OZ-OZ O'RGANIB DONO BO'LUR...
* * *
ZahiruddinMuhammad Bobur xazinalari
* * *
MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI
* * *
IYMON-E_''TIQOD KITOBI
* * *
NAZM
Fosiqe bo'lsa, bo'lsa yo zohid,
Zolime bo'lsa, bo'lsa yo obid,
Joiz o'ldiki, ul imom o'lg'ay,
Muqtadoning ishi tamom o'lg'ay.
Qaysidur bu imom, eshiting roz,
Bu imom o'ldi elga besh namoz.
NASRIY BAYoN
Zohid (taqvoli) yoki fosiq (gunohkor), yaxshi yoki yomon imomlar orqasida namoz o'qish joiz ekani haqida
Hoh fosiq – sarkash gunohkor bo'lsin, xoh zohid – taqvoli zot bo'lsin, xoh zolim bo'lsin, xoh ibodatli obid bo'lsin, agar imom bo'lsa, ergashuvchining ishi tamom bo'ladi – durust va to'liq bo'ladi (ya'ni, unga ergashib namoz o'qishi joiz bo'laveradi). Lekin bu qanday imomdir? Sirni eshitingki, bu xalqqa besh vaqt namozni o'qib beradigan imomdir.
IZOH. Muhammad Zohid Qo'tqu ibn Ibrohim al-Bursaviy aytadilar “Har qanday solih va fojir imomga iqtido etib namoz o'qishni joiz deb bilmoq kerak.
Rofiziylarga o'xshamang, chunki ular har kimga iqtido etib namoz o'qimaydilar.
Mahmud Ash-Shomiy vafot etayotib, ashobiga debdilar: «Men ushbu to'rt narsani sizlarga aytmagan edim. Bu hadisni endi aytaman. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam marhamat etdilarki:
Nasriy bayon va sharh muallifi:
Mirzo KYeNJABYeK.
Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari