on ilmidir. Zero, u dalolatlar bilan barcha ilmni o'z ichiga olgandir. Hususan, unga muhaqqiq ulamolar, buyuk tadqiqotchilar berildilar, uning bokira durlarining yuzidan pardani ochdilar hamda uni mukammal rasmiy ravishda naqd qildilar. Ibn al-Jazariy[4] o'zining «Tayyiba»sida[5] aytadiki:
«Qur'on homillari sharafga haqli,
Ummat buyuklari yaxshilik ahli».
Qur'oni Karim Alloh taolo tomonidan nozil qilingan kitoblarning eng ulug'i bo'lar ekan, u nozil qilingan zot ham yuborilgan payg'ambarlarning eng afzali bo'ladi. Binobarin, uning ummati ham insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummatdir. Qur'on homillari esa ana shu ummatning eng sharafli kishilaridir. Ibn Abbos roziyallohu anhudan Nabiy sollallohu alayhi vasallamgoshg shunday deganlari rivoyat qilinadi:
«Ummatimning eng sharaflilari Qur'on homillari va tun sohiblaridir».[6]
Imom Tabaroniy Ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarning yaxshingiz Qur'onni o'qib, uni o'zgalarga ham o'qitganingizdir»,[7] deganlar.
Imom Buxoriy Usmon ibn Affon roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar: «Sizlarning yaxshingiz Qur'onni o'rganib, uni boshqalarga ham o'rgatganingizdir».[8]
Imom Termiziyning «Jome'»sida Abdulloh ibn Mas'uddan quyidagi hadis rivoyat kilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo aytadi: «Kimniki Kur'on mening zikrimdan va mendan so'rashdan mashg'ul qilgan bo'lsa, men unga so'raguvchilarga beradiganimning eng afzaliny beraman».[9]
Ushbu hadisning boshqa yo'l bilan qilingan rivoyatida «Kimniki Qur'on qiroati: uni o'rganish yoki o'rgatish menga duo qilishdan va mendan so'rashdan mashg'ul qilib qo'ygan bo'lsa...» deb kelgan.[10]
Boshqa bir hadisi sharifda: «Ummatimning eng afzal ibodati Qur'on qiroatidir», deganlar.[11]
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Kimki Qur'on o'qisa va biror kishiga o'ziga berilgandan ko'ra afzalroq narsa berilgan, deb o'ylasa, aniqki, Alloh ulug'lagan narsani kichik sanabdi».[12]
Yana shunday deganlar: «Kimki Qur'onni (qalbida) jamlasa, uning ikki elkasi orasiga payg'ambarlik joylashibdi, faqat unga vahiy tushmaydi, xolos».[13]
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Kimki Qur'onni (qalbida) jamlasa, Alloh taolo uni to vafot etgunicha aqlidan bahramand etadi».[14]
U zot sollallohu alayhi vasallam yana shunday deydilar: «Qiyomat kuni Qur'oni Karimdan ko'ra martabasi ulug'roq shafoatgo'y bo'lmaydi, payg'ambar bo'lsin, farishta bo'lsin yoki boshqa bo'lsin».[15]
Boshqa bir hadisda: «Kimki Qur'on o'qib yurgan holida vafot topsa, Baytul atiq (Eski uy, ya'ni Ka'ba) ziyorat qilinganidek, farishtalar uning qabrini haj qilurlar».[16]
Bu borada hadisi shariflar juda ko'p.
Albatta, Alloh taolo bu ulug' ne'mat va buyuk tortiqni ne'matlarning egasi bo'lgan Allohning yo'lidagi aziz birodarimiz, hurmatli muxlis olim va fozil Mulla Ro'zi ibn Muhammad Tole' Buxoriyga Qur'onni to'la yod olish, uning harflari maxrajlarini tahrir-tahqiq va bayon bilan mukammal ado etishni muyassar etish ila bekamu ko'st atr etdi. Bu u kishining hajga kelib, Makkai Mukarramada turgan chog'lari – hijriy 1325 sanada bo'ldi. U mening huzurimda Qur'oni Karimni boshidan oxirigacha etuk ifoda va barkamol suratda tahriru tajvid bilan Shotibiy tariqasida mukammal o'qib berdi. U mendan «ijozat» berishimni so'radi. Men u kishiga qayerda bo'lmasin, qay tarafga bormasin, bu «ijozat»ning ulamolari tarafidan qo'yilgan shartga binoan o'qishi va o'kitishiga ijozat berdim. Ma'lum qilamanki, men bu «ijozat»ni janobim, us-tozim, peshvoyim va pushti panohim fazilatli, barkamol zot xojamiz Shayx Ibrohim Sa'd al-Misriy ash-Shofi'-iy al-Hilvatiydan olganman. U kishi esa o'z shayxi, mohir ustoz, etuk alloma Shayx Hasan Bidir ash-Shofi'iy al-Hilvatiy al-Misriy Al-Jarisiydan olganini aytgan.
U muhaqqiq tadqiqotchi janobimiz Shayx Muhammad Mutavalliydan;
U mutqin va muhaqqiq Sayyid Ahmad at-Tihomiydan. Alloh taolo unga go'zal muomala qilib, uning uzra rahmat yog'dirsin;
U Ahmad Salamunadan;
U Sayyid Ibrohim al-Ubaydiydan;
U esa bir nechta mashoyixlardan olgan. Jumladan:
a) Mutqin muhaqqiq shayx Abdurrahmon al-Ujhuriy al-Molikiy al-Muqriy al-Azhariy al-Ahmadiy al-Ash'ariy ash-Shoziliy al-Misriy;
b) Mu'tamad olim, fozil, muhaqqiq, zamonaning yagonasi Sayyid Aliy al-Badriy al-Azhariy ash-Shoziliy al-Ahmadiy al-Misriy;
v) Fazilatli, mu'tamad olim shayx Mustafo al-Aziziylardir.
Shayx Abdurrahmon al-Ujhuriy ham bir nechta ustozda o'qiganlar:
a) Shayx Abduh as-Sujo'iy;
b) Shayx Ahmad al-Baqariy;
v) Shayx Ahmad al-Asqotiy;[17]
g) Shayx Yusuf Afandiyzoda. U Qustantiniya (Konstantinopol' shahri) diyori qorilarining shayxi bo'lgan. Unga 1151 yili Misr qal'asida, muborak hajga kelayotgan paytida o'qib bergan;
d) Shayx Muhammad al-Azbakoviy. U kishi Al-Jomi'ul-Azhar laqabi bilan mashhur bo'lgan;
e) Shayx Abdulloh ash-Shaymotiy[18] al-Mag'ribiy. U kishiga hijriy 1151 yili Madinai Munavvaraga qilgan safarlari chog'ida o'qib bergan.
Sayyid Aliy al-Badriy ham bir nechta ustozda o'qiganlar:
a) Shayx Ahmad al-Asqotiy;
b) Shayx Yusuf Afandiyzoda;
v) Shayx Muhammad al-Azbakoviy;
g) Shayx Mahfuz;
d) Shayx Abdulloh ash-Shaymotiy al-Mag'ribiy. Shayx Abduh as-Sujo'iy esa o'z asrining muhaqqiqi marhum Ibn as-Samohda[19] o'qigan.
Shayx Ahmad al-Asqotiy Abu ad-Dimyotiyda;[20] U esa:
a) «Ithof» kitobining muallifi muhaqqiq Shayx Ahmad al-Banno;
b) Qiroat ilmining tadqiqotchisi Shayx Sulton al-Mazzohiylarda o'qigan.
Shayx Ahmad Sulton esa Yusuf ad-Doniy al-Basirda o'qigan.
Yusuf Afandiyzoda janob Shayx Ali al-Mansuriyda, Qustantiniyaga borgan paytlari o'qigan. Shayx Aliy al-Mansuriy esa:
a) Oldin zikr qilingan «Ithof»ning sohibida (ya'ni Ahmad al-Bannoda);
U Shayx Sultonda;
b) Shayx Aliy ash-Shabromullisiyda o'qigan. Shayx Ahmad al-Baqariy:
a) Shayx Muhammad al-Baqariyda; U Shayx Abdurrahmon al-Yamaniyda;
U otasi Shayx Shahoza al-Yamaniyda;
U Shayx Abdulhaq as-Sanbotiyda o'qigan.
b) Shayx Aliy ash-Shabromullisiyda;
U Shayx Abdurrahmon al-Yamaniyda o'qigan.
Yusuf ad-Doniy al-Basir ham as-Sanbotiyda o'qigan.
Shayx Muhammad al-Azbakoviy Shayx Muhammad al-Baqariyda o'qigan.
Shayx Mahfuz Shayx Aliy ar-Ramliyda;
Ar-Ramliy esa Shayx Muhammad al-Baqariyda o'qigan.
