Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Sentabr, 2025   |   22 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:43
Quyosh
06:02
Peshin
12:24
Asr
16:44
Shom
18:38
Xufton
19:51
Bismillah
14 Sentabr, 2025, 22 Rabi`ul avval, 1447

2. BAQARA SURASI, 222–223 OYaTLAR

07.12.2020   8752   4 min.
2. BAQARA SURASI, 222–223 OYaTLAR

 وَيَسۡ‍َٔلُونَكَ عَنِ ٱلۡمَحِيضِۖ قُلۡ هُوَ أَذٗى فَٱعۡتَزِلُواْ ٱلنِّسَآءَ فِي ٱلۡمَحِيضِ وَلَا تَقۡرَبُوهُنَّ حَتَّىٰ يَطۡهُرۡنَۖ فَإِذَا تَطَهَّرۡنَ فَأۡتُوهُنَّ مِنۡ حَيۡثُ أَمَرَكُمُ ٱللَّهُۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلتَّوَّٰبِينَ وَيُحِبُّ ٱلۡمُتَطَهِّرِينَ٢٢٢

222. Hayz haqida so'rashsa, "U noxush narsadir", deng. Hayz paytida xotinlaringdan chetlaninglar, poklanmagunlaricha ularga yaqinlashmanglar. Poklanishsa, Alloh buyurgan tarafdan ularga kelinglar. Alloh haqiqatan tavba qiluvchilarni sevadi, o'zini pok tutuvchilarni sevadi.

Balog'atga etgan qiz yoki ayolning har oyda odat bo'yicha ko'radigan qoni "hayz" deyiladi. Hayzning oz muddati uch kecha-kunduz, ko'pi esa o'n kecha-kunduz, bundan ortiq muddatda ham qon kelaversa, u hayz emas, istihoza (kasallik) qoni hisoblanadi. Hayz ko'rayotgan ayolga namoz o'qish, ro'za tutish, Baytullohni tavof qilish, jinsiy aloqa qilish, masjidga kirish, Qur'on o'qish, Qur'onni yoki oyat yozilgan qog'ozlarni ushlash qat'iyan man etiladi, ammo Qur'on eshitishi mumkin. Ana shu hukmga ko'ra, hayz ko'rgan ayolga to u poklanmagunicha yaqinlashilmaydi, ya'ni jinsiy aloqa qilinmaydi. Bu gunohning naqadar jirkanchligi haqida Payg'ambarimiz alayhissalomdan shunday hadis bor: "Kim ayoliga hayz paytida yoki uning orqa yo'liga yaqinlik qilsa hamda folbinga borsa, Muhammadga nozil qilingan narsaga (ya'ni, dinga) kofir bo'libdi" (Termiziy rivoyati). Hayzdan poklanganlaridan keyin Alloh buyurgan tarafdan yaqinlik qilinaveradi. Kim bilmagan holida ayoliga hayz holida yaqinlik qilib qo'ygan bo'lsa, istig'for aytib, astoydil tavba qilishi lozim, chunki Alloh tavba qiluvchilarni ham, o'zini pok tutuvchilarni ham yaxshi ko'radi. Ammo qasddan, nafsiga qul bo'lib ayoliga hayz holida qo'shilgan bo'lsa, ba'zi ilm ahllari so'ziga ko'ra, unga kafforat (badal) vojib bo'ladi. Bu holda ikki tarafning o'zaro rozi bo'lishlari ham bu harom ishni halolga aylantira olmaydi. Kafforatning miqdori bir dinor, ya'ni 4,25 gramm tillaga tengdir. Oldin bu ishni sodir qilganlar Allohga astoydil tavba qilishsin, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Gunohlaridan xolis tavba qilgan kishi hech bir gunoh qilmagan kishi kabidir", deya marhamat etganlar (Muslim rivoyati). Hadislarda kelishicha: "Alloh taolo pokdir va poklikni yaxshi ko'radi" (Termiziy rivoyati); "Poklik-tozalik imonning yarmidir" (Muslim rivoyati).

نِسَآؤُكُمۡ حَرۡثٞ لَّكُمۡ فَأۡتُواْ حَرۡثَكُمۡ أَنَّىٰ شِئۡتُمۡۖ وَقَدِّمُواْ لِأَنفُسِكُمۡۚ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّكُم مُّلَٰقُوهُۗ وَبَشِّرِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ٢٢٣

223. Hotinlar ekinzorlaringizdir, shunday ekan, ekinzoringizga xohlagan tomonidan kelaveringlar va o'zlaringiz uchun (savobli) ishlarni taqdim etinglar. Allohdan qo'rqinglar, bilinglarki, Unga albatta yo'liqasizlar. (Ey Muhammad), mo'minlarga bundan xushxabar bering.

Hotinlar bilan yaqinlashish chog'ida faqat nafs rohati emas, balki yaxshi, solih farzandlar ham niyat qilinishi lozim. Bu esa mo'minlarga vujud lazzatlanishi cho'qqisiga chiqqanida ham axloqiy va ma'naviy holatlarni esdan chiqarmaslikni eslatmoqda. Hotinlar bilan xohlagan paytda, faqat ijozat berilgan tarafdan yaqinlashish zarurligi uqtirilmoqda. Musulmon kishi nikohidagi ayolga hayz va nifos (yangi ko'z yorigandagi qon kelishi) holatidan tashqari barcha holatlarda yaqinlik qilaveradi. Faqat Alloh taqiqlagan chegaralardan o'tmaslik sharti bilan. Alloh ayollarga orqa tarafdan yaqinlik qilishni man etgan, chunki jinsiy aloqadan murod, shahvatni qondirish va nasl qoldirish bo'lishi kerak. Bu taqiqlarni buzmoqchi bo'lganlar Allohdan qo'rqishsin, chunki har bir inson oxirat dunyosida Parvardigoriga albatta yo'liqadi va qilmishlari uchun to'la hisob beradi. Ibn Umar roziyallohu anhumo: "Hotinlar ekinzorlaringizdir, shunday ekan, ekinzoringizga xohlagan tomonidan kelaveringlar" degan oyatga "Ayollarning faqat oldiga yaqinlik qilinglar" deb ma'no bergan. Jobir roziyallohu anhu bunday degan: "Yahudiylar: "Agar ayolning orqa tarafidan oldiga yaqinlik qilinsa, tug'iladigan bola g'ilay bo'ladi", deyishardi. Shuning uchun yuqorida zikr etilgan oyat nozil bo'ldi" (Buxoriy rivoyati).

Boshqa maqolalar

YURTIMIZDA "DЕKLARATSIYALAR MULOQOTI" II XALQARO FORUMI O‘TKAZILMOQDA

12.09.2025   2833   2 min.
YURTIMIZDA

#xabar #deklaratsiya #muloqot #forum

Bugun, 10 sentyabr  kuni poytaxtimizdagi International hotel Tashkent mehmonxonasida «Deklaratsiyalar muloqoti» II xalqaro forumi o‘z ishini boshladi. 


 Unda nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari, taniqli ulamolar, soha ekspertlari qatorida Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar intituti direktori Eldor Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Ruslanbek Davletov, Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Prezident maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov ishtirok etmoqda.


 «Deklaratsiyalar muloqoti» xalqaro forumi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 2018 yil qabul qilingan «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» Maxsus rezolyutsiyasida mustahkamlangan  tamoyil va qoidalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi olib borayotgan izchil ishlarning bir qismi bo‘lib, 2020 yilda davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy strategiyasi maqsadlariga erishishga xizmat qiladi. 


“Diniy erkinlikni ta’minlash: O‘zbekistondagi islohotlar va xalqaro hamkorlikning o‘rni” deb nomlangan yalpi majlisda “LYNC” NNT (AQSH) vakili Kris Saypl, BAA Fatvo kengashi raisi Shayx Abdulloh bin Bayya, Jahon musulmonlari ligasi Bosh kotibi Shayx Muhammad bin Abdulkarim Al-Iso kabi nufuzli ishtirokchilarning chiqish va videomurojaatlari tinglandi. 


 Xalqaro forum davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga hozirda safarda bo‘lib turgan Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining salom va tabriklarini yetkazib, mavzu doirasida ma’ruza qildi. U o‘z so‘zi davomida dunyoning turli joylarida notinchlik bo‘lib turgan vaqtda tinchlik va bag‘rikenglikka bag‘ishlangan forumning o‘tkazilishi va unda dunyoning ko‘plab davlatlaridan turli din vakillari jam bo‘lgani katta voqea ekani, bu yerga yig‘ilgan ma’rifat ahllari tomonidan qabul qilinadigan deklaratsiyani amaliyotga joriy qilish insoniyat farovonligiga xizmat qilishini ta’kidladi.   


 Shuningdek, tadbir doirasida turli mamlakatlar dinshunos olimlari, amaliyotchi mutaxassislariga jamiyatda tinchlik va totuvlikni saqlab turishning muhim sharti sifatida deklatsiyalararo samarali muloqot o‘rnatish sohasidagi eng yaxshi xalqaro amaliyot, ilg‘or xorijiy tajribalar namoyish etilmoqda.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
 

YURTIMIZDA YURTIMIZDA YURTIMIZDA YURTIMIZDA YURTIMIZDA YURTIMIZDA YURTIMIZDA YURTIMIZDA YURTIMIZDA