Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Iyul, 2025   |   16 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:18
Quyosh
05:00
Peshin
12:34
Asr
17:41
Shom
20:01
Xufton
21:35
Bismillah
11 Iyul, 2025, 16 Muharram, 1447

MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: Kalom sifatig'a ishoratdur (O'n oltinchi mavzu davomi)

16.11.2020   2431   5 min.
MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: Kalom sifatig'a ishoratdur (O'n oltinchi mavzu davomi)

O'TA MUHIM IZOH

(Rabbimiz Alloh taoloni qaysi sifatlari ila taniymiz?..)

16-mavzu

بسم الله الرحمن الرحيم

Alloh taologa cheksiz hamdu sano, janob Rasulullohga so'ngsiz salotu salom bo'lsin.

Assalomu alaykum, sevikli do'stlarimiz.

Mana, bir necha kundan beri Bobur Mirzoning “Mubayyan” asaridan bahramand bo'lmoqdamiz. Muqaddimada aytganimizdek, bu asar besh kitobdan iborat: 1) Iymon-e'tiqod kitobi; 2) Namoz kitobi; 3) Zakot kitobi; 4) Ro'za kitobi; 5) Haj kitobi.

 

Shoh va shoir, alloma va sarkarda Boburning shunday go'zal kitob yozgani – millatimizning sharafidir.

 

Birinchi kitob – E'tiqodiyya bo'lmining xulosasi shuki, Alloh taoloni sakkiz sifati bilan taniymiz. Bular Allohning O'z Zoti bilan sobit bo'lgan – subutiy sifatlaridir.

 

Bobur Mirzo bu sifatlarni ettita deganlar va Takvin – Yaratish sifatini qudrat sifatiga doxil qilganlar. Sharhda aytganimizdek, biz Takvin sifatini alohida o'rganamiz. Buyuk Yaratganning bu sakkiz sifatini bilishimiz shart ekan.

 

  1. HAYoT SIFATI. Alloh taolo abadiy tirikdir, o'lim bilmas hayotga egadir. Lekin Uning tirikligi jism va jon bilan emas, balki O'z Zotidan Hayydir – tirikdir.

 

  1. ILM SIFATI. Alloh ta'olo zamon va makondan xoli holda, mavjud va nomavjud, bo'lgan va bo'ladigan, kattayu kichik, butun va bo'lak, mumkin va nomumkin, yashirin va oshkor – hamma narsani va har bir hodisani eng yaxshi  tarzda  biluvchi  va  butun  bilimlarning  manba'i  bo'lgan Zotdir.

 

  1. IRODA SIFATI. Dunyoda nimaiki bor bo'lsa, boshdan-oxir Allohning xohish-irodasi bilan bo'ladi. Butun insoniyat to'planib, bir zarrani harakatga keltirishga yoki harakatini to'xtatishga urinsa, Allohning iroda sifati tajalliy etmagunicha, bunga aslo kuchlari etmaydi.

 

  1. QUDRAT SIFATI. Butun qudrat va butun quvvat Allohdadir. U Zot hamma narsani bilishi bilan birga hamma ishni qilishga ham qodirdir. Har ishni qilishga  Uning  qudrati  etadi, sabab va vositalarga ehtiyoji yo'qdir.

 

  1. SAM_'' – EShITISh SIFATI. Alloh taolo eshitguvchidir. U zot yashirin yoki o'ta pinhon bo'lgan hamma narsani eshitadi. Uning eshitmog'iga uzoqlik mone' bo'la olmaydi. Eshitadigan narsalarning ko'pligi Unga xalal bermaydi.

 

  1. BASAR – KO'RISh SIFATI. Alloh taolo ko'rguvchidir. U Zot katta yoki kichik bo'lgan hamma narsani ko'radi. Uning ko'rmog'iga qorong'ulik va masofalar mone' bo'la olmaydi. Ko'radigan narsalarning ko'pligi Unga xalal bermaydi.

 

  1. KALOM SIFATI. U zot mutakallimdir – so'z bilan so'zlovchi va gapiruvchidir, lekin Uning so'zlashi (insonlarda bo'lganidek) til, og'iz, tanglay vositasi bilan emas. Alloh ta'oloning hukmlari O'z Zoti bilan qoim bo'lgan azaliy kalomining tajalliysi bilan bo'lib, bu  esa  mo''jiza  Kitobi  –  Qur'oni  karim  orqali  namoyon bo'ladi.

 

  1. TAKVIN – YaRATMOQ SIFATI. Bu Allohning bilfe'l yaratmoq sifatidir.  Butun  bu  borliqlarning  haq  yaratuvchisi Alloh ta'olodir.

        

Aziz do'stlarimiz bilan birga, “Bu qiyin ilmlar ekan” demasdan, Yaratgan  Egamizning mana shu sakkiz sifatini o'rganib, bir umr yodda tutishimiz zarur. Bu bilim – ma'rifat eshigi, saodat kalitidir. Yana Asmoi Husnada – Allohning eng go'zal ismlarida barcha sifatlari ifoda etilgan. Nasib etsa, bu haqda alohida suhbatlashamiz.

 

“Mubayyan va nasriy bayoni” asarining davomini diqqat-e'tibor bilan o'qib-kuzatib borishlarini aziz do'stlarimizdan umid qilamiz.

 

Faqir Mirzo KYeNJABYeK.

1441. 25-zulhijja. Shanba.

2020. 15 avgust.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Namozga kirishda, qo‘llar qachon ko‘tariladi?

09.07.2025   7682   1 min.
Namozga kirishda, qo‘llar qachon ko‘tariladi?

Savol: Namozga “Allohu akbar”, deb quloq qoqishda “Allohu akbar” dagi “r” ga kelganda ikki qo‘lni bosh barmog‘i quloq yumshog‘iga tegiziladimi? Shunday deb, eshitdim.

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namozga kirishda avval ikki qo‘lni yuqoriga ko‘tarib, bosh barmoqlarni quloqning yumshoq joyiga tegiziladi. So‘ng “Allohu akbar”, deb, namozga kirishiladi.

Bu haqida Faqih Abu Ja’far rahimahulloh bunday zikr qilganlar: “Ikki kaftini ichki taraflari bilan qiblaga yuzlanadi va panjalari yozadi hamda qo‘llarini yuqoriga ko‘taradi. Qachonki, ikki bosh barmog‘i ikki quloqlarining yumshoq joylariga tegsa, “Allohu akbar” deb namozga shuru’ qiladi.

Shamsulaimma Saraxsiy rahimahullohga ko‘ra, barcha mashoyixlar shunga ittifoq qilganlar (“Muhiyt” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.