Shayx Abdulloh ash-Shaymotiy ko'p kishilarda o'qigan. Jumladan:
Shayx Abdulxoliq ash-Shaymotiydir. Uning sanadi mashhur «Al-Avqof» kitobining sohibi shayxulislom shayx Abdulloh ad-Dastiyga,[21] uning sanadi esa Abu Amr ad-Doniyga bog'lanadi.
Shayx Shahoza esa Nosir Tabloviyda ham o'qigan.
Sanbotiy va Tabloviy shayxulislom Zakariyo al-Ansoriyda;
U Shayx Rizvon al-Uqbiyda;
U «Tayyiba»ni sharh qilgan Muhammad an-Nuvayriyda;
An-Nuvayriy esa o'zining hamda al-Uqbiyning ustozi, qiroat ilmining haqiqiy tadqiqotchisi Shayx Muhammad al-Jazariyda;
U porloq imom Ibn al-Labbonda;
U Shotibiyning kuyovi Shayx Ahmadda:
U Abulhasan Aliy ibn Huzaylda;
U Abu Dovud Sulaymon ibn an-Najohda;
U «At-Taysir»[22]ning mullifi Hofiz Abu Amr ad-Doniyda o'kigan. Buni Imom al-Jazariy «At-Tashhiz»da aytgan.
«Taysir»dagi etti qiroatning sanadi
1 - Imom Nofe' al-Madaniy qiroati.
1) Imom Nofe' al-Madaniydan Iyso Qolun orqali kelgan sanad:
Undan Iyso Qolun qilgan rivoyat haqida bizga Ahmad ibn Umar ibn Muhammad al-Jiyziy xabar qilgan. U aytadi:
«Bizga uni Ahmad ibn Muhammad ibn Munir xabar qilgan. U aytadi:
«Bizga uni Abdulloh ibn Iyso al-Madaniy xabar qilgan. U aytadi:
«Bizga Qolun Nofe'dan xabar qilgan».
(Abu Amr ad-Doniy) aytadi:
«Men bu rivoyat bilan to'la Qur'onni ustozim Shayx Abul-Fath Foris ibn Ahmad ibn Muso ibn Imron al-Muqriy az-Zarirga[23] o'qib berganman». U kishi aytganki:
«Men bu rivoyat bilan to'la Qur'onni Abulhasan Abdulboqiy ibn Hasan al-Muqriyga o'qib berganman. U kishi aytganki:
«Ibrohim ibn Umar al-Muqriyga o'qib berganman. U kishi aytganki:
«Abulhasan Ahmad ibn Usmon ibn Ja'far ibn Savbonga[24] o'qib berganman. U kishi aytganki;
«Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn al-Ash'abga[25] o'qib berganman. U kishi aytganki:
«Abu Nashit Muhammad ibn Horunga o'qib berganman. U kishi aytganki:
«Nofe'ga o'qib berganman».[26]
2) Imom Nofe' al-Madaniydan Usmon Varsh orqali kelgan sanad:
Undan Usmon Varsh qilgan rivoyat haqida bizga Misrda qozi bo'lgan Abu Abdulloh Ahmad ibn Mahfuz xabar qilgan va aytgan:
«Bizga Ahmad ibn Ibrohim ibn Jomi' xabar qilgan va aytgan:
«Bizga Abu Muhammad Bakr ibn Sahl xabar qilgan va aytgan:
«Bizga Abu Muhammad Abdussamad ibn Abdurrahmon xabar qilgan va aytgan:
Bizga Varsh Nofe'dan xabar qilgan».
(Abu Amr ad-Doniy) aytadi:
«Men bu rivoyat bilan to'la Qur'onni Misrdagi muqriy Abulqosim Halaf ibn Ibrohim ibn Muhammad ibn Hoqonga o'qib berganman. U aytganki:
«Men bu rivoyat bilan Qur'onning hammasini Abu Ja'far Muhammad (bir nusxada Ahmad) ibn Usoma an-Najibiyga o'qib berganman. U aytganki:
«Men Ismoil ibn Abdulloh an-Nahhosga o'qib bergan-man. U aytganki:
«Men Abu Ya'qub Yusuf ibn Amr ibn Yasor al-Azraqqa o'qib berganman. U aytganki:
«Men Varshga o'qib berganman. U aytganki:
«Men Nofe'ga o'qib berganman. Nofe' ibn Abdurrahmon ibn Abu Nuaym esa Jaunnaning mavlosidir. Kunyasi Abu Ruvaym. Boshqacha ham kelgan. Uning asli Asfihondan bo'lib, qora tanli edi. Dorul-hijraning (ya'ni Madinai Munavvaraning) qiroatdagi imomi bo'lgan. U kishi uzoq umr ko'rgan. Tobe'inlardan etmishtasida Qur'on o'qigan. Yazid ibn al-Qa'qo', Shayba ibn Nasoh, Abdurrahmon ibn Hurmuz o'shalar jumlasidandir. Ular Abdulloh ibn Abbosda, u kishi Ubay ibn Ka'bda, u kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamda o'qiganlar».
2 - Imom Ibn Kasir qiroati:
1) Undan Muhammad ibn Qunbul qilgan rivoyat haqida
bizga Abu Muslim Muhammad ibn Ahmad ibn Aliy al-Bag'dodiy xabar bergan. U aytganki:
«Bizga Ibn Mujohid xabar bergan. U aytganki:
«Men (bu rivoyat bilan) Qunbulga o'qib berdim va u aytdi:
«Men Abul-Husayn Ahmad ibn Muhammad ibn Avf al-Qavsiyga[27] o'qib berdim va u aytdi:
«Men Abul Ixrit Vahb ibn Vozihga o'qib berdim va u aytdi:
«Men Ismoil ibn Abdulloh al-Qistga o'qib berdimva u aytdi:
«Shibl ibn Abbod va Ma'ruf ibn Mushkonga o'qib berdim. Ular:
«Biz Ibn Kasirga o'qib berganmiz», deyishgan».
(Abu Amr ad-Doniy aytadi:)
«Men ushbu rivoyat bilan Qur'onning hammasini Foris ibn Ahmad al-Himsiy[28] al-Muqriy az-Zarirga o'qib berdim. U aytdi:
«Men bu rivoyat bilan Abdulloh ibn Husayn al-Bag'dodiyga o'qib berdim. U aytdi:
«Men Muhammad ibn Mujohidga o'qib berdim. U aytdi:
«Men Qunbulga o'qib berdim».
2) (Ibn Kasirdan) Ahmad al-Bazziyning rivoyati:
«Bizga bu rivoyat haqida Muhammad ibn Ahmad al-Kotib xabar berdi va aytdi:
«Bizga Ahmad ibn Muso xabar berdi va aytdi:
«Bizga Nasr[29] ibn Muhammad az-Zabbiy xabar berdi va aytdi:
«Bizga Abu Bazza[30] xabar berdi va aytdi:
«Men Ikrima ibn Sulaymon ibn Umayr (bir nusxada Omir)ga[31] o'qib berdim va u aytdi:
«Men Ismoil ibn Abdulloh al-Qistga o'qib berdim va u aytdi:
«Men Ibn Kasirning o'ziga o'qib berdim. Bazziy mana shunday degan».
(Abu Amr ad-Doniy aytadi:)
«Men bu rivoyat bilan Qur'onning hammasini Abulqosim Abdulaziz ibn Ja'far ibn Muhammad al-Muqriy al-Forisiyga o'qib berdim. U menga aytdiki:
«Men Qur'onning hammasini Abu Bakr Muhammad ibn Hasan an-Naqqoshga o'qib berdim. U menga aytdiki:
«Men bu rivoyat bilan Abu Rabi'a Muhammad ibn Ishoq ar-Rab'iyga o'qib berdim. U aytdiki:
«Men Bazziyga o'qib berdim».[32]
Bu ikkinchi to'lin oy[33] Abu Muid[34] ibn Kasir al-Makkiy Amr ibn Alqamaning mavlosi bo'lib, tobi'iydir. Uning asli fors avlodidan. U novcha, yo'g'on, bug'doyrang, ko'zi ko'kka moyil edi. Sochini hino bilan bo'yar edi. U sahoba Abdulloh ibn as-Soib al-Maxzumiy, Mujohid ibn Jabr va Dirbosda o'qigan. Abdulloh ibn as-Soib esa Ubay ibn Ka'bda o'qigan. Mujohid va Dirbos ikkisi Abdulloh ibn Abbosda, u kishi Ubay ibn Ka'b va Zayd ibn Sobitda o'qigan. Ular Nabiy sollallohu alayhi vasallamda o'qiganlar.
3 – Imom Abu Amr ibn Alo al-Basriy qiroati:
1) Abu Umar ad-Duriy rivoyati:
«Bizga uni Abu Iyso Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Qatn[35] 318 sanada xabar bergan. Aytganki:
«Bizga Abu Hallod Sulaymon ibn Hallod xabar bergan vaaytganki:
«Bizga Yazidiy Abu Amrdan naql qilgan».
(Abu Amr ad-Doniy aytadi:) «Men bu qiroat bilan Abu Amr[36] tariqasiga ko'ra, shayximiz Abdulaziz ibn Ja'far ibn Muhammad ibn Ishoq al-Bag'dodiy al-Muqriyga o'qib berganman. U menga aytganki:
«Men bu qiroat bilan Qur'onni Abu Tohir Abdulvohid ibn Umar ibn Abu Hishom al-Muqriyga ko'p marta, son-sanoqsiz o'qib berganman. U kishi aytganki:
«Men bu qiroat bilan Abu Bakr ibn Mujohidga o'qib berganman. U aytganki:
«Men u bilan Abuzza'ro Abdurrahmon ibn Abdusga o'qib berganman. U aytganki:
«Men Abu Umarga o'qib berganman. U aytganki:
«Men Yazidiyga o'qib berganman. U aytganki:
«Men Abu Amr (ibn Alo)ga o'qib berganman».
2) (Abu Amr ibn Alodan) Solih Abu Shuayb as-Susiy
rivoyati:
«Bizga uni Halaf ibn Ibrohim ibn Muhammad al-Muqriy xabar bergan. U aytganki:
«Bizga Abu Muhammad Husayn (bir nusxada Hasan)[37] ibn Roshiq al-Muaddal xabar bergan. U aytganki:
«Bizga Abu Shuayb xabar bergan.[38] U aytganki:
«Bizga Yazidiy Abu Amrdan naql qilgan».
(Abu Amr ad-Doniy aytadi:) «Men Qur'onning hammasini Foris ibn Muhammad al-Muqriyga ushbu qiroat bilan mislayn va mutaqoribaynlarning birinchisini izhor va idg'om qilib o'qib berganman. U aytganki:
«Men xuddi shunday qilib, Abdulloh ibn Husayn al-Muqriyga o'qib berganman. U aytganki:
«Men xuddi shunday qilib, Abu Imron Muso ibn Jarir an-Nahviyga o'qib berganman. U aytganki:
«Men Abu Shuaybga o'qib berganman. U aytganki:
Yazidiyga o'qib berganman. U esa «Abu Amrga o'qib berganman», degan».
Hofiz Abu Amr ad-Doniy aytadi;
«Bizga usuli idg'omni Muhammad ibn Ahmad Ibn Mujohiddan, u Abdurrahmon ibn Abdusdan, u Abu Umar ad-Duriydan, u Yazidiydan, u Abu Amr(ibn Alo)dan naql qilgan. Shuningdek, bu (qiroat) haqida bizga shayximiz Abulhasan xabar bergan. U aytganki:
«Abdulloh ibn Muborak Ja'far ibn Sulaymondan, u Abu Shuaybdan, u Yazidiydan, u Amrdan[39] rivoyat qilgan».
Bu uchinchi to'lin oy Abu Amr ibn Alo al-Basriy al-Moziniy bo'lib, Banu Mozindandir. Asli Kazrindan.[40] Bug'doyrang, bo'ydor, nasabi toza, aslzoda edi. Ismi haqida ixtilof qilingan. Ba'zilar ismi kunyasi bo'lgan, desa, ba'zilar Zabon bo'lgan, deydi, yana ba'zilar boshqacha aytgan. Hijoz va Iroqdagi tobe'inlardan bir jamoasida o'qigan. Jumladan, Ibn Kasir, Mujohid Sa'id ibn Jubayrda, ular Ibn Abbosda, u qishi Ubay ibn Ka'bda, u kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamda o'qiganlar.
4 – Imom Abdulloh ibn Omir ash-Shomiy qiroati.
1) Undan Ibn Zakvonning rivoyati:
«Bizga undan Muhammad ibn Ahmad xabar bergan. U «Ahmad ibn Muso ibn Mujohid xabar bergan», degan. U aytganki:
«Ahmad ibn Yusuf at-Tag'libiy xabar bergan. U aytganki:
«Abdulloh ibn Zakvon xabar bergan. U aytganki:
«Abu Ayyub ibn Tamim at-Tamimiy xabar bergan. U aytganki:
«Yahyo ibn Horis az-Zimmoriy (bir nusxada ad-Dammoriy)[41] xabar bergan. U esa:
«Men Ibn Omirga o'qib berdim», degan».
Abu Amr (ad-Doniy) aytadi:
«Men Qur'onning hammasini ushbu qiroat bilan Abdulaziz ibn Ja'far al-Forisiy al-Muqriyga o'qib berdim. U menga aytganki:
«Men Abu Bakr Muhammad ibn al-Husayn an-Naqqoshga o'qib berdim. U aytganki: «Men bu qiroatni Abu Abdulloh Horun ibn Muso ibn Sharik al-Axfashga o'qib berdim. Axfash esa uni Abdulloh ibn Zakvondan rivoyat qilgan».
2) (Abdulloh ibn Omir ash-Shomiydan) Hishom rivoyati: «Bizga uni Muhammad ibn Ahmad xabar bergan. U: «Ibn
Mujohid xabar bergan», degan. U aytganki: «Bizga Hasan ibn Abu Mehron al-Jammol xabar bergan. U: «Ahmad ibn Yazid al-Hulvoniy xabar bergan», degan. U: «Hishom ibn Ammor xabar bergan. U Irok ibn Holid al-Mirriy (bir nusxada al-Muzaniy)[42] xabar bergan», degan. U: «Yahyo ibn Horis az-Zimmoriyga o'qib berganman», degan. U: «Abdulloh ibn Omirga o'qib berganman», degan».
Abu Amr (ad-Doniy) aytadi:
«Men bu qiroat bilan Qur'onning hammasini shayximiz Abulfathga o'qib berdim. U menga: «Bu qiroat bilan Abdulloh ibn al-Husaynga o'qib berdim», degan. U aytganki:
«Men Muhammad ibn Ahmad ibn Abdulloh ibn Abdonga o'qib berganman. U aytganki:
«Men al-Hulvoniyga o'qib berganman. U aytganki:
«Men Hishomga o'qib berganman».
Bu to'rtinchi siymo Abdulloh ibn Omir ad-Dimashqiy at-Tobi'iy bo'lib, Mug'ira ibn Abu Shihobga, u kishi Usmon ibn Affon va Abu Dardo roziyallohu anhumga, ular Nabiy sollallohu alayhi vasallamga o'qib berganlar.
5 – Imom Osim qiroati.
1) Undan Abu Bakr Shu'baning rivoyati:
«Bizga uni Muhammad ibn Ahmad ibn Ali al-Kotib xabar bergan. U aytadi:
«Bizga ibn Mujohid xabar bergan. U aytganki:
«Ibrohim ibn Ahmad ibn Umar al-Vaki'iy xabar bergan.
«U: «Otam (Ahmad) xabar bergan», degan. U aytganki: «Yahyo ibn Odam xabar bergan». U aytganki: «Abu Bakr (ya'ni Shu'ba) Osimdan naql qilgan».
Abu Amr (ad-Doniy) aytadi:
«Men Qur'onning hammasini bu qiroatda Foris ibn Ahmad al-Muqriyga o'qib berdim. U menga aytdiki:
«Men bu qiroat bilan Abulhasan Abdulboqiy ibn al-Hasan al-Muqriyga o'qib berganman. U aytganki:
«Men Ibrohim ibn Abdurrahmon ibn Ahmad al-Muqriy al-Bag'dodiyga o'qib berganman. U aytganki:
«Men Yusuf ibn Ya'qub al-Vositiyga o'qib berganman.
U: «Shuayb ibn Ayyub as-Sayrafiyga o'qib berganman», degan.
U: «Yahyo ibn Odamga, u Abu Bakrga, u Osimga o'qib bergan», degan.
Shuningdek, menga Foris ibn Ahmad shunday degan:
«Men ushbu qiroat bilan Abdulloh ibn Husaynga o'qib berganman.
U menga xabar berganki, u Ahmad ibn al-Qofiloniyga o'qib bergan.
U Ahmadga, u Sayrafiyga[43], u Yahyoga, u Abu Bakrga, u Osimga o'qib bergan».
2) (Osimdan) Hafs rivoyati:
«Bizga uni Abulhasan Tohir ibn G'albun al-Muqriy xabar bergan. U aytganki:
«Bizga Basradagi Muqriy Abulhasan Aliy ibn Muhammad ibn Solih al-Hoshimiy az-Zarir xabar bergan. U aytganki:
«Bizga Abul-Abbos Ahmad ibn Ashal al-Ushnoniy xabar bergan. U aytganki:
«Men Abu Muhammad Ubayd as-Sabbohga o'qib berganman. U aytganki:
«Men Hafsga o'qib berganman. U aytganki:
«Men Osimga o'qib berganman».
Abu Amr (ad-Doniy) aytadi:
Men Qur'onning hammasini ushbu qiroat bilan shayximiz Abulhasanga o'qib berganman. U menga aytganki:
«Men al-Hoshimiyga o'qib berganman. U aytganki:
«Men: al-Ushnoniyga o'qib berganman. U Ubaydga, u Hafsga, u Osimga o'qib bergan».
Bu beshinchi siymo tobi'iy Osim ibn Abunnajud bo'lib, kunyasi Abu Bakrdir. U Abu Abdulloh ibn Habib as-Sulamiy[44] va Zirr ibn Hubayshda, ular Usmon, Aliy, Ibn Mas'ud, Ubay va Zayd roziyallohu anhumda, ular Nabiy sollallohu ayaayhi vasallamda o'qiganlar.
6 – Imom Hamza az-Zayyot al-Ko'fiy qiroati.
1) Undan Halafning rivoyati:
«Bizga uni Muhammad ibn Ahmad xabar bergan. U aytganki:
«Bizga Ibn Mujohid xabar bergan. U aytganki: «Bizga Idris ibn Abdulkarim xabar bergan. U Halafdan, u Sulaymdan, u Hamzadan naql qilgan».
(Abu Amr ad-Doniy) aytadi:
«Men ushbu qiroat bilan Qur'onning hammasini shayximiz Abulhasanga o'qib berganman. U aytganki:
«Men bu qiroat bilan Basrada Muqriy Muhammad ibn Abulhasan ibn Yusuf ibn Nahor al-Hartakiyga[45] o'qib ber-ganman. U menga aytganki:
«Abulhusayn (bir nusxada Abulhasan)[46] Ahmad ibn Usmon ibn Ja'far ibn Savbonga[47] o'qib berganman. U menga aytganki:
«Men Idris ibn Abdulkarimga «Halafning ixtiyori»da[48] o'qimay turib, o'qib berganman. U menga aytganki:
«Men Halafga o'qib berdim. U aytganki:
«Men Sulaymga o'qib berdim. U aytganki:
«Men Hamzaga o'qib berdim».
2) (Hamzadan) Hallodning rivoyati:
«Bizga uni Muhammad ibn Ahmad aytib bergan. U ayt-ganki:
«Bizga Ahmad ibn Muso xabar bergan. U aytganki:
«Bizga Yahyo ibn Ahmad ibn Horun al-Marzuq[49] Ahmad ibn Zayd al-Hulvoniydan, u Halloddan, u Sulaymdan, u Hamzadan naql qilgan».
(Abu Amr ad-Doniy aytadi:)
«Men ushbu qiroat bilan Qur'onning hammasini shayximiz Abulfath az-Zarirga o'qib berdim. U aytdiki:
«Men bu qiroat bilan Abdulloh ibn al-Husayn al-Muqriyga o'qib berdim. U aytdiki:
«Men bu qiroat bilan Muhammad ibn Ahmad ibn Shanabuzga o'qib berdim. U aytdiki:
«Men Abu Bakr Muhammad ibn Shozon al-Javhariy al-Muqriyga o'qib berdim. U aytganki:
«Men bu qiroat bilan Hallodga o'qib berdim. U aytganki: «Men Sulaymga o'qib berdim, u Hamzaga o'qib bergan». Bu oltinchi siymo Hamza ibn Habib az-Zayyot al-Kufiy bo'lib, kunyasi Abu Ammoradir. Nozim imom Shotibiy aytganlaridek, u kishi juda zakovatli, parhezkor, Qur'onga ujra – haq olishdan qattiq ehtiyot bo'ladigan, ibodatga sabru bardoshli edi. Kechasi ozgina uxlar edi, xolos. Mukammal tartil bilan tilovat qilar, kim unga ro'para bo'lsa, faqatgina Qur'on o'qiyotgan holida topar edi. U Ja'far Sodiqda, u otasi Muhammad Boqirda, u otasi Zaynul-obidinda, u otasi Husaynda, u otasi Aliy ibn Abu Tolibda o'qigan. Alloh hammalaridan rozi bo'lsin. Hamza yana A'mashda, u Yahyo ibn Vassobda, u Alqamada, u Ibn Mas'udda o'qigan. Shuningdek, u Muhammad ibn Abu Layloda, u Abu Minholda, u Sa'id ibn Jubayrda, u Abdulloh ibn Abbosda, u Ubay ibn Ka'bda o'qigan. Yana u Humron ibn A'yonda,[50] u Abul Asvadda, u Usmon va Aliyda o'qigan. Usmon, Aliy, Ibn Mas'ud va Ubay roziyallohu anhum Nabiy sollallohu alayhi vasallamda o'qiganlar.
7 – Imom Ali al-Kisoiy qiroati.
1) Abu Amr ad-Duriy rivoyati:
«Bizga uni Muhammad Abu Muhammad Abdurrahmon ibn Umar ibn Muhammad al-Muaddal xabar bergan. U aytganki:
«Bizga Abdulloh ibn Ahmad ad-Dimashqiy xabar bergan. U aytganki:
«Bizga Ja'far ibn Muhammad ibn Asad an-Nasibiy xabar bergan. U aytganki:
«Bizga Abu Umar ad-Duriy Aliy al-Kisoiydan naql
qilgan».
(Abu Amr ad-Doniy aytadi:)
«Men ushbu qiroat bilan Qur'onning hammasini Abul-Fath az-Zarirga o'qib berdim. U aytganki:
«Men Abdulboqiy ibn al-Hasanga o'qib berganmai. U aytganki:
«Men Muhammad al-Julanda[51] al-Mavsiliyga o'qib berganman. U aytganki:
«Men Ja'far ibn Muhammadga o'qib berdim. U aytganki:
«Men Abu Umarga o'qib berganman. U aytdiki:
«Men Al-Kisoiyga o'qib berdim».
2) (Aliy al-Kisoiydan) Abul-Horis rivoyati:
«Bizga uni Muhammad ibn Ahmad xabar berdi va aytdiki:
«Bizga Ibn Mujohid xabar berdi va aytdiki:
«Bizga Muhammad ibn Yahyo xabar bergan, u Abul-Horisdan, u al-Kisoiydan naql qilgan».
(Abu Amr ad-Doniy aytadi:)
«Men ushbu qiroat bilan Qur'onning hammasini Abul-Fath Foris ibn Ahmadga o'qib berdim. U menga aytdiki:
«Men Abulhasan Abdulboqiy ibn al-Hasan al-Muqriyga o'qib berdim va u menga aytdiki:
«Men Zayd ibn Aliyga o'qib berdim va u aytdiki:
«Al-Battiy nisbati bilan tanilgan Ahmad ibn al-Hasanga o'qib berdim. U aytdiki:
«Men Abulhasan Muhammad ibn Yahyo al-Kisoiy as-Sag'irga o'qib berganman. U aytganki:
«Men Abul-Horisga o'qib berganman. U aytganki:
«Men Al-Kisoiyga o'qib berdim».
Bu ettinchi porloq siymo Abulhasan Aliy ibn Hamza an-Nahviy bo'lib, Banu Asadning mavlosi bo'lgan. O'zi fors avlodidan. «Kisoiy» deb atalipshga sabab shuki, u kishi «kiso», ya'ni ko'ylak-ishton kabi kiyimni ehrom qilgan. U Hamza az-Zayyotning qo'lida o'qigan. Uning (Hamzaning) sanadi yuqorida o'tdi.
Shuningdek, bu zot Iyso ibn Umarda, u Talha ibn Musarrifda, y An-Naxa'iyda, y Alqamada, y Ibn Mas'udda, u Nabiy sollallohu alayhi vasallamda o'qigan.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam qiroatni Jabroil alayhissalomdan, u Lavhul Mahfuzdan, Olamlarning Robbi – Alloh taolodan olgan.
Endi u (Mulla Ro'zi ibn Muhammad Tole' al-Buxoriy) o'zi etishgan narsaning, unga serob qilib berilgan mana bu ulug' ne'mat, buyuk marhamatning qadrini bilsin. Alloh taoloning Kitobidan ta'lim bersin. Unga talabi ilm bilan kelgan kishiga qanotini past qilsin, o'zida hosil bo'lgan narsa bilan cheklanib qolmasin, balki ziyodalashish talabida bo'lsin. Zero, Alloh taolo bandalarning sayyidi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni o'zining Kitobida mana shunga buyurib, «Robbim, ilmimni ziyoda qilgin», deb ayt», degandir. Shuningdek, bu maqom unda husni xulq va hilmni o'stirsin. Toabad men unga mashoyixlarim – ustozlarim menga qilgan nasihatni qilib qolaman:
Oshkoru maxfiy holda Allohga taqvo qilgay, rivoyati to'g'ri bo'lishi harakatida bo'lgay, o'zi o'qiganida ham, o'zgaga o'qitayotganida ham o'zidan oldingi o'tgan ustozlariga ergashgay. Men unga xatodan qaytishdan or qilmaslikni, o'zidan o'tgan kamchilikda nafsu havosiga ergashmaslikni, o'zidan kichikka shafqat ko'rsatib, bilmagan narsasida muloyimlik bylan to'g'ri yo'lga solishni, o'zidan kattani e'zozlab, agar undan ozor etsa ham, o'tib yuborishni, o'ziga zulm qilganni kechirishni, birodarlarga muhabbat ko'rsatishni o'zining sarmoyasi qilib olishni, do'stlarga qo'lidan kelganicha, bir og'iz shirin so'z bilan bo'lsa ham, yaxshilik qilishni qat'iy vasiyat qilaman. Zero, tavozu' – o'zini past olish bilan o'zining qadri yuksaladi, unga ne'matlar yog'iladi. Alloh taolo unga doimo rahmat nazari bilan boqsin. Men Alloh taolodan Qur'oni Karim mening uchun ham, uning uchun ham ziyonimizga emas, foydamizga hujjat bo'lishini, bizlarga O'z barakoti bilan ehtiyojimiz tushgan narsani oson qilib berishini umid qilaman.
