Kecha 31 oktyabr' kuni Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi «Mulla Abdug'affor hoji» hamda «Ittifoq» jome masjidlarining yangi poydevoriga ilk g'isht qo'yish marosimi bo'lib o'tdi.
Ushbu xayrli ishlarga O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Ibrohim domla INOMOV, Masjidlar bo'limi mudiri Muhammadnazar domla QAYuMOV, viloyat bosh imom-xatibi v.b. Nurali domla MAVLANOV hamda tuman hokimi qatnashdilar.
Har ikki tadbir ham Qur'on tilovati bilan boshlandi va tabrik asnosida masjidlarni qurish naqadar yuksak darajali savobli ish ekanligi haqida mav'izalar qilindi.
Tadbir yakunida ushbu ishlarga bosh bo'lgan, biroq Allohning irodasi ila bugun oramizni tark etgan marhum Hayrulloh domla haqlariga rahmat va mag'firatlar so'rab duolar qilindi.
«Mulla Abdug'affor hoji» jome masjidining yangi binosi sig'imi 400 o'ringa, «Ittifoq» jome masjidining yangi binosi sig'imi 350 o'ringa mo'ljallangan.
Barchamiz ushbu masjidlarning qurilish ishlariga o'z hissamizni qo'shaylik!
Toshkent viloyati vakilligi matbuot xizmati.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Shayx Abdulloh Sirojiddin: Orif zotlardan biri aytadi: "Juma kunida Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salavot aytishning eng ozi uch yuz yoki to‘rt yuztadir", der edilar.
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu: "Ey Zayd ibn Vahb! Agar juma kuni bo‘lsa, Nabiy sollallohu alayhi vasallamga ming marta salavot aytishni tark qilmagin", dedilar.
Abu Nuaym "Hilyatul avliyo" da rivoyat qilgan.