OZ-OZ O'RGANIB DONO BO'LUR...
* * *
ZahiruddinMuhammad Bobur xazinalari
* * *
MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI
* * *
IYMON-E_''TIQOD KITOBI
* * *
NAZM
Beshinchi mu'man bihning sharhi
Yana oxir kunining iymoni,
Budur, aytay, eshitingiz oni.
Burnog'i manzil anda go'rdurur,
Go'r elidin Hudoy so'rdurur.
Ul so'riqchi ikki farishtadur,
Kim, burun bo'ldi otlari mazkur.
Der, Hudoying, payg'ambaring kimdur?
Diningu rohu rahbaring kimdur?
Gar javobini basavob degay,
Na alam ko'rgayu na g'ussa egay.
Qabrini keng Hudoy qilg'ay anga,
Ravzan uchmoq sari ochilg'ay anga.
Kecha-kunduz anga ayon bo'lg'ay –
Kim, eri ravzada qayon bo'lg'ay.
Gar javobini yaxshi aytmasa,
Tengri aning sarig'a qaytmasa,
Boshig'a ohanin chumoq egay,
Rohatu ayshi al-firoq, degay.
Unini topqonida gurz asari,
Eshitur g'ayri odamiy-pariy.
Gar pariyu bashar eshitkaylar,
G'ussadin jonlarin eritkaylar.
Qabr ul nav' zo'r ila siqqay,
Bir-biriga so'ngaklarin tiqqay.
Ravzan o'lg'ay anga saqar sarig'a,
Yuz tuman ranju sharar sarig'a.
Yerini do'zax ichra ko'rgay ul,
Gah o'tu gah yax ichra ko'rgay ul.
NASRIY BAYoN
Iymon keltirish shart bo'lgan beshinchi narsaning sharhi
(Iymonning beshinchi sharti)
Yana oxirat kuniga ishonmoq shartdir, men aytayin, siz buni eshit(ib eslab qol)ing.
Oxiratning birinchi manzili qabrdir. Qabr ahlini Alloh ta'olo (ikki farishta orqali) so'roq qildiradi. So'raydigan u zotlar esa ikki farishtadirki, oldinroq nomlari (Munkar va Nakir deb) zikr qilindi.
Ular: “Rabbing kim? Payg'ambaring kim? Dining qaysi? Yo'ling qaysi va rahbaring kim? (Qiblang qayer?)” deb so'raydilar. Agar kishi javobini to'g'ri ayta olsa, u na alam-azob ko'radi, na g'am-g'ussa chekadi.
Alloh qabrini unga (ko'zi etadigan joygacha) keng qilib qo'yadi va jannat sari (jannatdagi manzilini ko'rib turishi uchun) unga qabrdan bir darcha ochib qo'yiladi. Har kecha-kunduz unga jannatdagi joyi qayerda ekanligi ayon bo'lib turadi.
Agar (qabrdagi odam ikki farishta so'rog'iga) javobini yaxshi ayta olmasa, Alloh u tomonga qaytmasa, ya'ni undan yuz o'girsa, u boshiga temir gurzidan zarbalar eydi. Rahmati va yaxshi hayoti unga al-firoq (al-vido) deydi. (Chumoq – olti qirrali temir gurzi. – “G'iyos ul-lug'ot”)
Gurzi asari etib, u dodu faryod qilganida, uning fig'onu nolasini odamzod va jin qavmidan boshqa barcha mavjudotu maxluqot eshitadi. Agar uni jin qavmi va odamzod qavmi eshitsa edi, g'ussadan (qayg'udan) jonlari erib ketar edi.
Qabr uni kuch bilan shu qadar qattiq qisadiki, har qisganida suyaklarini bir-biriga kiritib yuboradi. Unga do'zaxdagi joyi tomon, yuz ming azob va olov-alanga tomon bir darcha ochib qo'yiladi. U do'zax ichidagi o'z joyini goh olov, goh muz ichida ko'rib turadi.
Nasriy bayon va sharh muallifi:
Mirzo KYeNJABYeK
Yurtimiz azaldan islom ilm-fani va madaniyatining qadimiy beshiklaridan biri hisoblanadi. Mustaqillik sharofati o‘laroq diniy va milliy qadriyatlarimiz to‘laligicha tiklandi, ulug‘ ajdodlarimizning xotiralariga munosib ehtirom ko‘rsatildi, ular qoldirgan diniy-ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy merosni o‘rganish uchun imkoniyatlar yaratildi.
Musulmon renessansi, ya’ni ilmiy-ma’rifiy uyg‘onish davriga asos solgan ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bugungi kunda ham ma’rifatli dunyoni hayratga solib kelayotgan ilmiy merosini o‘rganish, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, ular yaratgan ilmiy yo‘nalishlar va maktablar an’analarini davom ettirish bugungi avlod oldida turgan dolzarb vazifalar sirasiga kiradi.
Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, ularning insonparvarlik, adolat va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini zamonaviy jamiyat hayotiga tatbiq etish davlatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy merosining zamonaviy islom ma’rifatidagi o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Ushbu tadbir O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi tashabbusi bilan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Imom Moturididy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida tashkil etildi.
Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, Afg‘onistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Abdul G‘affor Teraviy, delegatsiya rahbari, Tarjima markazi rahbari Shayxulhadis Azizulloh Shinvoriy, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov kirish so‘zi bilan ochib berishdi.
Konferensiyada O‘zbekiston bilan bir Afg‘onistonning nufuzli ilmiy va diniy-ma’rifiy muassasalaridan yetakchi olimlar, islomshunoslar, fiqh mutaxassislari va tadqiqotchilar ishtirok etdi. Xususan, afg‘onistonlik olimlarning ishtiroki tarixan mushtarak ilmiy-madaniy aloqalarni mustahkamlash, hanafiylik maktabining mintaqaviy taraqqiyotiga oid tajriba va ilmiy yondashuvlar almashinuvini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Tadbir davomida “Alloma Marg‘inoniy “al-Hidoya” asarining ba’zi tavsiflari”, “Imom Marg‘inoniy g‘oyalari va Yangi O‘zbekistonda islom ma’rifatini rivojlantirish siyosatining uyg‘unligi”, “Marg‘inoniy asarlarida adolat va insof tamoyillari: ijtimoiy barqarorlikning asosi”, “O‘zbekistonda Imom Marg‘inoniy ilmiy merosini o‘rganish va uning xalqaro darajada targ‘ib qilish tajribalari”, “Hidoya” asaridagi bag‘rikenglik va mo‘tadillik tamoyillarining radikallashuvga qarshi kurashdagi o‘rni”, ’Hidoya” asarining tarkibiy tuzilishi va yozilish uslubi” kabi mavzulardagi ma’ruzalar tinglandi.
Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ajdodlarimiz merosini chuqur anglash, mintaqaviy ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, islom ma’rifatini keng targ‘ib etish hamda xalqlar o‘rtasida madaniy-ma’naviy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.