Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Sentabr, 2025   |   3 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:55
Quyosh
06:13
Peshin
12:20
Asr
16:28
Shom
18:19
Xufton
19:31
Bismillah
25 Sentabr, 2025, 3 Rabi`us soni, 1447

MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: Ishorat angakim, zohidu fosiq va yaxshiyu yamon orqasida namoz joyizdur (O'ttiz ikkinchi mavzu)

12.01.2021   1621   4 min.
MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: Ishorat angakim, zohidu fosiq va  yaxshiyu yamon orqasida namoz joyizdur (O'ttiz ikkinchi mavzu)

OZ-OZ O'RGANIB DONO BO'LUR...

*   *   *

ZahiruddinMuhammad Bobur xazinalari

*   *   *

MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI

*   *   *

IYMON-E_''TIQOD  KITOBI

*   *   *

NAZM

 

 

Fosiqe bo'lsa, bo'lsa yo zohid,

Zolime bo'lsa, bo'lsa yo obid,

Joiz o'ldiki, ul imom o'lg'ay,

Muqtadoning ishi tamom o'lg'ay.

Qaysidur bu imom, eshiting roz,

Bu imom o'ldi elga besh namoz.

 

 

NASRIY BAYoN

Zohid (taqvoli) yoki fosiq (gunohkor), yaxshi yoki yomon imomlar orqasida namoz o'qish joiz ekani haqida

 

Hoh fosiq – sarkash gunohkor bo'lsin, xoh zohid – taqvoli  zot  bo'lsin,  xoh  zolim  bo'lsin,  xoh  ibodatli  obid bo'lsin, agar imom bo'lsa, ergashuvchining ishi tamom bo'ladi  –  durust  va  to'liq  bo'ladi  (ya'ni,  unga  ergashib  namoz o'qishi joiz bo'laveradi). Lekin bu qanday imomdir? Sirni eshitingki, bu xalqqa besh vaqt namozni o'qib beradigan imomdir.

 

IZOH. Muhammad Zohid Qo'tqu ibn Ibrohim al-Bursaviy aytadilar “Har qanday solih va fojir imomga iqtido etib namoz o'qishni joiz deb bilmoq kerak.

Rofiziylarga o'xshamang, chunki ular har kimga iqtido etib namoz o'qimaydilar.

Mahmud Ash-Shomiy vafot etayotib, ashobiga debdilar: «Men ushbu to'rt narsani sizlarga aytmagan edim. Bu hadisni endi aytaman. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam marhamat etdilarki:

  1. Ahli qiblani, har qancha katta gunoh qilsalar ham, kufrda ayblamangizlar, kofir bo'ldi, deb aytmangiz.
  2. Har qaysi o'lgan kishining (mo''minning) janoza namozini o'qingiz.
  3. Har qanday imomning orqasida iqtido etib namoz o'qingiz.
  4. Har qanday (muttaqiy va Islomda sobitqadam) boshliq bilan birga Alloh yo'lida kurash etingiz» (“Ahli sunnat val-jamoat aqoidi”, 1-jild, 3-masala).

 

Nasriy bayon va sharh muallifi:

Mirzo KYeNJABYeK.

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston BMTda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiyning boy ma’naviy va ilmiy merosining taqdimotini o‘tkazadi

24.09.2025   3346   1 min.
O‘zbekiston BMTda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiyning boy ma’naviy va ilmiy merosining taqdimotini o‘tkazadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida so‘zlagan nutqida mamlakatimiz islom ma’rifati g‘oyalarini chuqur o‘rganish va butun dunyoda keng targ‘ib qilishni davom ettirishini ta’kidladi.
"Biz jamiyatimizdagi bag‘rikenglik siyosatini izchil amalga oshirmoqdamiz. Shu bilan birga, islom ma’rifati g‘oyalarini chuqur o‘rganish va dunyoga targ‘ib etish bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni faol davom ettiramiz!", - dedi davlat rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin oylarda keng mintaqamiz uchun noyob bo‘lgan Islom sivilizatsiyasi markazi ochiladi.
"Buyuk ajdodlarimiz – mutafakkir allomalar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiyning boy ma’naviy va ilmiy merosining alohida taqdimotini Birlashgan Millatlar Tashkilotida o‘tkazish niyatidamiz", - ta’kidladi O‘zbekiston yetakchisi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari