Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Noyabr, 2025   |   6 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:01
Quyosh
07:25
Peshin
12:16
Asr
15:15
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
27 Noyabr, 2025, 6 Jumadul soni, 1447

Unutilayotgan sunnatlar (26-sunnat): Sut ichib, og'izni chayqash

17.12.2020   2166   2 min.
Unutilayotgan sunnatlar (26-sunnat): Sut ichib, og'izni chayqash

 

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qiladi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sut ichdilar, so'ngra, suv bilan og'izlarini chayqadilar. So'ngra: “Unda yog' bor”, dedilar" (Imom Termiziy rivoyati).

Sut A, Ye, K, S, D, V, RR kabi vitaminlar, mineral moddalar va aminokislotalarga juda boy. Sut yog'lari hayvon yog'lari orasida eng to'laqonlisi hisoblanadi.

Sutni har kuni iste'mol qilish yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi va yurak xuruji hamda insul't xavfini 37 foizga kamaytiradi.

Shuningdek sut miya va asab tizimi uchun foydali, suyaklarni mustahkamlaydi, immunitetni oshirib, infektsiyalardan himoyalaydi, oshqozon kasalliklarida va arterial qon bosimini pasaytirishga yordam beradi.

Qarang, bu juda ham oson, ammo savobi ulkan, gunohlarni ketkazuvchi, jannatga etkazuvchi bo'lgan amaldir. Lekin dangasaligimiz, beparvoligimiz oqibatida bunga e'tibor bermaymiz, amal qilmaymiz. Ko'pchiligimiz hatto bilmaymiz ham. Avval bilmasak, endi bilib oldik. Endi bilganimizga amal qilaylik va boshqalarga ham etkazaylik.

Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini yoyilishiga xizmat qilish u zotga bo'lgan muhabbat va ehtiromning yuksak namunasi hisoblanadi. U zot sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini aniqlik bilan etkazganlarning haqqiga: “Mening gapimni eshitib, yodlab, singdirib, so'ngra etkazgan odamni Alloh ne'matlantirsin”, deb duo qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Alloh taolo barchamizga har bir ishda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilishimizga tavfiq ato etsin, omiyn!

Allohumma solli va sallim 'ala Muhammadin va 'ala oli Muhammad

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Talabalar bilan samimiy suhbat

26.11.2025   2742   2 min.
Talabalar bilan samimiy suhbat

Bugun, 26 noyabr kuni Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev Andijondagi “Sayyid Muhyiddin Maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurtida bo‘lib, mazkur maskanda tahsil olayotgan talabalar bilan samimiy va mazmunli davra suhbati o‘tkazdi.

Ubaydulloh domlaga bilim yurti rahbari Rustamjon domla Mahmudov hamrohlik qildi. Uchrashuv avvalida ta’lim muassasasi faoliyati, o‘quv jarayoni va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar batafsil tanishtirildi. Ta’kidlanishicha, bugun ta’lim sifati bosqichma-bosqich takomillashib, yangi o‘quv dasturlari joriy etilmoqda, zamonaviy o‘quv xonalari, elektron resurslar va boy kutubxona yoshlar ixtiyoriga taqdim etilgan. Bu o‘z navbatida ilmu ma’rifatni chuqur o‘rganishga intilayotgan talabalar uchun muhim madad bo‘layotgani qayd etildi.

Davra suhbati davomida Ubaydulloh domla talabalarni ilmni puxta egallashga, har bir darsni mas’uliyat bilan o‘rganishga, kelajakda el-yurtga xizmat qiladigan yetuk ulamolar safidan o‘rin egallashga chaqirar ekan, yurtimiz ulamolari hayotidan ibratli misollar keltirildi.

— "Ilm talab qilish yo‘lidagi mashaqqat odamni kamolga yetkazadi. Ilmni faqat o‘rganibgina qolmasdan, uni hayotda qo‘llash, amal qilish insonning eng go‘zal ziynati hisoblanadi” — deya ta’kidlandi.

Talabalarga vaqtni qadrlash, ustozlarning duosi va roziligiga erishish, kitob mutolaasini kundalik odatga aylantirish kabi muhim maslahatlar berildi. Ubaydulloh domla yosh avlodga bo‘lgan yuksak ishonchini izhor etib, har bir talaba ilmda o‘z oldiga buyuk bir maqsad qo‘yishi kerakligi hamda shu maqsadga erishish yo‘lida doimo intilib borish kerakligi aytildi.

Hozirda “Sayyid Muhyiddin Maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurtida 47 nafar farg‘onalik yoshlar tahsil olmoqda. Ularning 15 nafari 4-kursda tahsil olib, mustaqil hayot ostonasida turibdi. Ular barcha ilmlarni puxta egallab, kelgusida viloyatimizdagi masjidlarda xalqimiz ma’naviyati va ma’rifati hamda din xizmatida kamarbasta bo‘lishlariga ishonch bildirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Farg‘ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Talabalar bilan samimiy suhbat Talabalar bilan samimiy suhbat Talabalar bilan samimiy suhbat Talabalar bilan samimiy suhbat Talabalar bilan samimiy suhbat Talabalar bilan samimiy suhbat Talabalar bilan samimiy suhbat