Pokiston Bosh vazirining maslahatchisi Abdul Razzoq Dovud boshchiligidagi delegatsiya bugun muzokaralar o'tkazish uchun O'zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Tashrif doirasida O'zbekiston-Pokiston savdo-iqtisodiy masalalar bo'yicha maxsus qo'shma ishchi guruhining birinchi yig'ilishi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Pokiston delegatsiyasi, shuningdek, “Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo'li loyihasini amalga oshirish bo'yicha O'zbekiston-Afg'oniston-Pokiston uch tomonlama ishchi guruhi yig'ilishida ham ishtirok etadi.
Abdul Razzoq Dovud va delegatsiya a'zolari Samarqand shahriga tashrif buyurib, Islom qadamjolarini ziyorat qiladi, qadimiy shaharning tarixiy va me'moriy obidalari bilan tanishadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Xabaringiz bor, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari bilan imom-xatiblar va imom noiblari uchun qiroat darslari yo‘lga qo‘yilgan edi.
Shu munosabat bilan joriy yil 15 dekabr kuni Farg‘ona, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida qiroat darslarining ilk mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
"Qur’on va tajvidni o‘rgatish" va Masjidlar bilan ishlash bo‘limlari hamkorligida tashkil etilgan ushbu darslarda Abdulloh qori Haydarov Jizzax viloyatida, Abdusamad qori Mamasoliyev Qashqadaryo viloyatida va Abdulbosit qori Eshqobilov Farg‘ona viloyatida amaliy mashg‘ulotlarni olib bormoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati