Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Iyul, 2025   |   12 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:14
Quyosh
04:57
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:38
Bismillah
07 Iyul, 2025, 12 Muharram, 1447

MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: Ishorate Havzi Kavsarg'a (Qirq ikkinchi mavzu)

23.02.2021   1850   5 min.
MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: Ishorate Havzi Kavsarg'a (Qirq ikkinchi mavzu)

OZ-OZ O'RGANIB DONO BO'LUR...

*   *   *

ZahiruddinMuhammad Bobur xazinalari

*   *   *

MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI

*   *   *

IYMON-E_''TIQOD  KITOBI

*   *   *

NAZM

 

 

Yana bilgilki, Havzi Kavsardur,

Anda yulduzcha zarflar bordur.

Puldin o'tib, bu suda turg'aylar,

Halqni bu sug'a cho'murg'aylar.

To yuyulg'ay tomug' g'uboridin,

Ko'ngli ting'ay bu lahza boridin.

Tinibon ko'ngli, borg'ay uchmoqqa,

Yuz tuman shukrlar degay Haqqa.

 

NASRIY BAYoN

 

Havzi kavsar haqligi bayoni

 

Yana bilginki, Havzi Kavsar haqdir, unda yulduzlarcha qadahlar – suv idishlari bordir. Sirot ko'prigidan o'tgandan keyin bu suv yoqasida turadilar.  Halqni –  insonlarni  bu  suvda  cho'mdiradilar.  Toki  do'zax g'uborlari yuvilib, shu lahza insonning ko'ngli barchasidan tinadi – taskin topib, xotirjam bo'ladi. Ko'ngli tinib – taskin-tasalli topib, so'ng jannatga kiradi, Haq ta'ologa yuz ming shukrlar aytadi.

 

IZOH. Dalil – Kavsar surasi, 1-oyat ma'nosi:  “(Ey Rasulim!) Shubhasizki, Biz sizga Kavsarni ato etdik”.

Hazrati Rasululloh sollallohu alayhi va sallam me'rojda o'zlariga oxiratda ato etiladigan Kavsar anhori ko'rsatilganini aytganlar (Zabidiy, “Sahihi Buxoriy” sharhi, XI, 1761-1762-hadislar).

Imom Buxoriy (rahmatullohi alayh), “Al-Jomi' as-sahih” (“Sahihi Buxoriy)dan hadislar:

 

4964-hadis.HazratiAnas roziyallohu anhu aytdilar: «Janob Pay­g'ambar sollallohu alayhi va sallam osmonga (me'rojga) chiqarilganlaridan keyin, bunday deb hikoya qildilar: «Bir daryo (suv) oldiga keldim. Uning ikki qirg'og'i ichi g'ovak marvariddan ishlangan. Men hazrat Jabroildan: «Bu nima?» – deb so'raganimda, u kishi: «Bu (Havzi) Kavsar», – deb javob berdilar».

 

1196-hadis. Hazrati Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Meningg uyim bilan minbarim orasi jannat bog'laridan bir bog'dir! (Oxiratda) minbarim Havzi Kavsarim ustida (yoqasida) bo'ladi», – dedilar».  

 

1344-hadis.Hazrati Uqba ibn Omir rivoyat qiladilar: «Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Uhud jangida shahid bo'lganlarga o'z ajali bilan o'lgan mayitga o'qigandek janoza o'qidilar. So'ng, minbarga chiqib: «Men sizlardan avval borib (jannatdan joy) tayyorlab turuvchiman va men sizlarga (iymonlaringiz va yaxshi amallaringizga) guvohman. Allohga qasamki, hozir men Havzi Kavsarni ko'rib turibman, menga Yer xazinalarining kalitlari (yoki «Yer kalitlari», – dedilar shekilli) topshirildi. Alloh haqqi, men vafotimdan keyin sizlardan xotirjamman, faqat, mol-dunyo ketidan quvmasangizlar, deb qo'rqaman», – dedilar».

 

Nasriy bayon va sharh muallifi:

Mirzo KYeNJABYeK

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Indoneziyaning yangi tayinlangan elchisi O‘zbekistonga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi

07.07.2025   1611   1 min.
Indoneziyaning yangi tayinlangan elchisi O‘zbekistonga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov  Indoneziyaning yangi tayinlangan elchisi Siti Ruhaini Juhayatinni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri. 

 

"Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Siti Ruhaini Juhayatin xonimdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Siyosiy muloqotdan tortib iqtisodiy diplomatiyagacha bo‘lgan barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladik. Shubhasiz, O‘zbekiston-Indoneziya o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun ko‘plab sohalarda keng imkoniyatlar mavjud.

 

Elchi xonimning boy tajribasini qadrlaymiz va mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 23 iyunda o‘rnatilgan. O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi yangi elchisi Oybek Eshonov 2024 yilning 4 noyabr kuni Indoneziya Prezidenti Subianto Prabovoga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

 

"Dunyo" AA olgan surat

O'zbekiston yangiliklari