Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyul, 2025   |   13 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:15
Quyosh
04:58
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:37
Bismillah
08 Iyul, 2025, 13 Muharram, 1447

O'limdan omondamisiz?

21.11.2020   3822   1 min.
O'limdan omondamisiz?

Abu Aliyya aytadi: «Bir kuni Umar ibn Abdulaziz odamlar bilan o'tirgan edi. Kun yarim bo'lib, qizdira boshlagach, odamlarga: «Men qaytib kelgunimcha shu erda turinglar» deb, bir oz dam olish uchun ichkariga kirib ketdi. Birozdan so'ng o'g'li Abdulmalik kelib, uni so'ragan edi, odamlar uning ichkariga kirib ketganini aytishdi. O'g'li kirishga izn so'radi, unga izn berildi. U kirib, otasidan «Mo'minlarning amiri, bu erga nima uchun kirdingiz?» deb so'radi. «Bir oz dam olmoqchi edim», dedi Umar. O'g'li odob bilan: «Fuqarolaringiz eshigingiz oldida kutib turgan holda sizga o'lim kelib qolishidan omondamisiz? Ulardan berkinib oldingizmi?» dedi. Umar ibn Abdulaziz bu gapdan so'ng tez o'rnidan turib, odamlar oldiga chiqdi.

«Solihlar gulshani» kitobidan

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Piyoda haj qilgan afzalmi yoki ulovdami?

07.07.2025   1469   1 min.
Piyoda haj qilgan afzalmi yoki ulovdami?

#haj

64-CAVOL:  
Assalomu alaykum. Men piyoda haj qilmoqchiman, shu masalaga dinimizda nima deyiladi?


JAVOB: 

Va alaykum assalom. Piyoda haj qilish to‘g‘risida mazhabboshimiz Imom Abu Hanifa rahimahulloh makruh, deganlar. Chunki piyoda haj qilishda safar mashaqqati odamning xulqiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, kishi fe’lini tajang qilib qo‘yadi. “Majma’ul anhur” kitobida: “Ulovda haj qilish piyoda haj qilishdan afzaldir va fatvo ham shungadir”, deyiladi. 


Hozirgi kunda vatandoshlarimizning xavfsizligi va qulayligini hisobga olib, faqat uyushgan holda va havo yuli orqali haj safari qilinadi. Har bir hojining xavfsizligi, sog‘ligi va ibodatlarni to‘liq bajarishi maxsus ishchi guruh diqqat-e’tiborida bo‘ladi. 


Demak, yakka tartibda piyoda va avtomobillarda haj safari qilish maqsadga muvofiq emas. Chunki piyoda safar qilinganda bir nechta xorijiy davlatlar chegaralari kesib o‘tiladi va yo‘lning xavfsizligiga hech kim kafolat bera olmaydi. 


Hukumatimiz tomonidan barcha qulayliklar yaratilib turganda bir paytda, jonimizni xavfga qo‘yib, piyoda haj qilaman, deyish ma’qul emas. Vallohu a’lam. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
fatvo hay’ati.  @diniysavollar

 

Haj va umra