Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Iyul, 2025   |   12 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:14
Quyosh
04:57
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:38
Bismillah
07 Iyul, 2025, 12 Muharram, 1447

Isrof nima?

09.12.2020   3019   4 min.
Isrof nima?

Isrof – vaqt, pul, mol ka­bi Alloh taolo be­rgan ne'­matlarni nojo'ya sarflash­dir. Isrof qiluvchilar “mus­rif” deb ataladi. Alloh musrif­lar­ni yoqtirmaydi. Is­rofning ziddi tejamkor­likdir.

Isrof ham, baxillik ham Islom dinida haromdir. Chunki bu­lardan biri pul va mol­ni so­chish, keraksiz joy­larga sarf­lash bo'lsa, ikkin­chisi, mol va pulni to'plab, qo'lda ushlash, undan o'zini ham, boshqalarni ham foy­dalantirmaslikdir. 

Alloh taolo bizga etkazgan halol ne'matlardan o'zimiz is­tagancha foydalanishimiz mumkin. Ammo isrof qilish va manmanlikka berilishga yo'l qo'ymasligimiz lozim.

Abu Homid G'azzoliy ay­tadi: “Qalb sihhatini tik­lash dardga davo bo'ladigan sabablarga e'tibor qara­tish bilan boshlanadi. Masa­lan, Alloh taolodan uzoqlash­ti­ruvchi, halokatga olib bo­ruv­chi baxillik dardi­ning da­vosi molni sarfu infoq qi­lishdir. Lekin ba'zida bu sarf isrof darajasiga o'tib ketadi. Natijada ba­xillik­dan xalos bo'laman deb, isrofni orttiradi.

Isrof va baxillik orasida mo''tadillikni saq­lash ke­rak. Agar mo''tadillik ne­ligini bilmoqchi bo'lsang, saqlanishing lozim bo'lgan xulqqa nazar sol. Bu xulq o'zi­ning ziddi bo'lmish boshqa bir xulqdan senga yoqimli va engil bo'lsa, demak, sen saqla­nishing lozim bo'lgan xulq bi­lan xulqlangansan. Masalan, mol-dunyoni sarf­lashdan ko'ra, ularni to'p­lash senga lazzatli va oson bo'lsa, demak, senda baxil­lik ko'proq. Bas, mol-dunyong­ni sarflashga tirish!

Agar mol-dunyoni keragicha saq­lashdan ko'ra noo'rin sarf­lash senga lazzatli va engil bo'lsa, demak, sen isrofga mo­yilsan. Bas, molingni ushlab turishni o'rgan! Naf­singni kuzat. Qaysi fe'l­larni qi­lishing osonu qay­si fe'llarni qilishing qi­yin ekanini aniq bilib ol. Qalbingni mol-dunyo­ga bog'­lanib qolish­dan asra. Shun­da mol-dunyoni noo'rin sarf­lashdan ham, baxillik­dan ham omonda bo'la­san.

Mol-dunyo sen uchun bamisoli suv. Biror tashnaning chan­qog'i­ni qondirish uchun sen uni ushlab turasan. Biror muh­tojning hojatini ravo qilish uchun sen uni sarf­laysan. Berayotganingda zarracha qiy­nalmaysan, ak­sincha, laz­zat­­lanasan. Qaysi qalb shu darajaga etsa, bil­ginki, Al­loh uni salomat qilibdi”. .

Isrof va baxillik che­ga­ra­si iqtisoddir. Har bir ki­shi o'z hayotidagi moliyaviy ja­rayonlarda iqtisodga tayan­sa, u baxillikdan ham, isrofgarchilikdan ham yi­roq bo'ladi.

Bu borada ma'­rifatparvar adib Abdulla Avloniy ta'kidlay­di: “Iq­tisod deb pul va mol kabi ne'matlarning qadrini bilmakni aytilur. Mol qad­rini biluvchi kishilar o'rin­siz erga bir tiyin sarf qilmas, o'rni kelganda so'mni ayamas.

Saxovatning ziddi baxillik bo'lgani kabi iqtisodning ziddi isrofdur. Alloh taolo is­rof qilguvchilarni suy­mas. Iqtisodni rioya qilgan ki­shilar hamma vaqt tinch va rohatda yasharlar. So'zning qisqasi, ilm va ma'rifat ila barobar iqtisod, insof, tuganmas sa'y, bitmas g'ayrat lozimdur”.

Ayrimlar pul va moldan tashqari vaqtini ham is­rof qiladi. Vaqt ham Allohning ne'mati ekanini unuta­dilar. Payg'ambar alayhis­salom bir kunni uch qismga bo'lardilar. Bir qismini ibodat bilan, bir qismini ro'zg'or ishlari bilan, yana bir qismini xalq ishlari bilan o'tkazar edilar. Halq ishlari uchun ajratilgan vaqt kifoya qilmasa, oila­lariga ajratgan vaqtdan olar, ibo­dat vaqtiga tegmas edilar.

Qur'o­ni karimdagi Asr surasini Alloh taolo: “Asr (vaqti)ga qasamki...” deb boshlaydi. Bu oyatda vaqtning odamlar uchun qan­cha­lik yuksak ahamiyatga ega ekani ta'­kidlangan.

Bahodir USMONOV,

Yangiyo'l tumanidagi

“Pusur oqsoqol” jome

masjidi imom-xatibi

“Hidoyat” jurnalining 5-sonidan olindi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Jarohatiga suv zarar qiladigan kishining g‘usli

07.07.2025   412   1 min.
Jarohatiga suv zarar qiladigan kishining g‘usli

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Men qorin tarafdan operatsiya bo‘ldim va qornimning 25 sm joyi tikildi va bint qo‘yilgan. Doktorlar suv teksa yiringlaydi umuman suv tegmasin deyishdi. Ehtilom bo‘lib qolsam yo ayolim bilan qo‘shilsam, qanday g‘usl qilaman? Hamma yerimga suv tekkizib, bint turgan joyiga mas'h tortsam g‘uslim o‘tadimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ha, siz aytgan ko‘rinishda g‘uslingiz durust bo‘ladi. Islom dinining asosiy tamoyillaridan biri zararni daf qilishdir. Shuning uchun ibodatlarda bu narsaga alohida e’tibor berilgan. Jumladan, tahorat va g‘usl qiluvchiga suv holatni og‘irlashtiradigan o‘rinlarda tayammum qilishga ruxsat berilgan. Bunda qoida shuki, badanining aksar qismiga suv tekkizish bemorlikka sabab bo‘lsa yoki kasallikni tuzalishini ortga surib yuboradigan bo‘lsa, shunda g‘usl qilmasdan tayammum qilinadi. Shuning uchun badanning yarmidan ko‘proq qismiga suv ishlatish imkoni bo‘lsa, o‘sha joylar to‘liq yuviladi, qolgan qismiga mas'h tortiladi. Vallohu a’lam!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.