Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Yanvar, 2026   |   7 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:18
Quyosh
07:40
Peshin
12:41
Asr
15:50
Shom
17:36
Xufton
18:51
Bismillah
26 Yanvar, 2026, 7 Sha`bon, 1447

Unutilayotgan sunnatlar (17-sunnat): Tahoratli holda yotish

16.11.2020   2768   3 min.
Unutilayotgan sunnatlar (17-sunnat): Tahoratli holda yotish

 

Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Yotog'ingga kelganda namozga qanday tahorat qilsang shunday tahorat qil. Keyin o'ng tomoningga yot, so'ngra bunday degin:

“Allohumma aslamtu nafsiy ilayka va favvaztu amriy ilayka va vajjahtu vajhiy ilayka va aljatu zahriy ilayka rag'batan va rahbatan ilayka, laa maljaaa va laa manjaa minka illaa ilayka, aamantu bikitobikallaziy anzalta va binabiyyikallaziy arsalta”(Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Kim pok holida uxlasa, uning haqiga bir farishta: “Allohim, bu bandangni mag'firat qil. Chunki u pok holida uxladi”, deydi” (Imom Ibn Hibbon rivoyati).

Abu Dardo roziyallohu anhu aytadi: “Qachon mo'min banda uxlasa, uning ruhi Arshga ko'tariladi. Agar banda tahoratli holida yotgan bo'lsa, uning ruhiga Arshda Alloh taologa sajda qilishiga ijozat beriladi”(Ibn Muborak Kitabu-z-Zuhd, Fathu-l-Boriy).

Ijliy rahimahulloh aytadi: “Kim tahorat olgan holida Alloh taoloni zikr qilib o'rniga yotsa, to uyg'onguniga qadar Alloh taoloning ibodatida qoim bo'lganlar savobiga musharraf bo'ladi”(Fathu-l-Boriy).

Qarang, bu juda ham oson, ammo savobi ulkan, gunohlarni ketkazuvchi, jannatga etkazuvchi bo'lgan amaldir. Lekin dangasaligimiz, beparvoligimiz oqibatida bunga e'tibor bermaymiz, amal qilmaymiz. Ko'pchiligimiz hatto bilmaymiz ham. Avval bilmasak, endi bilib oldik. Endi bilganimizga amal qilaylik va boshqalarga ham etkazaylik.

Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini yoyilishiga xizmat qilish u zotga bo'lgan muhabbat va ehtiromning yuksak namunasi hisoblanadi. U zot sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini aniqlik bilan etkazganlarning haqqiga: “Mening gapimni eshitib, yodlab, singdirib, so'ngra etkazgan odamni Alloh ne'matlantirsin”, deb duo qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Alloh taolo barchamizga har bir ishda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilishimizga tavfiq ato etsin, omiyn!

Allohumma solli va sallim 'ala Muhammadin va 'ala oli Muhammad

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi

26.01.2026   999   1 min.
Imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi

24 yanvar kuni Nukus shaxridagi Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy madrasasi sport zalida O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti tashabbusi bilan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida sportning voleybol, shashka, shaxmat va stol tennisi bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari A.Allaniyazov, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi B.Razovlar ishtirok etdi.
Ushbu musobaqada respublikamizning barcha tumanlaridan kelgan diniy mutaxassislar g‘oliblik uchun bellashdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra voleybol bo‘yicha birinchi o‘rin Taxtako‘pir, Qorao‘zak, Chimboy va Kegeyli tumanlaridan tuzilgan (Jayxun jamoasi), ikkinchi o‘rin Nukus shahri (Turon jamoasi), uchinchi o‘rin Beruniy va Amudaryo tumanlaridan tuzilgan (Beruniy jamoasi) g‘olib deb topildi.
Sportning shashka turi bo‘yicha Idrisov Abdulaziz Ellikqal’a tumani "Abdulla Norinjoniy" jome masjidi imom-xatibi, shaxmat bo‘yicha Egamberdiyev Ulug‘bek Xo‘jayli tumani "Pirim eshon" jome masjidi imom noibi g‘olib bo‘ldi.
Stol tennisi bo‘yicha Yakupov Axmet Nukus shahri "Alloh berdi Aziz" jome masjidi imom-xatibi g‘olib deb topildi.
Musobaqa muxlislari qiziqarli bellashuvlarga guvoh bo‘ldi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti

Imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari