Niderlandiyadagi Eyndxoven texnologiya universitetining muslima olimasi va uning jamoasi innovatsion kremniy tadqiqotlari uchun Physics World 2020 Breakthrough of the Year mukofotiga sazovor bo'ldi. Mukofot Alen Deykstroy va Erik Bakkers bilan birgalikda amaliy fizika doktori El'xam Fadaliga nasib etdi. Ularning ishlari Germaniyadagi Fridrix Shiller nomidagi Yena universitetidan Yens Rene Sukert, shuningdek xodimlarning xalqaro jamoasi bilan qilingan hamkorlikning natijasi bo'ldi.
Islam.ru ma'lumotlariga ko'ra, yangi kremniy asosidagi material optik telekommunikatsiya va hisoblash ishlarida, shuningdek, kimyoviy sensorlarni yaratishda ishlatiladi.
"Telekommunikatsiya to'lqin uzunliklarida yorug'lik chiqaradigan kremniyga asoslangan materialni yaratib, Bekkers jamoasi kremniyli qurilmalar uchun mutlaqo yangi ilovalar dunyosiga eshikni ochdi", - dedi hakamlar hay'ati a'zosi va Physics World muharriri Hemish Jonston.
- eto izdaniye izvestnogo Instituta fiziki Velikobritanii. Kajdiey god oni ob'yavlyayut premiyu za novoye fizicheskoye otkrietiye «Proriev goda».
Physics World - bu Buyuk Britaniyaning mashhur Fizika institutining nashridir. Har yili, ular yangi fizik kashfiyot uchun "Yil yutug'i" sovrinini e'lon qiladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: “Biz oyat-alomatlar (mo‘jizalar)ni baraka deb bilar edik, sizlar esa ularni qo‘rqinch bilan qabul qilasiz. Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga safarda edik. Suvimiz tugab qoldi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ozgina suv topib kelinglar”, dedilar. Bir idishda ozgina suv olib kelishdi. Rasululloh idishga qo‘llarini tiqdilar, so‘ngra: “Kelinglar, muborak suvga kelinglar, Alloh azza va jalladan baraka bo‘ldi”, dedilar.
Shunda men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning barmoqlari orasidan suv qaynab chiqayotganini ko‘rdim. Darhaqiqiat, biz taom yeyilayotgan vaqtda tasbih aytganini eshitganmiz” (Imom Buxoriy, Imom Termiziy rivoyat qilganlar).
Imom Tabaroniy va Imom Bayhaqiy Abu Usayddan rivoyat qilganlar. Payg‘ambarimiz alayhissalom Abbos ibn Abdulmuttalib roziyallohu anhuning haqlariga duo qilganlarida eshikning kesakisi va uyning devorlari “omiyn”, “omiyn” deb turgan.
Homidjon qori ISHMATBЕKOV