Men bu birodarimizdan bo'sh holida-yu, band holida kaminani duoi xayrda unutmasligini, xususan, haqqimga iymon salomatligi, barcha gunohu ayblarimning mag'firat bo'lishini, bizni mazkur birodarimiz va yaqinlarimiz bilan Dorussalom jannatda salomat birga qilishini duo etishini so'rayman. Zero, barchamiz o'shanga muhtojmiz, u erda nimalar bo'lishini Alloh biluvchidir.
Alloh taolodan bizlarga so'zda va amalda tavfiq, muvaffaqiyat ato etishini, xato qilish va toyilishdan saqlash bilan bizlarga lutf ko'rsatishini so'rab qolaman. Albatta, U Zot bunga qodirdir hamda ijobat qilishga haqlidir.
Men bu birodarimizga qiroat va rivoyat bilan, barcha vajhlarni o'qishi va o'qitishiga ijozat berdim. Alloh taolo menga ham, unga ham bu ishni oson qilsin va muvaffaq aylasin, omin!
Bu muborak xatm Makkai Mukarramadagi Buxoro amiri shahanshoh Amir Abdulvohidxonga tegishli takyada bo'ldi. Alloh u kishini davomiy boqiy qilsin, murodu maqsadlariga etkazsin hamda majlisdoshlariyu umarolari, qozilariyu bosh qozilari, rahbaru mulozimlari bilan azizlik va omonlikda aylasin. Chunki qonunlar va davrning intizomi ular bilan kamolini topgay. Ularning fazilati va o'rni doimo zamon peshonasida yarqirab, ularning maqtovlari har bir tilda joriy bo'lib turadi. Bu xatmona bir qancha ulamolarning hozirligida bo'ldi. Ular bugungi kunning eng sara siymolari, zamonaning peshvolari, asrning namoyandalaridir. Alloh ularni O'z panohida asrasin, ularga O'z in'omu ehsonini bardavom aylasin. Bizning ham, ularning ham oqibatlarimizni iymon bilan tamomlasin. Bu esa xalqning eng yaxshisi – u kishiga afzal salavot, eng pokiza salom bo'lsin – Nabiyimiz hijratidan hisoblaganda, 1325 yil Zulhijja oyining sakkizinchisi, yakshanba oqshomi bo'ldi. Alloh taoloning fazlidan, buyuk Payg'ambarining hurmatini vasila qilib, bizlarga ham, sizlarga ham rizo va qabulni ato etishini so'rayman. Zero, U eng ulug' Hoja, eng buyuk so'raluvchidir.
«Izzat Robbi bo'lmish Robbing ular qilayotgan vasfdan pokdir. Va yuborilgan rasullarga salom bo'lsin!Olamlarning Robbi – Allohga hamd bo'lsin!»(Soffaat surasi, 180-182-oyatlar).
Yaratgan Parvardigorining afvidan umidvor Abdulloh Qori.
O'rganilgan bu sanad bir qorining sanadidir. Undan boshqa ham bir qancha sanadlar mavjud. Ushbu ijoza va sanad matni bilan tanishgan har qanday inson Alloh taolo Qur'oni Karimni saqlash haqidagi va'dasini nechog'lik ro'yobga chiqarganini ko'rib, tan bermay iloji yo'q.
KYeYINGI MAVZULAR:
TAFSIR VA MUFASSIRLAR
[1] Ummiy – o'qish-yozishni bilmaydigan odam. Bu sifat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xislatlaridan bo'lib, u kishining mo''jizalaridandir.
[2] Ya'ni fiqxda imom Abu Hanifa rahimahullohning mazhablariga ergashgan. Abu Hanifa Nu'mon ibn Sobit rahimahulloh hijriy 80 (m. 699-700) yilda tavallud topib, 150 (768) yili vafot etganlar.
[3] Ya'ni sulukda chishtiylik tariqatida bo'lgan. Bu tariqat oltinchi hijriy asrning oxirlarida faoliyat ko'rsatgan Abu Ishoq ad-Dimashqiy al-Chishtiyga nisbatan «chishtiylik» deb yuritiladi. U kishi Mimshod Uluv ad-Daynuriyning muridlaridan bo'lgan. Chisht Hirotdagi bir qishloqning nomi bo'lib, hozirgi Afg'onistonning shimoli-g'arbiga to'g'ri keladi. «Al-Chishtiy» laqabi bilan mashhur bo'lgan Hoja Mu'iynuddin Hasan as-Sanjariy al-Ajmiriy bu tariqatni Hind diyorida keng yoygan. U kishi Ajmirda vafot etgan. Uning vafot sanasi turlicha aytiladi: hijriy 620 (m. 1223-1224), 627 yoki 634 yili. Hindistondagi eng mashhur va mo''tabar tariqat chishtiylik sulukidir. Zero u Hindiston musulmonlari tarixidagi birinchi tariqatdir.
[4] Imom Shamsuddin Muhammad ibn Muhammad al-Jazariy ash-Shofi'iy hijriy 751 (m. 1350-1351) sanada tug'ilib, 822 (1419-1420) yili vafot etganlar. U kishi Qur'on va tajvid ilmining sultoni hisoblanib, qiroat ilmida ulkan asarlar qoldirganlar.
[5] Imom al-Jazariyning «Toyyibatun nashr fil qiroatil 'ashr» nomli she'riy asariga ishora.
[6] «Al-Mu'jamul kabir», 12262 hadis. Abul Qosim Sulaymon ibn Ahmad at Tobaroniy.
[7] «Al-Mu'jamul kabir», 10325.
[8] «Al-Jomi'us sahih», 4739. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. D. Mustafo tahqiqi. Doru ibn Kasir nashriyoti, 1407 (m. 1987).
[9] Ammo Termiziyning «Sunan»ida matn bir oz o'zgacharoq kelgan: «Kimni Qur'on va Mening zikrim Mendan so'rashdan mashg'ul qilgan bo'lsa, Men unga so'raguvchilarga beradiganimning afzalini beraman». Hadisning davomi quyidagicha: «Allohning Kalomining boshqa kalomlardan afzalligi Alloh taoloning maxluqotlaridan afzalligi kabidir». «Al-Jomi'us sahih», 2926. Imom Abu Iyso Muhammad ibn Iyso at-Termiziy.
[10] Hofiz Abul Alo al-Hamadoniy keltirgan. Uni Imom al-Jazariy «An Nashr fii qiroatil 'ashr» kitobida rivoyat qilgan.
[11] «Shu'abul iymon» 2022. Abu Bakr Ahmad ibn Husayn al Bayhaqiy.
[12] «Az-Zuxd» 799. Abu Abdulloh Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy. Bu hadis turli lafz, turli yo'l bilan ham rivoyat qilingan.
[13] «Axlaqu hamalatil Qur'an». Abu Bakr Muhammad ibn al Husayn al-Ajurriy Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilgan. Hadisning to'liq shakli quyidagicha: «Kimki Qur'onni jamlasa, ulug' ishni zimmasiga olibdi. Batahqiq, payg'ambarlik uning ikki elkasi orasiga joylashibdi, faqat unga vahiy tushmaydi, xolos. Bas, achchiqlanganga qo'shilib achchiqlanish, nodonlik qilganga qo'shilib nodonlik qilish unga joiz bo'lmaydi. Axir uning ichida Qur'on bor!»
[14] Ibn Adiy, Ibn Murdavayh, Ibn Najjor va Daylamiylar Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilgan. «Jomi'ul hadis», 21967. Jaloluddin as-Suyutiy. Al-Munoviy uni zaif degan.
[15] «Al-mug'niy an hamlil asfar» 858 hadis (mursal). Abul Fazl al Iroqiy.
