Bugun bayrog'imiz qabul qilinganiga 29 yil bo'ldi. 1991 yil 18 noyabr' – “O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida”gi qonun qabul qilingan kun.
Davlat bayrog'i O'zbekiston davlat suverenitetining ramzi. Uni yurtimizda yashayotgan barcha millat fuqarolari hurmat qilishi shart.
Bu to'g'ridagi qonun hujjatlarini buzish, unga hurmatsizlik qilish tegishlicha ma'muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bir g‘amgin kishi donishmandning huzuriga kelib: “Ayting-chi, meni qiynayotgan bu g‘am–tashvishlardan qutilishning biror chorasi bormi?" deya dardini doston qildi. Shunda donishmand: “Avval mening ikki savolimga javob ber”, dedi. Birinchidan: “Sen dunyoga kelgan vaqtingda seni qiynayotgan shu muammolar bor edimi?”. Haligi kishi: “Yo‘q”, deb javob berdi.
“Dunyodan ketar vaqtingda shu g‘am tashvishlarni o‘zing bilan olib ketasanmi?” deb ikkinchi savolni so‘radi donishmand. U yana: “Yo‘q”, dedi.
Ulamolarimiz: “Mo‘min ikki holatning orasida yashaydi. Biri yengillik, ikkinchisi qiyinchilik. Agar bilsa, ularning har ikkisi ham “ne’mat”dir. Chunki yengillikda shukr qilish ajru mukofotlarga sabab bo‘ladi: «Alloh shukr qiluvchilarni, albatta, mukofotlagay» (Oli Imron surasi, 144-oyat).
Qiyinchilikda esa sabr qilish imkoni bor. Alloh taolo sabr qiluvchilarga dunyoyu oxirat mukofotlarini beradi: «Albatta, sabr qiluvchilarga (oxiratda) mukofotlari behisob berilur» (Zumar surasi, 10-oyat).
Agar baxtli hayot kechirishni istasang, hamma narsani taftish qilaverma. Chunki qimmatbaho toshlar bilan shug‘ullanuvchilar olmosni hadeb tahlil qilavergach, uning asli ko‘mir ekanini aniqladilar.