Rasulullloh sollallohu alayhi vasallam: “Kech kirgach, bolalaringizni (uyda) ushlab turing. Chunki bu paytda shayton (jin)lar izg'iydi. Bir soat o'tgach, bolalaringizni erkin qo'ying...”, dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
Quyosh botgach, farzandlaringizni uydan chiqarmang, tashqarida yurgan bo'lishsa, uyga kirgizib kerakli mashg'ulotlar bilan band qiling. “Chunki bu paytda shayton (jin)lar izg'iydi”. Tun shaytonlar qo'zg'alishi uchun qulay fursatdir. Ular bu vaqtda tashqarida yurgan bolalarga ziyon etkazishi mumkin.
Allohumma solli va sallim 'ala Muhammadin va 'ala oli Muhammad
Davron NURMUHAMMAD
Bismillahir Rohmanir Rohiym
“Vaqt o‘g‘irlari” — bu insonning vaqtini behuda sarflaydigan omillarni ifodalovchi tushuncha. Vaqtni o‘g‘irlovchi omillar quyidagilardan iborat:
1. Mobil telefon, telekanallar, internet va ko‘ngilochar dasturlar.
2. Kechiktirish va bahona qilish — eng mashhur va eng zararli odatlardan biri.
3. Majburan bir ishga kirishish
4. Ruhiy ko‘tarinkilikning yo‘qligi (istak, motivatsiya yetishmasligi).
5. Qo‘rquv.
6. Ishlarning ahamiyatini farqlay olmaslik.
7. Diqqatning tarqoqligi.
8. “Yo‘q” deyolmaslik — ko‘p vazifalarni qabul qilib, vaqtni boshqara olmay qolish.
9. Kutilmagan chalg‘ituvchilar — telefon qo‘ng‘irog‘i, favqulodda holatlar, to‘satdan kelgan do‘st vahokazo.
10. Bir ishni takror-takror boshlash — biror ishni qilayotganingizda chalg‘ib boshqa ishga o‘tib ketish va yana avvalgi ishga qaytish.
11. Rejaning yo‘qligi yoki ishlarni noto‘g‘ri rejalashtirish.
12. Tartibsizlik.
13. Samarasiz yig‘ilishlar.
14. Kutish (birov bilan uchrashuv belgilaganingizda yoki bir ishni bajarishini kelishganingizda vaqtida bitirmay kechiktirishi).
15. Haddan tashqari ko‘p qog‘ozlar va tartibsiz hujjatlar — bu ish stolini va diqqatni egallab olib, vazifalarni murakkablashtiradi.
Doktor Mustafo Fiqiyning
“Vaqtni boshqarish” kitobidan