Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti Tahfizul Qur'on kafedrasi 4-kurs talabasi Abdulhay Oxunjonov Imom Hafsning Osim ibn Abun Najuddan qilgan rivoyati Shotibiya yo'li orqali Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bog'langan sanadi bilan ijoza oldi.
Ijozani Qur'on qiroati bo'yicha ijoza sohibi, institutning Tahfizul Qur'on kafedrasi mudiri Jahongir qori Ne'matov topshirdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Joriy yil 2-4 aprel kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sportning Bahodirlar o‘yini va tosh ko‘tarish turlari bo‘yicha barcha yosh toifalari o‘rtasida bellashuv o‘tkazildi.
400 dan ortiq polvonlar o‘rtasida Toshkent islom instituti 2-kurs talabasi Bobonazarov Muhammad Sodiq tosh ko‘tarish turi bo‘yicha 18-23 yoshlilar orasida 95 kg+ vazn toifasida faxrli 2-o‘rinni oldi.
Shuningdek, Muhammad Sodiq 2025 yil 26 aprel sanasida o‘tkaziladigan Jahon kubogida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Musobaqani Bahodirlar o‘yini va tosh ko‘tarish federatsiyasi prezidenti Voxiddin Najmiddinov, ginnes rekordchi va professional sportchilar kuzatib bordilar. Musobaqa yakunida g‘oliblarga Sport vazirligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.