Mir Arab o'rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi
Tojiddinov Abdusamad
Bismillahir Rohmanir Rohiym
TO‘RTINCHI DALIL
Alloh taolo Qur’oni karimda anbiyolardan ahd olganini zikr qilib, Nabiy sollallohu alayhi va sallamning ismlarini birinchi o‘rinda keltiradi:
﴿وَ إِذْ أَخَذْنَا مِنَ النَّبِيِّنَ مِيثَقَهُمْ وَمِنْكَ وَمِنْ نُّوحٍ وَإِبْرَهِيمَ﴾
«Nabiylarning ahdu paymonlarini olganimizni esla! Sendan, Nuhdan, Ibrohimdan ham» (Ahzob surasi, 7-oyat).
Hazrat Umar roziyallohu anhu bu oyatni eshitganlarida nihoyatda sevindilar va Rasulloh sollallohu alayhi vasallamga: «Yo Allohning Rasuli, sizning sha’ningiz Alloh taoloning nazdida qanchalik ulug‘dirki, Alloh taolo anbiyolarini zikr qilganda hammalaridan oldin sizning ismingizni zikr qilibdi!» dedilar.
Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy rahimahullohning
"Ishqi Rasul" kitobidan Nodirjon Odinayev tarjimasi