Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Dekabr, 2025   |   9 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:48
Peshin
12:30
Asr
15:21
Shom
17:06
Xufton
18:25
Bismillah
29 Dekabr, 2025, 9 Rajab, 1447

Hayot va o'lim

24.10.2020   2628   2 min.
Hayot va o'lim

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.

Alloh taolo Mulk surasida shunday marhamat qiladi:

ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ

«U o'lim va hayotni sizlarning qaysilaringiz amalda yaxshiroq ekaningizni sinash uchun yaratdi. U o'ta izzatlidir, o'ta mag'firatlidir» (2-oyat).

O'lim va hayotni Alloh taolo yaratgan, bu – haq! Odatda avval hayot, so'ngra esa o'lim boshlanadi. Agar e'tibor bersangiz, bu oyatda o'lim avval keltirilyapti, buning hikmati odamlarni yaxshi amallarga chorlashdir. Chunki o'limni eslagan odam doimo unga tayyorgarlik ko'radi va o'lgandan so'ng sharmanda bo'lmaslik uchun o'zini yaxshi ishlarga safarbar qiladi.

Darhaqiqat, hayot va o'lim Alloh taoloning cheksiz qudratiga yorqin dalildir. Alloh taolo O'z maxluqotlaridan ba'zilariga hayot bergan va ba'zilariga bermagan. Hayot o'zi nima? Qayerdan paydo bo'ladi? Qanday qilib? Uni tekshirib bo'ladimi? Va shunga o'xshash ko'plab savollarga hozircha javob yo'q. Fan-texnika rivojlangan asrimizda hayotni laboratoriya yo'li bilan yaratish uchun qo'ldan kelganicha urinilmoqda, lekin hech qanday natija bo'lmayapti. Bo'lmaydi ham. Amerikada inson hayotini o'rganish uchun maxsus oliy ilm dargohlari uzoq muddat ishladi. Uning rahbari doktor Aleksis Karl bu ish uchun bir necha marta xalqaro mukofotlar oldi va nihoyat, «Inson majhuldir» degan kitob yozdi.

 Huddi shuningdek, o'lim ham murakkab narsa, bularni faqat barcha narsaga qodir bo'lgan Alloh taoloning O'zigina qila oladi.

«Tafsiri Hilol» kitobidan

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Takbiri tahrima: Sunnatni mukammal ado qilish

29.12.2025   1271   1 min.

Ziyovuddin domla Mirsodiqov, Abu Saxiy masjidi imom-xatibi

VIDEO