Bugun, 30 oktyabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlari Jizzax viloyati safarlari davomida Jizzax shahridagi “Ho'ja Nuriddin hoji” masjidiga tashrif buyurib, mo'min-musulmonlar bilan ma'rifiy suhbat qildilar.
Muftiy hazratlari mamlakatimizda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar, xususan, zamonaviy masjidlar bunyod etilayotgani, mavjudlari ta'mirlanayotgani, hududlarda Qur'on va tajvidni o'rgatish kurslari faoliyati kengayayotgani, madrasalarda ta'lim sifati oshayotgani, haj-umra qiluvchilar soni ortib boraayotganini mamnuniyat bilan ta'kidladilar. Eng muhimi, bunday o'zgarishlarning barchasi yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osudalik mevasi ekani, shu ma'noda, ushbu dorulomon kunlarning qadriga etish lozimligi haqida ham to'xtaldilar.
Ma'rifiy suhbat asnosida Muftiy hazratlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning go'zal xulqlari, xususan, kishilar o'rtasidagi kechirimlilik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko'rsatish, ota-onani e'zozlash va umr bo'yi ularning xizmatlarini bajo keltirish borasidagi nabaviy ko'rsatmalarga amal qilishni oyati karimalar, hadisi shariflar, ulug' zotlar ibratlari misolida tushuntirib berdilar.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi.
Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.
Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan.