Qozog'iston musulmonlari diniy idorasi va Turkiya Respublikasi diniy boshqarmasining o'zaro hamkorligi natijasi sifatida yuza kelgan ushbu kitob Markaziy Osiyo tarixida birinchi marotaba tarjima qilinib, nashr etildi.
Qozog'iston musulmonlari diniy idorasida bo'lib o'tgan taqdimot marosimida diniy idora rahbarlari, ulamolar, Turkiyaning Qozog'istondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ufuq Ekiji, uning din ishlari bo'yicha maslahatchisi G'olib Akinlar ishtirok etdi.
“Ushbu kitob turkiy davlatlar musulmonlari tsivilizatsiyasi va ma'naviy bilimlarining shakllanishi tarixidagi eng muhim manbalardan biridir. Kitobda musulmonlar mafkurasining asosiy xususiyatlari aks etgan. Shuni ta'kidlash kerakki, “Tavhid kitobi” arab va turk tilidagi nusxalaridan birinchi marotaba qozoq tiliga tarjima qilindi”, degan bosh muftiy Nauruzbay hoji Taganuli.
Turkiya elchisi Ufuk Ekiji imom al-Moturidiy Markaziy Osiyoda tug'ilganligi va Islom ta'limotiga katta hissa qo'shganligini aytib, ushbu qimmatli kitob Qozog'iston diniy rahbarlari uchun foydali bo'lishiga umid bildirdi.
Imom Moturidiy o'z davrining islomiy ilmlari sohasida eng etuk bilim sohibi hisoblanib, musulmon dunyosi olimlari tomonidan tan olingan va hozirda ham turli diniy asarlarda zo'r ehtirom bilan tilga olinadi.
Al-Moturidiyni ulug'lab «Imom al-Huda» va «Imom al-mutakallimin» (Hidoyat yo'li imomi va mutakallimlar imomi) kabi nomlar bilan ham ataganlar.
Ma'lumot uchun: Abu Mansur al-Moturidiy sunniy e'tiqodidagi ikki yirik oqimlardan biri bo'lmish Moturidiya oqimining asoschilaridan hisoblanadi. Uning hayoti haqida ma'lumotlar juda oz. Buyuk kalom imomi va fiqh olimi asli Samarqandning Moturid qishlog'idan (hozirgi Jomboy tumanida joylashgan) bo'lib, uning taxallusi shu qishloqqa nisbatan olingandir. Abu Mansur al-Moturidiy dastlabki ta'limni shu qishloqda olib, keyinchalik Movarounnahrning o'sha davrdagi diniy va ma'rifiy markazi bo'lgan Samarqandda davom ettiradi.
Abu Mansur al-Moturidiy tug'ilgan yili haqida aniq ma'lumotlar yo'q. U Samarqandda 944—945 yilda vafot etgan va shahar chekkasidagi Chokardiza degan qabristonga dafn etilgan.
Al-Moturidiy fiqh va kalom masalalari bilan qiziqib, Hanafiya mazhabi olimlaridan dars olib o'z bilimini oshirgan. Shu vaqt davomida ko'plab mashhur faqihlar va muhaddislar bilan muloqatda bo'lgan va munozaralar qilgan. Butun umri davomida shu sohaga oid asarlar yozib qoldirgandir. «Kitobi Tavhid», «Kitobi Maqomot», «Kitab rad avomil lil adila lil ka'biy» («Ka'biy zalolatlarining boshlanishini rad qilishga bag'ishlangan kitob»), «Kitob bayon va hum ul-mu'tazila» («Mu'tazila g'avg'olari va undan qo'rqmaslik haqidagi kitob bayoni»), «Kitob Ta'vilot al-Qur'on» («Qur'on ta'vili kitobi»).
Abu Mansur al-Moturidiyning ko'p asarlari bizgacha etib kelmagan, etib kelganlari ham asosan xorijiy mamlakatlar kutubxona va qo'lyozma fondlarida saqlanadi.
Al-Moturidiy islom olamida juda nozik hisoblangan «Kitob Tavhid» — asari bizning davrimizga etib kelgan va u 1970 yilda Fathulloh Hulif tomonidan Bayrutda nashr etilgan.
azon.uz
- Avvalo, ijtimoiy tarmoqlarga kirishdan maqsadingiz shunchaki vaqt o‘tkazish, ermak emas, balki boshqalarga manfaat ulashish, ulardan manfaat olish, ilmni oshirish, yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarish;
- Fahsh, harom, boshqalarga tegishli rasm va videolarini tarqatish tiyilish;
- Dinni, ulamolarni, shaxslarni, xalqlarni kamsitadigan, obro‘ to‘kishga qaratilgan maqola, rasm va videolarni post qilib qo‘ymang;
- Foydasiz tortishuvlarga kirishmang;
- Mish-mish aytuvchi, tarqatuvchi bo‘lmang! Ma’lumotlarni tarqatishdan oldin tekshirib, aniqlashtiring;
- Postlaringiz bilan odamlarga ilm-ma’rifat, yaxshilik ulashishga intiling va bu ishlarning barchasini Alloh taoloning roziligi uchun qiling;
- Yozayotgan, yuborayotgan, ulashayotgan har bir so‘zingiz oxiratda sizning zararingizga emas, foydangizga guvohlik beradigan so‘z bo‘lishiga diqqat qiling;
- Ijtimoiy tarmoqlardan me’yorida foydalaning! Ibodatni ado etish, oilaning nafaqasi, silai rahm, qo‘shniga yaxshilik qilish kabi zimmangizdagi mas’uliyatlaringizni unutib qo‘ymang;
- Postlarga “yoqdi” tugmasidan bosishdan oldin bu ish iymoningizga futur yetkazadimi yoki yo‘qmi, aniqlab oling! Gunoh bo‘lgan postlarga “yoqdi” tugmasini bosish iymonga salbiy ta’sir etadi;
- Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizni oxiratda Alloh taoloning huzurida, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oldilarida xijolat bo‘lib qolmaydigan tarzda yuriting!
Norin tumani “Abu Iso at-Termiziy” jome masjidi
imom-xatibi Maxmudov Yosinxon.
Manba: @SOFTALIMOTLAR