Buyuk aqllar hamisha o'rtacha aqllarning shiddatli qarshiligiga duch keladi. Chunki o'rtacha aql egalari eskicha fikrlashdan yiroq, o'z salohiyatidan mardona va halol foydalanadigan kishilarni qabul qila olmaydi.
Albert Eynshteyn
***
Imkonsiz tuyulgan ishlarni uddalashni muvaffaqiyat deyish mumkin.
Birinchi qadamni tashlashga qiziquvchanlik turtki beradi, uning ortidan esa ilm ergashadi.
Jak Iv Kusto
***
Sevilmaganlargina nafratlanadilar.
Hayotdagi eng qayg'uli hol – hashamatga o'rganib qolishdir.
Charli Chaplin
***
Aql bilan mansabga erishish mumkin. Mansab bilan aqlga erishib bo'lmaydi.
O'tkir Hoshimov
***
Odam mashg'ulot zallarida chempion bo'lmaydi. Chempion bo'lish uchun ishni ruhiyatdan boshlash kerak – istak, orzu va o'z g'alabasini aniq-tiniq his qilishgina kishini maqsadiga eltadi.
Muhammad Ali
***
Yo'l yamonu yaxshisidan ema g'am,
Bismilloh, degilu qo'yg'il qadam.
***
Agar qilmadi el himoyat senga,
O'zingdin kerakdir shikoyat senga.
Alisher Navoiy
Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi. Yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi.
Inson toki o'zini mayda gap, o'chakish, janjal, shikoyat, norozilik, ohu vohlardan ozod qilolmas ekan, u iflos va pastlik tabiatidan xalos bo'lolmaydi.
Abu Ali ibn Sino
Vaqti-soati o'tgandan so'ng ijro bo'ladigan va'dadan hech bir yaxshilik chiqmas.
Mahmud az Zamaxshariy
Odamlar bilmagan narsalariga dushmanlik ko'zi bilan qaraydilar.
Abu Rayhon Beruniy
Manbalar asosida Saidabror Umarov tayyorladi
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bir kuni Umar roziyallohu anhu masjidga chiqdilar, u yerda Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qabrlari yonida yig‘lab turgan holda ko‘rdilar.
Umar raziyallohu anhu undan: "Ey Muoz, nima uchun yig‘layapsan?" deb so‘radilar.
Shunda Muoz roziyallohu anhu javob berdilar: "Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan bir hadis tufayli yig‘layapman. U zot alayhissalom aytgan edilar: "Riyoning ozginasi ham shirkdir. Kimki Allohning do‘stlariga dushmanlik qilsa, bilib qo‘ysinki, u Allohga qarshi urush ochibdi. Albatta, Alloh taolo abror, taqvodor, o‘zini pinhon tutadigan bandalarni yaxshi ko‘radi. Ular shunday kishilarki, yo‘qliklarida, hech kim ularni axtarmaydi, hozir bo‘lganlarida ham hech kim ularni tanimaydi. Ularning qalblari hidoyat chirog‘laridir. Ular har qanday qorong‘u va g‘uborlik holatdan yo‘l topib chiqa oladilar".
Homidjon qori ISHMATBЕKOV