Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Yanvar, 2025   |   15 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:47
Peshin
12:37
Asr
15:37
Shom
17:22
Xufton
18:40
Bismillah
15 Yanvar, 2025, 15 Rajab, 1446

Turkiyada islom bankingi yanada rivojlanishi kutilmoqda

16.02.2021   1547   1 min.
Turkiyada islom bankingi yanada rivojlanishi kutilmoqda

Moody's xalqaro reyting agentligi Turkiyada kelgusi besh yil ichida islom bankingi aktivlari hajmi ikki baravar ortishini taxmin qilmoqda. 

Dushanba kuni agentlik e'lon qilgan hisobotda aytilishicha, o'tgan yili Turkiyada islom banklarining umumiy aktivlari 54 foiz ortgan. Ularning umumiy bank aktivlaridagi ulushi hozirga kelib 7,2 foizni tashkil etmoqda. 

Ta'kidlanishicha, Turkiyada islom bankingi tezkor o'sayotgan bo'lsa-da, uning hajmi Fors ko'rfazi mamlakatlari hamkorlik kengashi a'zolari bilan taqqoslansa, ancha kichikligi ayon bo'ladi: mazkur mamlakatlarda umumiy banklar aktivlaridagi islom bankingi aktivlarining ulushi o'rtacha 40 foizni tashkil etadi. 

“Hukumatning islomiy moliyalashtirishga e'tiborining ortishi mamlakatda islomiy moliylashtirish sektori, xususan, unda qatnashayotgan banklar uchun ijobiy omildir”, – deyiladi hisobotda.

 

azon.uz

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Rasululloh ﷺning meroslari tarqatilmoqda

13.01.2025   8114   1 min.
Rasululloh ﷺning meroslari tarqatilmoqda

Maqolaning audio shakli

Sahobalar ichida eng zehni o‘tkiri Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: “Kunlardan birida bozorga bordim. Odamlarning mol-dunyo bilan ovora ekanliklarini ko‘rib ularga:

– Siz bu yerda savdo-sotiq bilan mashg‘ulsiz, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning meroslari tarqatilayotganidan xabaringiz yo‘qmi? – dedim. Savdogarlar qo‘llaridagi mollarini tashlab:

– Yo‘q, qayerda? – deb hovliqib so‘radilar.

– Falon masjidda, – deb javob berdim. Ular shoshib masjid tomon yugurib ketishdi.

Ammo birozdan so‘ng qaytib kelib:

– Nega bizni aldadingiz? Masjidda hech qanday meros tarqatilmayapti-ku? –deyishdi.

Men:

– Qanday qilib? Axir masjidda kimlarni ko‘rdingiz? – deb so‘radim.

Ular:

– Qur’on o‘qiyotgan qorilarni va hadis o‘rganayotgan tolibi ilmlarni, –deyishdi.

– Ana shu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning meroslaridir, – deb javob berdim.

“O‘zimdan so‘ng sizga ikki narsa qoldirdim, agar ularni mahkam tutsangiz hargiz adashmaysiz. Ular Allohning kitobi va Payg‘ambarning hadisidir”, degan sevikli Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salavotu salomlar bo‘lsin”.

Davron NURMUHAMMAD