Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyun, 2025   |   21 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:02
Xufton
21:40
Bismillah
17 Iyun, 2025, 21 Zulhijja, 1446

Fitnalar avj olganda qanday yo'l tutish kerak?

18.02.2021   3041   5 min.
Fitnalar avj olganda qanday yo'l tutish kerak?

Fitnaning turlari ko'p: nafsu shahvat fitnasi, shubhayu gumon fitnasi, buzuq e'tiqodlar fitnasi, ommaviy yoki xos fitnalar va hokazo.

Davr taraqqiyoti yoki tadrijiy ixtirolarga qarab fitna turlari ko'payib boraverar ekan. Masalan, bundagi ixtirolar va taraqqiyotlarning yaxshiligi bilan bir qatorda inkor qilib bo'lmaydigan fitnalar ham talaygina. Jumladan, yomon niyatda ishlatilayotgan telefon va internet, insonlar ongiga salbiy ta'sir qiluvchi boshqa axborot vositalari...

Fitna juda xatarli. U dengiz kabi mavj urib, kishini yo'ldan ozdiradi. Ulug' sahoba Huzayfa ibn Yamoniy aytadi: “Biz mo'minlar amiri Umar roziyallohu anhu bilan birga edik. U zot bizdan bola-chaqa, qo'ni-qo'shnilar bilan bog'liq fitnalardan tashqari, dengiz mavjlari kabi to'lqinlanib, har bir xonadonga kirib boradigan oxirzamon fitnalari haqida Rasulullohdan eshitganingiz bormi?” deb so'raganlarida hamma sukut qildi. Shunda men u kishiga Payg'ambarimizdan eshitgan mana bu hadisni aytib berdim: Huzayfa roziyallohu anhu Fitnalar avj olganda qanday yo'l tutish kerak? Esda tuting Qur'on shifodir aytadi: «Biz Umar roziyallohu anhuning huzurida o'tirganimizda, u to'satdan: “Kim Nabiy sollallohu alayhi va sallamning fitna haqidagi hadislarini yoddan biladi?” dedi. Men: “Kishining oilasi, bola-chaqasi, moli va qo'shnisidagi fitnasini namoz, sadaqa, amri ma'ruf va nahiy munkar yuvib yuboradi”, dedim. Umar: “Buni so'ramadim, balki dengiz mavjiga o'xshab keladigan narsani so'radim”, dedi. Men unga: “Undan sizga zarar etmaydi, ey mo'minlarning amiri. Siz bilan u (fitna)ning o'rtasida yopiq eshik bor”, dedim. Umar yana so'radi: “Eshik sindiriladimi yoki ochiladimi?” Men: “Yo'q (ochilmaydi), balki sindiriladi”, dedim. Shunda Umar: “Unday bo'lsa, u hech qachon qayta yopilmaydi”, dedi. Men: “To'g'ri”, dedim”.

Biz Huzayfaga: “Umar eshik kimligini biladimi?” dedik. U: “Ha, xuddi ertangi kun kelishidan oldin tun kelishini bilganidek aniq biladi. Chunki men unga hadisni xatolarsiz, aniq aytib berdim”, dedi. Bas, eshik kimligini bilishga qiziqib, Masruqqa: “Uni so'ra-chi?” dedik. Masruq: “(O'sha) Eshik kim?” deb so'ragandi, Huzayfa: “Umar roziyallohu anhu”, deb javob berdi».

Ho'sh, fitnalar avj olgan paytda musulmon kishi nimalar qilish kerak?

 Birinchidan, har bir ummati Muhammadiy bu o'rinda o'z payg'ambariga qattiq ergashib, u zotning sabotidan o'rnak olib, haq ustida sobit turishi lozim. Zero, Rasuli akram eng og'ir sinov – g'orda yashirinib turgan paytda ham sheriklari Abu Bakr roziyallohu anhuga: «Tashvish chekma! Albatta, Alloh biz bilan birgadir!» (Tavba surasi, 40-oyat) dedilar.

Ikkinchidan, musulmon kishi fitnalar ko'payganda ulamolar, imomlar, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi peshvolar boshqarayotgan musulmonlar jamoasini lozim tutishi kerak. Har qanday fitnadan, turli nomlar bilan urchib borayotgan allambalo firqalardan juda uzoq bo'lish lozim. Bejiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Alloh taolo mening ummatimni zalolatda jamlamaydi”, demaganlar (Imom Hokim rivoyati).

Demak, biz har turli guruhbozlik, fitnalardan juda ehtiyot bo'lishimiz zarur. Ulamolar tafriqalar, guruhbozliklar ko'paysa, daraxt ildizini shimib bo'lsa ham, o'zingni asra, deganlar. Mazhabboshimiz Imomi A'zam rahmatullohi alayh dinda tortishib, tafriqaga borganlarni fosiqlar deb, ularning orqalaridan namoz o'qimanglar, deganlar.

Uchinchidan, fitnalardan saqlanmaslik, g'alamis fitnachilarga qo'shilish Qur'oni karimda ochiqdan-ochiq musulmonlarga qilingan amri ilohiyga ziddir. Alloh taolo marhamat qiladi: «Hammangiz Allohning “arqoni”ni (Qur'onini) mahkam tuting va firqalarga bo'linmang hamda o'zaro adovatda bo'lgan paytlaringizda dillaringizni (tutashtirib) oshno qilib qo'ygan Allohning ne'matini yodda tuting»(Oli Imron surasi, 103-oyat).

Hullas, bunday balolardan saqlanish, ehtiyot bo'lib yashash, ayniqsa, kishi o'z dinida fitnalanib qolish, har qanday fiqhiy yoki aqidaviy asossiz qarama-qarshiliklar atrofida o'ralashib qolish mas'uliyati shunchalar og'ir bo'lsa, bunday fitna-fasodlarni keltirib chiqarayotganlarning hollari ikki dunyoda qanday bo'lishini mulohaza qilish aziz o'quvchining hukmiga havola. ö

Ergashali RUSTAMOV,
Chilonzor tumani bosh imom-xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Bu vaqtda dunyoviy ishlar bilan shug‘ullanish makruh

16.06.2025   3838   1 min.
Bu vaqtda dunyoviy ishlar bilan shug‘ullanish makruh

Bomdod namozi kirgach to quyosh chiqquncha Qur’on tilovati, zikrlar, ilm yoki boshqa xayri ishlar bilan shug‘ullanish o‘rniga dunyoviy gap-so‘zlar bilan vaqt o‘tkazish makruhi tanzihiydir. Chunki bu vaqtda qilingan zikrlar uchun juda katta savoblar va’da qilingan, mo‘min bandaga bunday imkoniyatni boy berish to‘g‘ri kelmaydi.

Ilm bilan shug‘ullanish, solihlarning hikoyasini o‘qish yoki tinglash, mehmon bilan yoki hojati bor odam bilan gaplashish xayrli ish hisoblanadi, shuning uchun bular makruh emas, aksincha mustahab bo‘ladi.

Albatta, hojat yoki zarurat bo‘lgani uchun dunyoviy gaplar so‘zlashning hech qanday ziyoni yo‘q.

Prof. Dr. Saloh Abul Hojning «Til sayqali» kitobidan