– Kim oyoq uzatib yotaverishni lozim tutsa, murodu maqsadidan mahrum bo'ladi.
– Kim uyquni ko'paytirsa, atrofidagilar undan o'zib ketadi.
– Kim amalni tark qilsa, orzu-umidlar ham uni tark qiladi.
Cho'qqiga ko'tarilishning asosi o'rindan turishdadir.
Alloh Qur'oni karimda:
"Ey o'ranib yotuvchi! Kechani (ibodatda) tik turib o'tkaz!"
(Muzzammil surasi, 1-2-oyatlar).
"Ey burkanib yotgan! Tur va ogohlantir!"
(Muddassir surasi, 1-2-oyatlar), deb aytgan.
Ikki oyatda ham "O'rningdan tur", demoqda.
Umr qisqadir, oqibatni o'ylab, aniq bir reja tuzing. Bir guruh jannatga va yana bir guruh do'zaxga ravona bo'luvchidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Imom Termiziy nomidagi islom instituti va ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi
Shu yil 27 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Imom Termiziy nomidagi islom instituti, “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi hamda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida bo‘ldilar.
Tanishuv asnosida Muftiy hazratlari yangi barpo etilayotgan institut va madrasa binolarining qurilish jarayoni, zamonaviy o‘quv xonalari, ma’ruza zallari, kutubxona, yotoqxona va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishga mo‘ljallangan maskan loyihasi bilan tanishdi.
Qurilish ishlari ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga barpo etilayotgan inshootlarda puxtalik, zamonaviylik va qulaylik tamoyillariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
“Imom Termiziy” ta’lim muassasasi
Matbuot xizmati