Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Noyabr, 2025   |   24 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:49
Quyosh
07:11
Peshin
12:13
Asr
15:23
Shom
17:08
Xufton
18:23
Bismillah
15 Noyabr, 2025, 24 Jumadul avval, 1447

Turkmaniston Prezidenti yangi masjid ochilish marosimida ishtirok etdi

27.11.2020   2399   1 min.
Turkmaniston Prezidenti yangi masjid ochilish marosimida ishtirok etdi

Turkmaniston davlat axborot agentligi xabariga ko'ra, Gurbanguli Berdimuhamedov Bolqon viloyatiga safari doirasida mintaqadagi bosh jome masjidning ochilish marosimida ishtirok etdi, deb xabar bergan.

Bolqonobodda oq marmar bilan bezatilgan muhtasham masjid viloyat ma'muriy markazining asosiy diqqatga sazovor joylaridan biriga aylangan. Majmuaning umumiy maydoni 14 gektardan ortiq. 

Majmua arxitekturasi, shuningdek, Islom madaniyati uchun xos dekorativ elementlar bilan bezatilgan to'rtta minorani ham o'z ichiga oladi. Masjidning markaziy gumbazida tilladan yasalgan yarim oy o'rnatilgan. To'rt minoraning har birining balandligi 63 metrni, gumbazning balandligi esa 40 metrni tashkil qiladi. Ichki bezaklarni bezashda marmar, granit va yog'ochdan foydalanilgan. Ikki qavatli masjid binosiga 3000 nafar namozxon sig'ishi mo'ljallangan.

Masjidda xayriya qiluvchilar uchun maxsus bino, 50 o'rinli mehmonxona va avtoturargoh mavjud.

Masjid atrofi ko'kalamzorlashtirilib, uch mingdan ortiq daraxt ko'chati o'tqazilgan.

 

azon.uz

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Finlandiyalik din peshvolari bilan hamkorlik yangi bosqichda

15.11.2025   176   1 min.
Finlandiyalik din peshvolari bilan hamkorlik yangi bosqichda

 Kecha, 14 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Finlandiya musulmonlari jamiyati imomi Ramil hazrat Belyayev boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildilar. 

Fin yurtining din peshvolari ayni kunlarda mamlakatimizda keng nishonlanayotgan 16 noyabr – "Xalqaro bag‘rikenglik kuni" munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etmoqdalar.

Muloqotda O‘zbekiston va Finlandiya o‘rtasidagi hamkorlik yildan-yilga rivojlanib borayotgani, o‘tgan oyda Finlyandiya Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yangi bosqichga ko‘targani, ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim, ilm-fan, madaniyat, turizm sohalarida hamkorlik rivojlanib borayotgani, xususan, o‘tgan yili O‘zbekiston musulmonlari idorasi delegatsiyacining Finlandiyaga safari juda ham samarali kechganiga urg‘u berildi.  

Finlandiya delegatsiyasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan diniy-ma’rifiy islohotlar, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik borasidagi ishlarni yuqori baholab, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi. 

Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, tomonlar esdalik sovg‘alari almashdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Finlandiyalik din peshvolari bilan hamkorlik yangi bosqichda Finlandiyalik din peshvolari bilan hamkorlik yangi bosqichda Finlandiyalik din peshvolari bilan hamkorlik yangi bosqichda Finlandiyalik din peshvolari bilan hamkorlik yangi bosqichda Finlandiyalik din peshvolari bilan hamkorlik yangi bosqichda Finlandiyalik din peshvolari bilan hamkorlik yangi bosqichda
O'zbekiston yangiliklari