Bismillahir Rohmanir Rohim. Bugun tarixiy davrning yangi bosqichi – xalqimiz o'z oldiga ezgu maqsadlar qo'yib, o'z kuch va imkoniyatlariga tayangan holda, og'ir va sinovli kunlarda ham hamjihatlik ila taraqqiyot sari odimlab borayotgan pallada yashayapmiz.
Oisha roziyallohu anho onamiz aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga olti (yo yetti) dinor berib, ularni kambag‘allarga tarqatishimni buyurgan edilar. Ammo o‘zlari bemor bo‘lganlari uchun menga bergan omonatlarini tarqata olmagandim.
Keyin tuzaldilar va mendan dinorlarni nima qilganimni so‘radilar. Men: “Allohga qasamki, kasal bo‘lganingiz tufayli sizga qarab, band bo‘lib qoldim. Tarqata olmadim”, dedim.
U zot alayhissalom: “Uni olib kel”, dedilar. Olib kelganimdan keyin kaftlariga qo‘yib, zaif ovoz bilan: “Muhammad Allohga yo‘liqqanida qo‘lida bu pullar bo‘lsa Robbidan nimani kutgan bo‘lardi?” dedilar».
Allohumma, solli ’alaa Muhammadin va ’alaa aali Muhammad!
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlaridan 101 qissa” kitobidan.