Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Fevral, 2025   |   29 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:41
Quyosh
06:59
Peshin
12:41
Asr
16:28
Shom
18:16
Xufton
19:28
Bismillah
28 Fevral, 2025, 29 Sha`bon, 1446

Torontoda yirik musulmon kinofestivali o'tkaziladi

2.11.2020   1949   1 min.
Torontoda yirik musulmon kinofestivali o'tkaziladi

Torontodagi ilk musulmon xalqaro kinofestivali (MIFF ) 30 oktyabr kuni Ontario Place kinoteatrida bo'lib o'tadi. islam.ru xabariga ko'ra, festivalda ilk bor Kanada, Pokiston, Turkiya va Amerikadan turli janrdagi fil'mlar namoyish etiladi.
"Bu Torontoning birinchi xalqaro musulmon kinofestivali bo'lib, u avtomobil' kinoteatri sifatida ham o'tmoqda", - deydi festival' asoschilaridan biri Hirra Faruki.
"Dunyomizdagi mavjud vaziyatni hisobga olsak, bu yil ko'plab mavjud kinofestivallar barbod bo'lishi kerak edi. Biroq, bu tadbirni nafaqat biz uchun, balki ajoyib tomoshabinlarimiz uchun ham o'tkazish baxtiga muyassar bo'lganimiz o'z-o'zidan muhim jihat hisoblanadi". Taqdim etilgan fil'mlar orasida: psixologik trillerlar, Kanadadagi suriyalik qochqinlar haqidagi hujjatli fil'm, afg'on ayolining hayoti haqidagi fil'm, Britaniya imperiyasi tomonidan Janubiy Osiyoning mustamlaka qilinishi haqidagi fil'm bor.
"Tanlangan fil'mlarni tanlashimiz haqiqatdan ham iste'dodlarning musulmonlar jamoasida qanchalik xilma-xilligini ko'rsatadi va ommaviy axborot vositalarida ko'rishni istaganimiz oldimizda, o'z jamoalarimiz ro'parasida turibdi", - deb o'rtoqlashdi Hirra Faruki.

O'zbekiston musulmonlari boshqarmasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ro‘zaning 8 hikmati

28.02.2025   317   2 min.
Ro‘zaning 8 hikmati

1. Ixlos va taqvo

Ro‘za – Alloh uchun qilingan ibodatdir. Unda riyo va namoyishkorlik bo‘lmaydi, chunki ro‘za tutgan odamni faqat Alloh biladi. Qur’onda bunday deyilgan: Ey iymon keltirganlar! Sizdan oldingilarga farz qilinganidek, sizga ham ro‘za farz qilindi. Shoyadki, taqvoli bo‘lsangiz! (Baqara, 183).

 

2. Sabr va iroda kuchini mustahkamlash

Ro‘za insonni nafsiga qarshi mustahkam qilib, uning irodasini kuchaytiradi. Ochlik va chanqoqqa sabr qilish orqali kishi hayotdagi boshqa sinovlarga ham chidamli bo‘ladi.

 

3. Shukr va qadriyatni anglash

Inson odatda ne’matlarning qadrini uni yo‘qotganda biladi. Ro‘za tutish orqali kishi taom, suv va boshqa ne’matlarning ahamiyatini his qiladi va Allohga shukr qilishni o‘rganadi.

 

4. Haqiqiy boylik taqvoda ekanini tushunish

Ro‘za tutgan odam, xoh u boy yoki kambag‘al bo‘lsin, bir xil ahvolga tushadi. Bu esa insonga moddiy boylikdan ko‘ra ma’naviy boylik muhimroq ekanini ko‘rsatadi.

 

5. Sog‘liq va tibbiy foydalari

Ro‘za organizmni tozalaydi, hazm tizimini dam oldirib, turli kasalliklardan himoya qiladi. Ilmiy tadqiqotlar ro‘zaning toksinlarni yo‘qotishga va metabolizmni yaxshilashga yordam berishini ko‘rsatgan.

 

6. Ro‘za va ijtimoiy birdamlik

Kambag‘allar va muhtojlarning ahvolini his qilish orqali insonda mehr-oqibat, xayriya va zakot berish hissi uyg‘onadi. Bu jamiyatda hamdardlik va birdamlikni mustahkamlaydi.

 

7. Duolarning qabul bo‘lishi

Ro‘zadorning duosi rad etilmaydi, chunki u Alloh uchun sabr qilib, uning roziligini istagan holda ibodat qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Uchta odamning duosi rad etilmaydi: ro‘zadorning iftor vaqtidagi duosi, odil podshohning duosi va mazlumning duosi (Imom Termiziy rivoyati).

 

8. Ruhiy poklanish

Ro‘za nafaqat jismoniy, balki ruhiy poklanishdir. U insonni gunohlardan tiyishga, yaxshi xulq-atvorga, gunoh va yomonliklardan uzoqlashishga o‘rgatadi.

Ro‘za inson hayotining barcha jabhalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi ulkan ibodatdir. U nafaqat savobli amal, balki insonni ma’naviy va jismoniy jihatdan yuksaltiruvchi buyuk hikmatdir.

Alloh barchamizga ro‘zaning haqiqiy hikmatlarini anglab, uni chuqur his qilishni nasib etsin!

 

Homidjon qori ISHMATBЕKOV