Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Sentabr, 2025   |   4 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:56
Quyosh
06:14
Peshin
12:19
Asr
16:27
Shom
18:17
Xufton
19:29
Bismillah
26 Sentabr, 2025, 4 Rabi`us soni, 1447

Bir savol so'rasam: Ayol kishi sochining uzunligi ko'kragini yopishi kerak-mi?

04.03.2021   2542   1 min.
Bir savol so'rasam: Ayol kishi sochining uzunligi ko'kragini yopishi kerak-mi?

— Keksa buvim yiqilib, oyog'i lat edi. Yurolmay bir joyda yotib qoldi. Shunda onam issiqda qiynalmasin deb buvimning sochini kalta qilib kesib qo'ydi. Lekin eshitishimcha, ayollar sochi ko'kragini yopadigan darajada uzun bo'lishi kerak ekan. Vafot etganda sochi kalta bo'lib ketmasligi kerak ekan. Shu gap qanchalik to'g'ri?

— Erlari bo'lsa, o'sha kishining ruxsati ila bo'ladi. Zaruriy holatlarda ayol kishi g'usl va ba'zi bir narsalarga qiynalgan holatlarda qisqartirish joiz. Qiyomatda qayta tirilganida erkagu ayol yalong'och bo'ladi. Shundan ba'zi kishilar ijtihod qilib ayolning sochlari uzun bo'lsa, ko'kraklarini to'sib turishi kerak, deganlar. Ulamolar ayol kishi sochini kesishiga ruxsat berganlar, faqat quloq yumshog'idan yuqori bo'lib ketmasligi kerak ekanligini ta'kidlaganlar. Soch zararlanganida parvarish uchun, er talab qilganida kesish joiz. Ammo boshqa holatlarda uzun bo'lishi afzal albatta. Vallohu a'lam!

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Sog‘lom turmush tarzi haqida foydali ma’lumotlar berildi

25.09.2025   1179   1 min.
Sog‘lom turmush tarzi haqida foydali ma’lumotlar berildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasida "Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish" mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi. Unda Toshkent shahar Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish markazi mutaxassisi Asomiddin Ibragimov bugungi kundagi yuqumli kasalliklarning xavfi, ulardan himoyalanish usullari haqida ma’ruza qilib berdi.

 Islom dini ta’limotlarida ham inson salomatligiga sabab bo‘luvchi narsalarga buyurilgan. O‘z navbatida, salomatlikka zarar yetkazuvchi narsalardan saqlanish targ‘ib qilingan.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Allohdan yaqiynni va mustahkam sog‘likni so‘ranglar. Zero, odamlarga yaqiyn va mustahkam sog‘likdan ko‘ra yaxshi narsa berilmagan», deganlarini eshitdim” (Imom Termiziy rivoyati).

Yana bir hadisi sharifga ko‘ra esa, avval tuyani bog‘lab, ya’ni sababni yuzaga chiqarib, so‘ngra Allohga tavakkal qilishga chaqirilganmiz. Shunga binoan salomatligimiz borasida qayg‘urib, uning ehtiyotini qilish mandub amallar sirasidan.

– Ayni paytda yurtimizda 27 turdagi yuqumli kasallik nomi ma’lum bo‘lib, ularning aksariga qarshi davo choralari bor, – dedi shifokor A.Ibragimov. – Hozircha butkul tuzatish imkoni bo‘lmagan ayrim kasallik turlarining viruslarini kamaytirish va muzlatib qo‘yish amaliyoti qo‘llanadi. Davlatimiz tomonidan keyingi paytlarda gepatit S va boshqa shu turdagi kasalliklarga qarshi bepul dori vositalari ham tarqatilmoqda. Lekin eng yaxshisi, kasallikni davolagandan ko‘ra uning oldini olishdir. Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish shuning uchun ham juda muhim sanaladi. Zero, Yaratganning bizga beradigan har qanday in’omi salomatlik ne’mati bilan birga tatiydi.

Qiziqarli o‘tgan davra suhbatida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Sog‘lom turmush tarzi haqida foydali ma’lumotlar berildi Sog‘lom turmush tarzi haqida foydali ma’lumotlar berildi Sog‘lom turmush tarzi haqida foydali ma’lumotlar berildi Sog‘lom turmush tarzi haqida foydali ma’lumotlar berildi
Maqolalar