Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Dekabr, 2025   |    ,

Toshkent shahri
Tong
06:19
Quyosh
07:45
Peshin
12:26
Asr
15:15
Shom
17:00
Xufton
18:20
Bismillah
20 Dekabr, 2025, ,

Nishonga urilgan gaplar: Do'st tutmoq oson, rioya qilmog'i qiyin, Dushman bo'lmoq oson, yarashmog'i qiyin.

30.12.2020   2996   5 min.
Nishonga urilgan gaplar: Do'st tutmoq oson, rioya qilmog'i qiyin, Dushman bo'lmoq oson, yarashmog'i qiyin.

Boqmas jahon sovuq so'z, Shilqim, yuzsiz baxilga, Yoqimli bo'l, xushxulq bo'l, Qolsin noming ko'p yilga.

Mahmud Qoshg'ariy

***

Nafs dushmandurur yaqin bilgil, Do'stum bu so'zumni chin bilgil.

Zahiriddin Muhammad Bobur

***

Inson har doim quvnoq, hushchaqchaq bo'lishi va baxtiyor yashamog'i lozim.

Abu Nasr Farobiy

***

Hech qachon uch narsani qila ko'rma:

  1. Kimnidir yoningda qolishi uchun yolvorma;
  2. Sen bilan suhbatlashishi uchun majburlama;
  3. O'zingga qaratish uchun tuslanma.

Hikmatlar bo'stonidan

***

Yashab qolish uchun qo'rqoq va sotqinlikni tanlama. Erkak bo'lib qol! Yo g'olib bo'lasan yoki mard ketasan.

Tarix muhrlagan so'zlar

***

Tanganing ikki tomoni bor deyishadi. Aslida tanganing tomonlari ko'p... Bu tafakkurga bog'liq.

Ustozlar o'gitidan

***

Beli yara otning boshiga tushgan ish sog'lom otga oson kurinadi.

***

Tinch yashashni istasang, pastkash odam bilan do'stlik ham dushmanchilik ham  qilma.

Husayn Sayfulloh

***

Haddingni bilmasang hayotingni barbod qilasan. Huquqingni bilmasang hayotingni barbod qilishadi.

Sayyid Abror Umar

***

Yaxshilik hammaga bevosita sevimli. Agar shunday bo'lmaganda edi, har kim o'z istagan yoki orzu qilgan va yoki o'zicha yaxshilik deb tasavvur qilgan biror narsani o'z oldiga maqsad qilib qo'ymagan bo'lardi.

Abu Ali ibn Sino

***

Tog'ning ulug'ligini tasavvur qilmoq uchun undan uzoqlashish kerak bo'lganidek, buyuk tarixiy voqealarning haybatini rostmana his etish uchun ma'lum vaqt masofasi lozim bo'ladi. 

Erkin Vohidov

***

Hassa zarbi uzoq turmayin ketar,

Tildan etgan zarba bir umrga etar!

Ibn Kamolposhsho

***

Do'st tutmoq oson, rioya qilmog'i qiyin, Dushman bo'lmoq oson, yarashmog'i qiyin.

Yusuf Hos Hojib

***

Mazlumning duosidan (duoibadidan) qo'rqinglar. Chunki u (duo) oq bulut ustiga chiqariladi (va Alloh huzuriga etkaziladi). Alloh taolo deydi:

– Ulug'ligim va qudratim bilan qasam ichaman, albatta, birozdan so'ng bo'lsa ham senga (mazlumga) madad beraman.

Hadis

***

Nopok xotinlar nopok erkaklar uchundir. Nopok erkaklar nopok xotinlar uchundir. Pokiza ayollar pokiza erkaklar uchundir. Pokiza erkaklar pokiza ayollar uchundir. Ana o'shalar u (bo'htonchi)lar aytayotgan narsalardan poklangandirlar. Ularga mag'firat va go'zal rizq bordir.

“Nur surasi 26 oyat”

***

Manbalar asosida Saidabror Umarov tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlariga oid Farmon imzolandi

19.12.2025   6321   1 min.
Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlariga oid Farmon imzolandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlariga oid Farmonni imzoladi.

Hujjat Konstitutsiyaviy sud faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, fuqarolarning konstitutsiyaviy odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish hamda sud ishlarini yuritishda shaffoflik va samaradorlikni oshirishga qaratilgan. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:

– fuqarolar va yuridik shaxslarning Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartib-taomillarini soddalashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish;

– konstitutsiyaviy shikoyat institutini takomillashtirish va sud himoyasini kuchaytirish;

– davlat organlari faoliyati ustidan ta’sirchan konstitutsiyaviy nazoratni ta’minlash;

– 2026–2027 yillarda Konstitutsiyaviy sud faoliyatini raqamlashtirish dasturini amalga oshirish;

– sud ishlarini yuritishda "E-KSUD" axborot tizimini joriy etish, elektron murojaatlar, onlayn kuzatuv va videokonferensiya orqali sud majlislarida ishtirok etish imkoniyatlarini yaratish;

– sud majlislarini jonli efirda uzatish, audioyozuv orqali qayd etish va elektron bayonnomalarni shakllantirish;

– davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiya orqali fuqarolar va tadbirkorlarni ortiqcha ovora qilmasdan zarur ma’lumotlarni elektron shaklda olish amaliyotini joriy etish.

Farmon Konstitutsiya ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish hamda sud tizimida zamonaviy, ochiq va xalqqa yaqin mexanizmlarni joriy etishga xizmat qiladi.

MAQOLA