Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Iyul, 2025   |   16 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:18
Quyosh
05:00
Peshin
12:34
Asr
17:41
Shom
20:01
Xufton
21:35
Bismillah
11 Iyul, 2025, 16 Muharram, 1447

Olamlarga rahmat payg'ambar

28.10.2020   2476   4 min.
Olamlarga rahmat payg'ambar

Toifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga hujum qilishadi. U zotga tosh otib, shahardan tashqariga haydab chiqarishadi. Hatto to'piqlaridan yaralanadilar ham. Shunda bir uyning egasi bog'iga kiritadi. Shu erda biroz dam oladilar. Shu payt Alloh izni ila Jabroil alayhissalom kelib:

Ey, Rasululloh! Buyuring, bu shaharni yo'q qilayin! – deydilar.

U zot bunday narsaga aslo rozi bo'lmasdilar, rozi bo'lmadilar ham.

Odamlar:

– Yo, Rasululloh, mushriklar bizlarga judayam ozor berishyapti. Ularni la'natlang! – dedilar.

Shunda Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam:

– Men la'nat qiluvchi bir payg'ambar bo'lib kelmadim, men rahmat payg'ambari bo'lib keldim. Sabr qiling, sizdan oldingi ummatlar bundan battar qiyinchiliklarga uchragan edi. Siz ham sabr qiling! – deb sabrni tavsiya qilganlar.

Hech kimni duoyibad qilmaganlar. Bu muhim jihatlaridan bittasi...

Zayd roziyallohu anhu shunday deydi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yigirma yil xizmatlarida bo'ldim. Meni biror marta urmadilar, hatto qilgan biror ishim sababli “nega bunday qilding yoki qilmading” deb aytmadilar”. Ya'ni, o'z xizmatkoriga nisbatan ham g'oyat yumshoq va yaxshi munosabatda bo'lganlar...

Zayd roziyallohu anhuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qul sifatida hadya qilib berishgandi... Otasi Zaydni axtarib topib, haqini to'lab olib ketmoqchi bo'lganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Haqing ham kerak emas, ammo o'zidan so'rab ko'r, o'zi nimani xohlarkin. Agar ketishni xohlasa, marhamat ketsin, fidya ham olishni xohlamayman”, – dedilar. Zayd roziyallohu anhu esa:

– Yo, Rasululloh, men sizning yoningizda qolishni xohlayman, – dedi.

– Bundan otasining jahli chiqadi. Va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan takror iltimos qiladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

Mening yonimda qolishni istayotgan insonni men yonimdan haydayolmayman! – dedilar. Shunday qilib Zayd roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yonlarida qoladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlari shunday edi...

Bitta sholcha ustiga bitta bo'z yopinchiq matoni yopib uxlardilar. Hatto shu darajada oddiy va kamtarona hayot kechirardilarki, ba'zan ahli ayollariga biroz malol ham kelardi...

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam Hazratlarining masjidlari yonida “Hujrai saodat” deb ataladigan ahli baytlarining xonalari bor edi. Ummaviylar davrida masjid kengaytirilayotgan vaqtda o'sha uy buziladi. Bu ishdan sahobai kiromlar yig'lab:

Koshkiydi, “Hujrai saodat” buzilmay qolsaydi-da, uni ko'rib, odamlar ibrat olsaydi! – deb afsuslanishadi.

Uzunligi uch arshin, eni bir arshin keladigan, ya'ni bir krovat sig'adigan kenglikdagi uylar... Bunday uyda bir kishi bemalol yotadi, ikki kishi yotsa, sal qiynalib, siqilib qolishadi. Mana shunday tor, kichkina xonalar edi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning bunday oddiy hayot kechirishlaridan ahli baytlarida noroziliklar bo'lgan...

Hazrati Umar roziyallohu anhu bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga keladilar. Qarasalar, qamishdan to'qilgan bo'yra ustida yotibdilaru qo'llariga, yuzlariga qamish botib ketgan. Suv to'ldirilgan bitta xumlari va bir siqim arpalaridan bo'lak oziq-ovqatlari yo'q edi. Shunga qanoat qilib yashardilar. Buni ko'rib Hazrati Umar roziyallohu anhu yig'ladilar... Hazrati Umar ham ana shu jamiyatga xos insonlarning biri edilar, lekin Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ning hayot tarzlari barcha oddiy hayot kechirayotgan kishilarnikidan ham oddiyroq, soddaroq edi.

Shuning uchun ham Hazrati Umar roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ning oddiy, kamtarona yashashlarini ko'rib, ta'sirlanib, ibratlanib ko'z yoshlar to'kkan edilar...

O'zlari davlat qurib, davlat boshlig'i bo'la turib, davlatlar bilan aloqalar qilsalar ham, qo'llarida imkoniyatlari cheksiz bo'lsa ham, qullardek, xizmatkorlardek hayot kechirardilar. Biror kishini ranjitmas, ozor bermas edilar, Biror narsaga yoki erga suyanib ovqatlanmasdilar. “Agar Uhud tog'idek oltinim bo'lsa, hammasini Alloh yo'lida sarflayman!” deganlarini rivoyat qilishadi.

 

"Islom va axloq" kitobidan olindi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Namozga kirishda, qo‘llar qachon ko‘tariladi?

09.07.2025   7010   1 min.
Namozga kirishda, qo‘llar qachon ko‘tariladi?

Savol: Namozga “Allohu akbar”, deb quloq qoqishda “Allohu akbar” dagi “r” ga kelganda ikki qo‘lni bosh barmog‘i quloq yumshog‘iga tegiziladimi? Shunday deb, eshitdim.

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namozga kirishda avval ikki qo‘lni yuqoriga ko‘tarib, bosh barmoqlarni quloqning yumshoq joyiga tegiziladi. So‘ng “Allohu akbar”, deb, namozga kirishiladi.

Bu haqida Faqih Abu Ja’far rahimahulloh bunday zikr qilganlar: “Ikki kaftini ichki taraflari bilan qiblaga yuzlanadi va panjalari yozadi hamda qo‘llarini yuqoriga ko‘taradi. Qachonki, ikki bosh barmog‘i ikki quloqlarining yumshoq joylariga tegsa, “Allohu akbar” deb namozga shuru’ qiladi.

Shamsulaimma Saraxsiy rahimahullohga ko‘ra, barcha mashoyixlar shunga ittifoq qilganlar (“Muhiyt” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.