Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Sentabr, 2025   |   4 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:56
Quyosh
06:14
Peshin
12:19
Asr
16:27
Shom
18:17
Xufton
19:29
Bismillah
26 Sentabr, 2025, 4 Rabi`us soni, 1447

MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: (7) Kalom sifatig'a ishoratdur (O'n oltinchi mavzu)

14.11.2020   2155   3 min.
MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: (7) Kalom sifatig'a ishoratdur (O'n oltinchi mavzu)

NAZM

 

(7) Kalom sifatig'a ishoratdur

 

Yana bir kalomdur sifati,

Barkamolu tamomdur sifati.

Mutakallimdur-u kalom bila,

Ne tilu ne og'iz, ne kom bila.

Nuktalar, harfsiz, iboratsiz,

Haq adamg'a dedi nihoyatsiz.

Adam ul so'z  bila vujud o'ldi,

Muncha tor o'ldi, muncha pud o'ldi.

 

NASRIY BAYoN

  1. Kalom sifatining sharhi

 

Alloh ta'oloning yana bir sifati kalomdir. U zotning sifati barkamol va mukammaldir. U zot mutakallimdir – so'z bilan so'zlovchi vagapiruvchidir, lekin Uning so'zlashi (insonlarda bo'lganidek) til bilan, og'iz bilan, tanglay vositasi bilan emas.

Nuktalar – pokiza so'zlar, latif gaplar, ramz va ishoratga to'la kalomlarni Alloh ta'olo adamga – yo'qlikka harfsiz, matnsiz holda nihoyatsiz – chek-chegarasiz aytdi. Yo'qlik u so'z bilan bor bo'ldi, borliqqa aylandi. Shuncha toru pud – o'rish va arqoq, ya'ni yaqin, mahkam munosabat (bir-biriga bog'liq necha mavjudot) paydo bo'ldi.

 

IZOH. Kalom sifati ahkomga – hukmlarga taalluqlidir. Alloh ta'oloning hukmlari O'z zoti bilan qoim bo'lgan azaliy kalomining tajalliysi bilan  bo'lib,  bu  esa  mo''jiza  Kitobi  –  Qur'oni  karim  orqali  namoyon bo'ladi.

Ba'zi aqoid kitoblarida Alloh ta'oloning subutiy sifatlari sakkizta deb sanalgan bo'lib, sakkizinchi takvindir.

(8) Takvin janobi Haqning bilfe'l  yaratmoq  sifatidir.  Butun  bu  borliqlarning  haqiqiy  yaratuvchisi Alloh ta'olodir. Butun mukavvinot (yaratilgan, mavjud narsalar) hodisdir – keyin paydo bo'lgandir. Hodis bo'lgan bu mukavvinotni eng go'zal, eng mukammal  va  eng  odil  bir  shaklda  takvin  etgan  –  yaratgan  zot  Udir.  Qilgan ishlarida  hikmat egasidir, hukmlarida esa odildir.

 

Nasriy bayon va sharh muallifi:

Mirzo KYeNJABYeK

Maqolalar
Boshqa maqolalar

“Buni kim qildi?”

25.09.2025   1027   1 min.
“Buni kim qildi?”

Bismillahir Rohmanir Rohiym

حدثنا العباس الدوري نا مالك بن إسماعيل نا موسى بن محمد الأنصاري أنا أبو إسحاق الشيباني عن الحسن بن سعد عن عبد الرحمن بن عبد الله بن مسعود عن أبيه قال: خرجت مع رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم فتنحى لحاجة له قال: وخرج علينا نمل فأذيننا فجعلنا نتبعهن فنحرقهن بالنار فلما جاء رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم عرفنا ذاك من وجهه فقال: من فعل هذا. قلنا: نحن يا رسول الله آذيننا فحرقناهن فقال: إنه لا ينبغي لأحد أن يعذب بالنار إلا رب النار.

 

Abdurahmon ibn Abdulloh ibn Mas’ud otasidan rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam bilan birga chiqdim. U zot hojat uchun chetga chiqdilar.

Shu payt chumolilar bizga yopishib, ozor berdi. Biz ularni olov bilan kuydirdik.


Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam qaytganlarida (g‘azablari chiqqanini) yuzlaridan bildik.

U zot alayhissalom: “Buni kim qildi?” dedilar.


“Biz, yo Allohning Rasuli. Bizga aziyat berdi, shuning uchun ularni yoqib yubordik”, dedik.

U zot alayhissalom: “Olov bilan azoblashga faqat olov Robbisining haqqi bor”, dedilar.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi