Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Oktabr, 2025   |   1 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:25
Quyosh
06:44
Peshin
12:12
Asr
15:48
Shom
17:34
Xufton
18:47
Bismillah
23 Oktabr, 2025, 1 Jumadul avval, 1447

Vaqf fondi “Covid” sabab vafot etgan qoraqalpog'istonlik imom-noibning oilasiga uy hadya qildi

03.03.2021   1712   3 min.
Vaqf fondi “Covid” sabab vafot etgan qoraqalpog'istonlik imom-noibning oilasiga uy hadya qildi

Joriy yilning 1-2 mart kunlari Vaqf xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo qori Abdurahmonov, Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrif buyurib, bir qancha xayriya tadbirlarini amalga oshirdi.    

Jumladan, Qo'ng'irot tumani “Hakim Sulaymon” jome masjidi imom-noibi bo'lib islom ma'rifatini yoyishda jonbozlik ila mehnat qilgan, pandemiya davrida “Covid” sabab vafot etgan Mahammad-Ali qori Mamutovning oila a'zolari – ayoli va uch nafar voyaga etmagan go'dak farzandlariga, Nukus shahrida qurib bitkazilgan barcha qulayliklarga ega ko'p qavatli uylardan, 3 xonali yangi xonadon, homiylarni jalb qilgan holda hadya qilindi.

 Zotan, mamlakatimizdagi masjid xodimlarini, xususan imom-xatiblar, imom noiblari, mutavallilar, muazzinlarni moddiy va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, fondning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

 “Alloh taolo bizni og'ir musibat bilan sinadi. Uchta go'dak etimlarim bilan ijarada, nima qilishga hayron bo'lib mahzunlikda yashardim. Ammo, Allohdan takror va takror yolvorib so'radim, umid qildim. Shukrlar bo'lsinki, o'zim kutmagan vaqtda, Vaqf fondi tomonidan bugun bizga, Nukus shahri markazidan, tayyor, uy-ro'zg'or buyumlari va mebellari bilan 3 xonali yangi xonadon hadya qilindi. Buning uchun fond rahbar-xodimlariga, xayriya qilgan insonlarga rahmat deyman. Insha alloh farzandlarimni ham huddi otasi kabi dinga, xalqqa, vatanga xizmat qiladigan inson bo'lib ulg'ayishiga harakat qilaman”, dedi, marhum imom-noibning ayoli.

 Ummu Sa'iyd binti Murra Fihriydan, u otasidan rivoyat qilinadi:      «Nabiy sollallohu alayhi vasallam:    «O'z etimini yoki begonaning  etimni kafolatiga olgan, agar Allohga taqvo qilsa, men bilan jannatda mana bunday bo'ladi», deb ikki barmoqlariga ishora qildilar».

Mazkur xayrli tadbirda xizmati va saxovati bilan ishtirok etgan barcha saxiy insonlarni Alloh taoloning O'zi mukofotlasin!

“Yaxshilikning mukofoti, faqat yaxshilikdir”!

 

Vaqf xayriya jamoat fondi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Qiyomat oldidan

23.10.2025   999   1 min.
Qiyomat oldidan

Bismillahir Rohmanir Rohiym

حدثنا الحسن بن علي بن عفان العامري نا أبو أسامة عن الأعمش عن شقيق قال: كنت جالسا مع عبد الله وأبي موسى وهما يتحدثان فقالا: قال رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم: ”إن بين يدي الساعة أياما يرفع فيهن العلم وينزل فيهن الجهل ويظهر فيهن الهرج والهرج: القتل.

Shaqiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Abdulloh va Abu Muso bilan birga o‘tirgan edim, ular gaplashayotgan edilar, bunday deyishdi: Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: Qiyomat oldidan shunday kunlar bo‘ladiki, unda ilm ko‘tarilib, jaholat yog‘iladi, harj zohir bo‘ladi, harjqatldir”, deganlar.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi

 

Maqolalar