[16] Hadisning quyidagicha rivoyat qilinganini topdik: a) «Ey Aliy, Qur'onni o'rgan va uni odamlarga o'rgat, zero uning har bir harfiga o'n hasana – yaxshilik bordir. Ey Aliy, Qur'onni o'rgan va uni odamlarga o'rgat, shunda agar vafot etsang, odamlar Allohning Baytul atiqini haj qilgandek, farishtalar sening
qabringni haj qilurlar». «Jomi'ul hadis» 26147. Jaloluddin Suyutiy;
b) «Ey Abu Hurayra, Qur'onni kishilarga o'rgat, uni o'zing ham o'rgan. Agar mana shu holda o'lim topsang, farishtalar sening qabringni Baytul atiq ziyorat qilinganidek ziyorat qilurlar. Odamlarga mening sunnatimni o'rgat, garchi yoqtirmasalar ham. Agar Sirotda ko'z yumib-ochguncha ham turmay, jannatga kirishni xohlasang, AlLohning dinida o'z fikring bilan yangi narsa aytma». «Jomi'ul hadis» 42656. Jaloluddin Suyutiy.
[17] Ayrim manbalarda al-Isqotiy deb ham berilgan.
[18] Manbalarda ash-Shammoziy, ba'zi nusxalardagina ash-Shaymoziy deyilgan. Bundan keyin keladiganlari ham shunday o'qilishi lozim.
[19] Kunyasi Abus Samoh, asl ismi Ahmad al Baqariy.
[20] Manbalarda Abun-nur ad-Dimyotiy deb berilgan.
[21] Abdulloh Qoriy Hanafiy: «Al-Vositiy bo'lsa kerak», deydi. Shuningdek, kitobning nomini «Al-Avqot» deb keltirgan. Manbalarda uning ismi Abdulloh al-Habtiy deb, kitobning nomi esa «Alavqof» deb keltirilgan.
[22] Kitobning to'liq nomi «At-Taysir fil-qiroatis-sab'», Muallifning to'liq ismi imom Abu Amr Usmon ibn Sa'id ibn Amr ad-Doniy (hijriy 371-444, milodiy 981-1053).
[23] «Zarir» so'zi «a'mo» degan ma'noni bildirib, ko'pincha ko'zi keyinroq ko'rmay qolgan kishiga nisbatan ishlatiladi.
[24] Aslida «Buyon». «At-Taysir fil qiroatis sab'». Abu Amr ad-Doniy (bundan keyingi barcha tuzatishlar ushbu kitobdan olindi)
[25] Aslida Ash'as.
[26] Bu erda asosiy roviy – Iyso Qolun tushib qolgan, chunki Abu Nashit Nofe'ga emas, Iyso Qolunga, Iyso Qolun esa imom Nofe' al-Madaniyga o'qib bergan.
[27] Aslida al-Qavvos.
[28] Aslida al-Himsiy.
[29] «Bir nusxada ... deydi Abdulloh Qoriy. Aslida Muzar.
[30] Aslida Ahmad ibn Abu Bazza, ya'ni Ahmad al Bazziy.
[31] To'g'risi ham Omir.
[32] Bazziyning Ibn Kasirgacha sanadi sal avval oldin o'tdi.
[33] Porloq siymo demoqchi, ya'ni Ibn Kasir.
[34] Aslida Abu Ma'bad, ismi Abdulloh.
[35] Aslida Ahmad ibn Qatn.
[36] Aslida Abu Umar (ad-Duriy).
[37] To'g'risi ham Hasan.
[38] Aslida Abu Muxammad Husayn bilan Abu Shuaybning o'rtasida Abu Abdurrahmop Ahmad ibn Shuayb an-Nasaiy ham bor.
[39] Ya'ni Abu Amr. «Abu» so'zi tushib qolgan.
[40] U Fors o'lkasiga tegishli joy bo'lib, mo''tabar manbalarda, jumladan, Imom Jazariyning «G'oyatun-nihaya fii tobaqotil-qurro» asarida «Kazrun» deyilgan.
[41] To'g'risi az-Zimmoriy.
[42] Ba'zi nusxalarda al-Muzaniy emas, al-Mizziy kelgan.
[43] Aslida as-Sarifiyniy.
[44] Aslida Abu Abdurrahmon Abdullox ibn Habib as-Sulamiy.
[45] Aslida Abulhasan Muhammad ibn Yusuf ibn Nahor al-Hartakiy. Qo'lyozmada ... ga ham o'xshab qolgan.
[46] To'g'risi Abulhusayn.
[47] Aslida Buyon.
[48] Ya'ni Halafning Hamzadan ayri holda ixtiyor qilgan qiroati.
[49] Aslida al-Muzavviq.
[50] Qo'lyozmada «yu» kabi yozilgan.
[51] Aslida Muhammad ibn Aliy ibn Julanda.
Bugungi kunda islom diniga nisbatan butun dunyoda qiziqish va intilish kuchayib, uning shuhrati yanada keng yoyilayotganligi xammaga ma’lum. Ammo buni ko‘ra olmaydiganlar tomonidan bunga qarshi turli nayranglar o‘ylab topilayotganligi hech kimga sir bo‘lmay qoldi. Musulmonlar orasida fitna qo‘zg‘ab, o‘zaro kelishmovchiliklarni keltirib chiqarish va jamiyat xayotida barqarorlikni izdan chiqarishda islomni noto‘g‘ri talqin qilib, uning nomidan turli noto‘g‘ri g‘oya va oqimlarni paydo qilish eng sermaxsul qurolga aylanib qoldi. Ayni shu asosda mazhabsizlik muammosi ham paydo bo‘lganligi ehtimoldan holi emas. Mazhabsizlik g‘oyasi asrlar davomida o‘tgan minglab olimlarning qilgan mexnatlarini bekorga chiqaradi. Asrlar davomida barcha musulmonlar amal qilib kelgan an’ana noto‘g‘ri, shuncha musulmon adashgan ekan degan xulosa kelib chiqadi. Bunday bo‘lishi mumkin emas, buni tilga olishni o‘zi qiyin. Bu payg‘ambarimiz s.a.v.ning sunnatlariga xam to‘g‘ri kelmaydi, zero U kishi shunday marxamat qiladi: “Allox ummatimni biror zalolatga jamlamas”. Boshqa bir xadisda: “Musulmonlar yaxshi deb bilgan narsa Alloxning huzurida ham yaxshidir” – deyilgan.
O‘zbek xalqi necha asrlardan beri sunniylikning to‘rt fiqxiy mazhabidan biri bo‘lmish hanafiylik mazhabiga amal qilib keladi. Hanafiylik o‘z tarixiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida musulmonlarning hamjihatligi, o‘zaro inoqligi va birligini ta’minlash uchun kurashib kelgan. U musulmonlar o‘rtasidagi xar qanday firqachilikka qarshi bo‘lib, qavmning diniy e’tiqod belgilari bo‘yicha guruxlarga bo‘linish g‘oyasini hech qachon tan olmagan.
Xalqimiz o‘z mustaqilligini qaytadan qo‘lga kiriganidan so‘ng dinimizga keng yo‘llar ochib berildi. Diniy ma’rifiy sohalarda turli musulmon davlatlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ammo shu bilan birga chetdan mazhabsizlik g‘oyasi ham kirib keldi. Ular o‘zlarining noto‘g‘ri ammo zohirda go‘zal da’vatlariga bir qancha yurtdoshlarimizni ishontirishga ulgurdi. Ular xalqimizning azaldan amal qilib kelayotgan hanafiylik mazhabini noto‘g‘riga chiqardi. Bu esa hanafiy mazhabiga amal qiluvchilarning e’tiroziga sabab bo‘ldi. Natijada musulmonlar o‘rtasida nizo, tortishuv yuz berib ixtiloflar avjiga chiqdi. Mazhablarga ergashishdan qaytarish hali dinni to‘liq bilmaydigan, Qur’onning tarjima va tafsiri u yoqda tursin, uni to‘g‘ri o‘qiy olmaydigan yurtdoshlarimizning diniy hukmlar haqida tortishib bir- birini adashganga chiqarishlariga sabab bo‘ldi.
Turli xil ixtilof va kelishmovchilik ta’sirida o‘z yaqinlaridan, xalqidan va yurtidan norozi kayfiyatda bo‘lgan eksterimizmga moyil kishilar paydo bo‘ldi. Ular endi nafaqat mazhabga amal qiluvchilar bilan balki o‘zaro bir- birlari bilan kelishmas edi. Ularning o‘zlari xam turli nomsiz firqalarga ajralib ketdi. Bundan esa turli ekstremistik ruxdagi g‘arazli kuchlar unumli foydalandi. O‘lkamizga chetda shakllangan radikal oqimlar kirib keldi va tarqoq nomsiz firqalarni o‘zlariga qo‘shib oldi.
Ramazon al- Butiy: “Mazhabsizlik- islom shariatiga taxdid solib turgan eng katta bid’at” deb aytgani bejiz emas. Zero dinimiz musulmonlarni o‘zaro birlashishga va firqalarga bo‘linmaslikka buyuradi.
Alloh taolo o‘zining muborak kalomida: “Barchangiz Allohning arqonini (ya’ni dinini) maxkam tuting va bo‘linib ketmang” deb marhamat qiladi. Oli Imron surasi 103-oyat.
Boshqa bir oyatda:
“Agar bilmasangiz zikr ahillaridan so‘rang” Anbiyo 7-oyat.
Ushbu oyati karimada bir inson shar’iy masalada ilmi bo‘lmasa o‘zicha qaror qabul qilmay balki darrov ahli ilm olim insonlardan so‘rashlikka buyurildilar. Keling eng avvlo mazhab so‘zini qanday ma’noda ekanligini tushunib olaylik.
“Mazhab” so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, “yo‘l”, “yo‘nalish” ma’nolarini bildiradi. Shar’iy istilohda esa, “biror diniy masala, muammo bo‘yicha muayyan mujtahid olimning fatvo chiqarish yo‘lidir”. Sahoba va tobeinlar davrida mazhablar ko‘p bo‘lgan. Ammo vaqt o‘tishi bilan ular orasida to‘rt yirik: hanafiy, molikiy, shofeiy, hanbaliy mazhablari rivoj topgan. Mazkur to‘rt mazhab vujudga kelishining asosiy omili – bular qolgan mazhablarning ta’limotini ham tadqiq qilib chiqib qamrab olganidir.
Bu haqda alloma Ibn Rajab (vaf. 795/1393) o‘zining “To‘rt mazhabdan boshqaga ergashganga raddiya” asarida quyidagi so‘zni aytganlar: “Ko‘plab mazhablar orasidan aynan to‘rt mazhab saqlanib qolishi xuddi Qur’oni karimning yetti qiroatidan faqat bittasi qolganiga o‘xshaydi. Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallamga Qur’oni karim yetti xil lahjada nozil bo‘lgan. Keyinchalik islom dini atrofga keng yoyilib, musulmonlarning soni ortib bordi va qiroat borasida ular o‘rtasida ba’zi ixtiloflar kelib chiqqach, Usmon ibn Affon raziyallohu anhu mus'hafni yetti qiroatdan faqat bittasining lahjasida yozdirishga qaror qildi. Oqibatda bugun yer yuzi musulmonlari Qur’onni faqat bitta mus'hafdan ya’ni, Usmon mus'hafida yozilgan xatidan o‘qiydigan bo‘ldi. Demak, ko‘plab mazhablar orasidan faqat to‘rttasining saqlanib qolgani asrlar davomida insonlarni turli ziddiyatlar va ixtiloflardan himoya etishda asos bo‘lgan”.
Mazkur to‘rt mazhabning to‘g‘riligi va haq ekanligi haqida barcha musulmon ummati ijmo (ittifoq) qilganlar. Dalil sifatida quyidagi olimlarning so‘zlarini keltiramiz:
Alloma Ibn Rajab rahmatullohi alayh o‘zlarining “To‘rt mazhabdan boshqaga ergashganga raddiya” nomli kitobida shunday degan: “Alloh taolo shariatni saqlash va dinni muhofaza qilish uchun o‘z hikmati bilan odamlar ichidan to‘rt zabardast imomlarni chiqarib berdi. Ularning ilmu ma’rifatda yuqori martabaga erishganlarini va chiqargan fatvo va hukmlarini haqiqatga o‘ta yaqinligini barcha ulamolar bir ovozdan e’tirof qilganlar. Barcha hukmlar o‘shalar orqali chiqariladigan bo‘ldi. Bu narsa mo‘min bandalar uchun Alloh taoloning lutfu karami va marhamati bo‘ldi”.
Ulamolarimiz fiqhiy mazhablar imomlarini va ularning ishlarini quyidagi misol bilan tushuntiradilar: “Allohning roziligiga erishib, jannatiy bo‘lish xuddi tog‘ning cho‘qqisiga chiqishdek bo‘lsa, mazhab imomlari – Qur’on, hadis va shularga asoslangan manbalardan foydalanib, cho‘qqiga chiqishning eng oson va bexatar yo‘lini topib, belgi qo‘yib, osonlashtirib qo‘ygan kishilardir. Cho‘qqiga chiquvchilar mazkur buyuk to‘rt imom ko‘rsatgan yo‘ldan birini tutsalar osongina, qiynalmasdan maqsadiga erishadi”.
Imom Badruddin Zarkashiy “Bahrul muhit” kitobida shunday yozadi: “Musulmonlarning e’tirof qilingan to‘rt mazhabi haqdir va undan boshqasiga amal qilish joiz emas”.
Mazkur to‘rt mazhabning barchasi mo‘tabar bo‘lib, musulmon kishi ularning biriga ergashishi vojibligiga islom ummati ittifoq qilgan.
Imom Ali ibn Abdulloh Samhudiy o‘zlarining “Iqdul farid fi ahkomit-taqlid” nomli asarlarida shunday deganlar: “Bilingki, ushbu to‘rt mazhabdan birini ushlashda katta foyda bor. Undan yuz o‘girishda esa, katta muammo va ixtiloflar bor. Bir mazhabda yurishdagi foydalardan biri – sahoba va tobeinlarning shariat ilmini o‘rganishdagi odatlariga ergashishdir. Chunki, tobeinlar shariat ishida bir-birlariga yoki sahobalarga ergashar edi, sahobalar esa, bir-birlariga yoki Rasulullohga ergashganlar”.
Imom Ali ibn Abdulloh Samhudiy so‘zlarini davomida shunday deydi: “Bir mazhabda yurishdagi foydalardan yana biri – Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam marhamat qilgan quyidagi hadisga amal qilishdir:
ya’ni: “Agar ixtilofni ko‘rsangiz, o‘zingizga ko‘pchilik tomonini lozim tuting” (Imom Ibn Moja rivoyati).
To‘g‘ri mazhablardan faqat mana shu to‘rttasi qolgan ekan, ularga ergashish katta jamoaga ergashish hisoblanadi”.
Alloma Zafar Ahmad Usmoniy rahmatullohi alayh “E’lous-sunan” kitobida shunday deganlar: “To‘rt mazhab imomlari haqiqatan to‘g‘ri yo‘l va hidoyatdadir. Bir yurtda ulardan qaysi birining mazhabi tarqalgan bo‘lsa, uning ulamolari va kitoblari ko‘p bo‘lsa, ijtihod darajasiga yetmagan kishi (oyat va hadislardan o‘zi mustaqil hukm chiqarishga qodir bo‘lmagan kishi) uchun o‘sha mazhabga ergashmoq vojib bo‘ladi. O‘z yurtida keng tarqalmagan va ulamolari ko‘p bo‘lmagan mazhabga ergashish joiz emas. Chunki bunday holatda mazkur mazhabning barcha hukmlarini o‘rganish imkoni bo‘lmaydi. Buni yaxshi biling. Inshaalloh, haqiqat bundan boshqada emas.
Agar bir yurtda barcha mazhablar tarqalib, mashhur bo‘lgan bo‘lsa, hamda u mazhablarning ulamolari ham yetarli bo‘lsa, ijtihod darajasiga yetmagan kishi uchun ulardan birini tanlab, o‘sha mazhabga ergashishi joiz bo‘ladi”.
Mashhur alloma Abdulhay Laknaviy hazratlari o‘zlarining “Majmuatul fatovo” kitoblarida Shoh Valiyulloh Dehlaviyning quyidagi so‘zlarini keltirganlar: “Hindiston va Movarounnahr yurtlarida shofeiylarni ham, hanbaliylarni ham, molikiylarni ham mazhabi tarqalmagan, boshqa mazhab kitoblari ham yetib kelmagan. Shuning uchun ushbu diyorlarda yashovchi ijtihod darajasiga yetmagan kimsalarga Abu Hanifa mazhabiga ergashish vojib bo‘ladi. Makkai mukarrama va Madinai munavvarada yashovchi kimsalarga unday emas. Chunki u yerda barcha mazhablarni topish imkoniyati bor”.
Yuqoridagi ma’lumotlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, bizning O‘zbekistonimizda faqatgina Imomi A’zam Abu Hanifa rahmatullohi alayhning mazhabiga amal qilish lozim ekani ma’lum bo‘lmoqda. Allohga hamdlar bo‘lsinki, bir necha asrlardan beri ota-bobolarimiz mazkur mazhabga og‘ishmay-toyilmay amal qilib kelmoqdalar.
Mashhur muhaddis olim Ibn Hajar Asqaloniy o‘zlarining “Majma’ul muassas fil mo‘jamil mufahras” asarida o‘zlari shofeiy bo‘lishlariga qaramasdan hanafiy mazhabimizni maqtab shunday deganlar: “Hanafiy mazhabida bizning mazhabimizda uchramaydigan mustahkam asosga ega qoidalar bor”.
Hozirgi kunda dunyo musulmonlarining yarmidan ortig‘i aynan hanafiy mazhabimizga amal qilib, o‘z ibodatlarini shu mazhabga muvofiq ado etib kelmoqdalar.
Xullas, mazhablar, xususan hanafiy mazhabimiz haqidagi maqtov va e’tiroflar nihoyatda ko‘p bo‘lib, bu joyda ularning barchasini keltirishga imkon yo‘q.
Afsuslar bo‘lsinki, mana shunday barcha yetuk olimlar e’tirof qilib turgan mazhabdan ba’zi yurtdoshlarimiz yuz o‘girib, “men Qur’on va hadisdan o‘zim hukm olaman” deb, katta xato qilmoqdalar. Xatolarining asosiy sababi – ular mazhab o‘zi nima, asoschilari kimlar ekanligini bilmasliklaridandir, ya’ni jaholatdandir.
Mazhabboshilar sahih hadislarni hasanidan, hasan hadislarni zaifidan, nosix hadislarni mansuxidan ajrata oladigan bo‘lganlar. Shuningdek, ular oyat, hadis va osorlarning (sahobalardan rivoyat qilingan xabarlarning) ma’nolari va sharhlaridan xabardor bo‘lganlar hamda oyat va hadislardan hukm olish uchun zarur bo‘lgan bir qancha ilmlarni bilganlar. Bizni hozirgi zamonda bunday zotlarni topish amrimahol ishdir.
Hijriy yettinchi asrda yashagan Imom Navaviy rahmatullohi alayh ham bu mavzuga doir quyidagi fikrlarni aytganlar: “Mujtahidning hukmiga qarshi sahih hadis topgan kishi unga amal qilishi uchun alohida shartlar bor. Bu shartlarni o‘zida mujassam qilgan kimsa bizning zamonamizda o‘ta ozdir”.
E’tibor beraylik, Imom Navaviy rahmatullohi alayh hijriy yettinchi asrda turib, bizning zamonamizda bunday odam ozdir, demoqdalar. Hozirgi o‘n beshinchi hijriy asrda bunday shartlarni o‘zida mujassam qilgan zotlar bormikan?
Bir ishda bir mazhabga, ikkinchi bir ishda boshqasiga ergashish durust emas. Buni ulamolar “talfiq” deydilar. Dinda adashmaslik uchun, to‘rttadan ma’lum bir mazhabni ixtiyor qilish va faqat unga ergashish lozim.
Ulamolarimiz: “Hatto ilmi yuqori darajaga yetib, mazhablarning dalillarini solishtirib, kuchlisini aniqlash darajasiga yetgan odam ham birovlarga bu haqda gap ochmasin, fatvo bermasin. O‘zi amal qilsa, ruxsat”, – deganlar.
Bularning hammasi musulmonlar orasida ixtilof chiqarmaslik uchun ko‘rilgan chora-tadbirlardir. Bunday choralar ayniqsa ommaviy diniy ilmsizlik hukm surayotgan makonlar va zamonlar uchun juda ham zarur.
Ma’lumki, ahli sunna val-jamoadagi to‘rt mazhabning barchasini e’tirof etamiz va hurmat qilamiz. “Usulul fiqh” kitoblarida ta’kidlanganidek, ulardan faqat bittasiga taqlid qilamiz, ya’ni ergashamiz.
Imomi A’zam rahmatullohi alayh hijriy 80 yilda tavallud topganlar.
Imomi Molik ibn Anas rahmatullohi alayh hijriy 93 yilda tavallud topganlar.
Imomi Shofeiy rahmatullohi alayh hijriy 150 yilda tavallud topganlar.
Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayh hijriy 164 yilda tavallud topganlar. Demak, eng avval tug‘ilgan, sahobalar asrida tavallud topgan Imom – bizning Imomimiz Imomi A’zam rahmatullohi alayhdir. U zot Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning sahobalariga zamondosh bo‘lganlari ma’lum, boshqa mazhabboshilar esa sahobalarning suhbatlarini topmaganlar. Shuning uchun ular Imomi A’zam rahmatullohi alayhni o‘zlariga ustoz deb bilganlar. Mazhab boshliqlaridan biri Imomi Shofeiy Imomi A’zamni shunday e’tirof qiladilar: “Odamlar hammalari va barcha ulamolar Qur’onu hadisni anglashda va mas’ala ilmida go‘yo Imomi A’zam Abu Hanifa qaramog‘idagi oila a’zolaridir. Abu Hanifa rahmatullohi alayh bilan raqobot qilish darajasiga chiqqan inson yo‘q”.
Imom Molik ibn Anas rahmatullohi alayh esa, Imomi A’zam rahmatullohi alayhni ulug‘lab, shunday tavsif etganlar: “Men hadis ilmini bilishda, janobi Rasulullohning oxirgi hadislarini yetkazishda va eng sahih hadislarni anglab yetishda Imomi A’zamga o‘xshagan boshqa insonni uchratmadim”. Bu zot doimo Imomi A’zam rahmatullohi alayhni o‘zlariga ustoz deb bilganlar.
Demak, musulmonlarning birligi, ibodatlarning mukammalligi, jamiyatning tinchligi uchun yurtimiz musulmonlari o‘z ota-bobolari tanlagan Imomi A’zam rahmatullohi alayhning mazhablariga ixlos ila ergashishlari o‘ta muhim va juda zarurdir!
Tasavvur qiling! Agar hamma insonlar mazhabsizlik saxrosiga yo‘l olsa, nima bo‘ladi?
Bu savolga zamonamiz ulamolaridan bo‘lmish Muhammad Sa’id Ramazon butiy r.a. xazratlarini so‘zlarini iqtibos qilib keltiramiz. U kishi aytadilar: “Agar hamma odamlarni uy joy qurilishi loyihalarida muhandislarga ergashishdan, ularning xizmatidan foydalanishdan va ularga tayanishdan voz kechishga chaqiradigan bo‘lsak, nima bo‘ladi? Salomatliklari bilan bog‘liq muammolarda kishilarni shifokorlarga ergashishdan, ularga tayanishdan va ularning so‘zlariga so‘zlariga amal qilishdan voz kechishga chaqiradigan bo‘lsak, nima bo‘ladi? Ishlab chiqarish va tirikchilik vositalarida odamlarni ana shu ishlab chiqarish mutaxasislariga ergashishdan, ularning bilim va maxoratlaridan foydalanishdan voz kechishga chaqiradigan bo‘lsak, nima bo‘ladi? Agar hamma odamlarni ana o‘sha mutaxasislarga ergashishni tark qilishga, uning o‘rniga o‘sha ishlarning barchasida o‘zlari ijtixod qilishlariga, izlanish va ijtixoddan keyin keladigan shaxsiy qanoatiga suyanishga chaqiradigan bo‘lsak, keyin o‘sha odamlar da’vatimizni tasdiqlab, aytganlarimizni qilishsa, nima bo‘ladi?
Albatta, bu ish orqasidan kelib chiqadigan narsa – bu shubxasiz, tamaddunni, ekin- tekinni va naslni barbod qiladigan bosh- bodoqlikdir. Odamlar uylarini obod qilaman deb, xarob qilib yuboradilar, davolanaman deb, jonlarini xalok qiladilar, ishlab chiqaraman, sanoatni rivojlantiraman deb, boshlariga faqirlikni va tanazzulni orttirib oladilar. Chunki ular ijtihodni o‘z o‘rniga qo‘ya bilmadilar va shartlariga rioya qilmay turib, uni tatbiq qildilar. Odamlarning hamkorlik, o‘zaro yordam berish, ilm o‘rganish va to‘g‘ri yo‘lni topishda bir- birlari bilan bog‘liklaridan iborat Allohning borliqdagi sunnatiga beparvolik qildilar ”.
Xulosa qilib aytganda Islom dinidagi mazhablarning turli-tumanligi kamchilik bo‘lmasdan balki bir hikmatdir. Bu ummatlarga yengillik va osonlikdir. Ammo bu hikmatni tushunmasdan ixtilof chiqarish esa katta musibatdir. Bu anglashilmovchilikdan ko‘prok musulmonlarning o‘zi zarar kurayotganlari ham ma’lum. Shuning uchun ixtiloflarga bormasdan ilm-ma’rifatga yondoshish esa asosiy vazifa bo‘lib qolmoqda. Shuni xam aytib utish kerakki ixtilof chiqarayotganlarning ko‘pchiligini yoshlar tashkil qiladi. Bunga sabab ularning yoshligi va shu soha bo‘yicha bilimlarining yetishmasligi, qolaversa, kimlarningdir so‘zlariga aldanib qolishlaridir. Insonning ongi birinchi qabul qilgan ma’lumot noto‘g‘ri bulsada, to‘g‘ri xabar sifatida qabul qilar ekan. Shundan keyin unga to‘g‘ri ma’lumot berilsa ham noto‘g‘ri deb qabul qiladi. Shuning uchun birinchi olinayotgan ma’lumot haqiqiy to‘g‘ri ekanini aniqlash va keyingina uni xotirada saqlash lozim bo‘ladi.
Ibrohim domla SAIDOV,
Mir Arab oliy madrasasi o‘qituvchisi