Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyul, 2025   |   13 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:15
Quyosh
04:58
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:37
Bismillah
08 Iyul, 2025, 13 Muharram, 1447

Shavkat Mirziyoev: Biz Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qat'iy bildiramiz

31.10.2023   724   1 min.
Shavkat Mirziyoev: Biz Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qat'iy bildiramiz

Prezident Shavkat Mirziyoev gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar va energetika tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo'yicha vazifalar ijrosi yuzasidan yig'ilish o'tkazmoqda.

Kun tartibiga o'tishdan oldin davlatimiz rahbari hozirgi kunda butun dunyoda katta tashvish va xavotir uyg'otayotgan masalaga to'xtalib o'tdi:

"Ma'lumki, Isroil armiyasi va Hamas harakati o'rtasida davom etayotgan qurolli to'qnashuvlar gumanitar inqirozni chuqurlashtirmoqda, tinch, begunoh aholi orasida ko'p sonli qurbonlarga olib kelmoqda.

Bolalar va ayollar halok bo'lmoqda, odamlar boshpanasidan ayrilmoqda, o'z uylarini tashlab ketishga majbur bo'lmoqda.

Biz Falastin va Isroil tomonidan qurbon bo'lgan barcha insonlarning oilalariga chin dildan ta'ziya va hamdardlik izhor etamiz.

Men G'azo sektori aholisiga baholi qudrat yordam ko'rsatish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga 1 million 500 ming dollar ajratish haqida qaror qabul qildim.

Biz Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qat'iy bildiramiz va uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi va Havfsizlik Kengashining ilgari qabul qilingan rezolyutsiyalariga muvofiq o'z mustaqil davlatini barpo etishga bo'lgan huquqini qo'llab-quvvatlaymiz", - dedi Prezidentimiz.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Yetkazib berish kechikkani sababli qo‘shimcha taom berish

07.07.2025   3648   1 min.
Yetkazib berish kechikkani sababli qo‘shimcha taom berish

Savol: Ba’zi yemakxonlar taom yetkazib  berishni kechiktirgani uchun buyurtmadan tashqari qo‘shimcha taom taqdim etar ekan. Shu ish joizmi? Agar reklamada qo‘shimcha bepul taom berish emas, balki yetkazib berilgan taomning pulini olmaslik aytilgan bo‘lsa, hukm qanday bo‘ladi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym.

1. Taomga buyurtma berish bitimi shariatdagi istisno’, ya’ni buyurtma asosida ma’lum mahsulotni tayyorlab berish shartnomasiga to‘g‘ri keladi. Agar savoldagi shart faqat reklamada aks etib, buyurtma jarayonida alohida bunday shart qo‘yilmasa, sotuvchi tarafidan berilgan bu va’da joiz hisoblanadi va unga vafo qilishi kerak bo‘ladi.

Agar buyurtma berishda yetkazib berish kechikishi sababli qo‘shimcha taom berish sharti qo‘yilsa, bu shartnomaning bir qismiga aylanadi. Bitimdagi bunday shart moliyaviy jarima sanaladi. Mahsulot tayyorlab berish (istisno’) bitimida sotuvchiga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llashga ruxsat etiladi.

Demak, qo‘shimcha bepul taom berish va’da ko‘rinishida bo‘lsa ham, shartnomada aks etgan bo‘lsa ham joiz ekan.

2. Yetkazib berish kechiksa, buyurtma qilingan taomning pulini olmaslik faqat reklamada aks etib, buyurtma jarayonida bunday shart qo‘yilmasa, bu ham sotuvchi tarafidan berilgan va’da bo‘ladi va joiz hisoblanadi. Ammo buyurtma berish jarayonida yuqoridagi shart qo‘yilsa, bu shartnomaning bir qismiga aylanadi. Shartnomada esa buyurtma summasidan voz kechish shartini qo‘yish durust emas.

Demak, buyurtma qilingan taomning pulini olmaslik va’da ko‘rinishida bo‘lsa joiz, bitimda shart qilinsa, joiz emas. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi