Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Dekabr, 2024   |   23 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:47
Peshin
12:28
Asr
15:18
Shom
17:02
Xufton
18:22
Bismillah
24 Dekabr, 2024, 23 Jumadul soni, 1446

Hushxabar: Qoraqalpog'istonda masjidlar soni yana bittaga ko'paydi

11.11.2020   2171   2 min.
Hushxabar: Qoraqalpog'istonda masjidlar soni yana bittaga ko'paydi

Shu yil 10 noyabr' kuni Qoraqalpog'iston Resrublikasi Adliya vazirligi Mo'ynoq tumanidagi “Hakim ata” jomesini ro'yxatdan o'tkazib, uning 59-sonli guvohnomasini masjid xodimlariga topshirdi.

Ma'lumot uchun, ushbu jome ochilishi bilan Respublikamizda rasmiy faoliyat yuritayotgan masjidlar soni 2078 taga, Qoraqalpog'iston Resrublikasida esa 51 taga etdi.

Ushbu masjid Mo'ynoq tumani “Do'stlik” ovul fuqarolar yig'inida joylashgan bo'lib, uning sig'imi 100 kishiga mo'ljallangan.

Alloh taolo ushbu masjidni xalqimiz va masjid jamoatiga muborak qilsin. Ana shunday xayrli ishga hissa qo'shgan insonlardan Haq taolo rozi bo'lsin, bunday yaxshiliklarni bardavom aylasin!

***
Hakim ota kim bo'lgan?

Masjidning “Hakim ata” nomi Sulaymon Boqirg'oniy hazratlarining tahallusidan olingan. U kishining maqbarasi ushbu jome hududida joylashgan. U 1978 yilda barpo qilingan.

Jo'yborzoda qalamiga mansub “Manoqib” kitobida yozilishicha, Hakim ota (Hazrat Sulaymon) Qur'oni karimga o'zgacha hurmat ko'rsatib, darsga borayotib Mushafni boshiga ko'tarib olar ekan. Buni ko'rgan Ahmad Yassaviy hazratlari uni shogirdlikka taklif etadi. Hakim ota u zotning qo'lida ta'lim olib, o'n besh yoshida muridlikni qabul qiladi.

“Lamahot min nafahotil quds” tazkirasida Hakim otaning shariatga oid o'ttiz ming, tariqatga oid o'ttiz ming va haqiqat borasida ham o'ttiz ming hikmat aytganlari bayon qilingan.

2002 yili Qoraqalpog'istonda Sulaymon Boqirg'oniy – Hakim ota tavalludining 880 yilligi munosabati bilan anjuman o'tkazilgan.

 

O'zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha bilimlar boyitildi

24.12.2024   3001   1 min.
Huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha bilimlar boyitildi

Shu yil 23 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti, Toshkent shahar va viloyatlar vakilliklarining huquqshunoslari, kadrlar masalalari bo‘yicha mutaxassislari uchun onlayn seminar-trening o‘tkazildi. 

Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kadrlar bo‘limi mudiri Salohiddin Sherxonov, Huquqshunoslik bo‘limi mudiri v.b. Jahongir Xotamov va Masjidlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Muzaffar Kamolov huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha nutq qildilar. Jumladan, diniy tashkilotlar faoliyatida qonuniylikni ta’minlash, qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini barcha mas’ul xodimlarga yetkazish orqali ularning huquqiy savodxonligini muntazam ravishda oshirib borish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati ijrochilarga to‘liq yetkazish, mehnat qonunchiligiga oid hujjatlarni to‘g‘ri yuritish va mas’ul xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, diniy soha xodimlarini qonunchilikdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilib borish, kadrlar faoliyatiga oid buyruqlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, hujjatlar almashinuvini to‘liq tizimlashtirish, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tashkilotlarga o‘z vaqtida hisobot taqdim etish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish kabi masalalarga ham urg‘u qaratildi. 

Yig‘ilishda mutaxassislar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar javob berish barobarida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha bilimlar boyitildi Huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha bilimlar boyitildi Huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha bilimlar boyitildi Huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha bilimlar boyitildi Huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha bilimlar boyitildi Huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha bilimlar boyitildi