NAZM
(7) Kalom sifatig'a ishoratdur
Yana bir kalomdur sifati,
Barkamolu tamomdur sifati.
Mutakallimdur-u kalom bila,
Ne tilu ne og'iz, ne kom bila.
Nuktalar, harfsiz, iboratsiz,
Haq adamg'a dedi nihoyatsiz.
Adam ul so'z bila vujud o'ldi,
Muncha tor o'ldi, muncha pud o'ldi.
NASRIY BAYoN
Alloh ta'oloning yana bir sifati kalomdir. U zotning sifati barkamol va mukammaldir. U zot mutakallimdir – so'z bilan so'zlovchi vagapiruvchidir, lekin Uning so'zlashi (insonlarda bo'lganidek) til bilan, og'iz bilan, tanglay vositasi bilan emas.
Nuktalar – pokiza so'zlar, latif gaplar, ramz va ishoratga to'la kalomlarni Alloh ta'olo adamga – yo'qlikka harfsiz, matnsiz holda nihoyatsiz – chek-chegarasiz aytdi. Yo'qlik u so'z bilan bor bo'ldi, borliqqa aylandi. Shuncha toru pud – o'rish va arqoq, ya'ni yaqin, mahkam munosabat (bir-biriga bog'liq necha mavjudot) paydo bo'ldi.
IZOH. Kalom sifati ahkomga – hukmlarga taalluqlidir. Alloh ta'oloning hukmlari O'z zoti bilan qoim bo'lgan azaliy kalomining tajalliysi bilan bo'lib, bu esa mo''jiza Kitobi – Qur'oni karim orqali namoyon bo'ladi.
Ba'zi aqoid kitoblarida Alloh ta'oloning subutiy sifatlari sakkizta deb sanalgan bo'lib, sakkizinchi takvindir.
(8) Takvin janobi Haqning bilfe'l yaratmoq sifatidir. Butun bu borliqlarning haqiqiy yaratuvchisi Alloh ta'olodir. Butun mukavvinot (yaratilgan, mavjud narsalar) hodisdir – keyin paydo bo'lgandir. Hodis bo'lgan bu mukavvinotni eng go'zal, eng mukammal va eng odil bir shaklda takvin etgan – yaratgan zot Udir. Qilgan ishlarida hikmat egasidir, hukmlarida esa odildir.
Nasriy bayon va sharh muallifi:
Mirzo KYeNJABYeK
#xushxabar #taqdirlov #otinoyi
Ulug‘ ayyom — Ramazon hayiti arafasida yurtimizda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va oilalar mustahkamligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan bir guruh soha vakillari davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoniga ko‘ra ko‘plab fidoyi va mehnatkash hamyurtlarimiz qatori Toshkent shahar bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi Zulayho Saatova II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan, Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi Hosiyat Qasimova "Shuhrat" medali bilan mukofotlandilar.
Ushbu yuksak mukofot bosh otinoyilarimizning ma’rifat tarqatish, ayollar orasidagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va yosh avlod tarbiyasiga qo‘shayotgan beqiyos hissalarining munosib e’tirofidir.
Darhaqiqat, inson qadri ulug‘langan yurtda mehnat va sadoqat hech qachon e’tibordan chetda qolmaydi.
Yuksak mukofot egalariga ushbu muborak kunlardagi katta yutuq bilan muborakbod etamiz!
Alloh taolo bu mukofotni xayrli va bardavom qilsin, el-yurt xizmatida charchamaydigan g‘ayrat-shijoatlariga baraka bersin. Bayram va mukofot muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati