Harvard Law Review 134 yillik tarix mobaynida ilk bor asli misrlik bo'lgan hozirda AQShda istiqomat qilayotgan Hasan Shahviy Qo'shma Shtatlardagi eng nufuzli qonun jurnaliga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda theislamicinformation.com manbasi xabar berdi.
26 yoshli Hasan Harvard huquq maktabining tarix yo'nalishini tamomlagan.
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama ham 1990 yilda birinchi jurnali yuzasidan Harvard Law Review bilan ish olib borgan. Qo'shma Shtatlar Oliy sudining uchta a'zosi, Antonin Scalia va Ruth Bader Ginsburglar muharrir tarkibiga kirishgan.
Harvard Law Review jamoasi Qo'shma Shtatlar huquq maktablarining eng yuqori talabalari hisoblanadi. Ular odatda nufuzli ishlarga va sud kotibiyatlariga ishga qabul qilinadi.
1977-yilda Law Review jurnali o'zining birinchi ayol prezidentini saylagan edi.
2016-yilda Shahviy tarix yo'nalishi bo'yicha Harvard huquq maktabini tamomlaydi. Shuningdek, Oksford universitetida sharqshunoslik va Islom qonunlari yo'nalishida ham ta'lim olgan.
Tarjimon: Imron
Marg‘ilon shahrida jahon tamadduni va islom ilm-faniga beqiyos hissa qo‘shgan mutafakkirlardan biri — Imom Burhoniddin Marg‘iloniy nomi bilan bog‘liq yangi ilmiy-ma’rifiy turizm markazi barpo etilmoqda. “Navro‘z” mahallasi hududida tashkil etilayotgan mazkur majmua nafaqat yurtimiz, balki xalqaro miqyosda ham ahamiyatga molik loyihalardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Bosh reja asosida qurilayotgan markazda Burhoniddin Marg‘oniy ilmiy-tadqiqot markazi, zamonaviy shaklda tashkillashtiriladigan muzey, milliy uslubda barpo etiladigan “Otabek va Kumush” uyi, sun’iy ko‘l, maqom teatri, gastronomiya va xizmat ko‘rsatish markazlari, savdo do‘konlari, mehmonxonalar hamda bozor infratuzilmasi nazarda tutilgan.
Mazkur qurilishlar kelajakda Marg‘ilon shahrining tarixiy, ilmiy va turizm salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Bu joy, shubhasiz, ziyorat va ilmiy tadqiqot maqsadida keluvchilar uchun ham jozibador maskanga aylanadi.
Shu kunlarda mazkur hududda qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Bugungi kunda ilmiy-tadqiqot markazi binosi bilan bir qatorda boshqa muhim inshootlarning ham qurilishi boshlangan.
Marg‘ilon shahrida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar shahar bosh imom-xatibi Abdulfattoh domla Olimov boshchiligida majmua bilan yaqindan tanishish maqsadida obyektga bordilar.
Tashrif chog‘ida imom-xatiblar bu yerdagi qurilish ishlarining holati bilan tanishdilar, loyihalarning mazmun-mohiyati yuzasidan mas’ullardan ma’lumotlar olishdi.
Mazkur majmua nafaqat Marg‘ilon, balki Farg‘ona vodiysi hamda butun mamlakatimiz uchun muhim madaniy-ma’rifiy maskan bo‘lib, u kelajakda yoshlar tarbiyasi, diniy soha xodimlarining salohiyatini oshirish, milliy o‘zlikni anglash va qadriyatlarni asrash yo‘lida xizmat qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati