Eron milliy standartlar tashkiloti rahbari Nire Piruzbaxt global va xalqaro darajadagi halol oziq-ovqat standartini ishlab chiqish uchun 120 dan ortiq taklif kiritilganini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda "Trend" IRNA ga tayangan holda.
"Bugungi kunda ko'plab mamlakatlarda, jumladan, Rossiya va O'zbekistonda mamlakatimizdagi iqtisodiy faollar va ishlab chiqaruvchilardan halol sertifikatlar talab etiladi", - deydi u.
"O'z vazifalarini bajarish uchun Eronning standartlashtirish milliy tashkiloti halol standartlarni ishlab chiqish va milliy darajada, ayniqsa, 2000-yillar oxiridan boshlab IHTga a'zo mamlakatlar darajasida muvofiqlik tuzilmalarini tuzishda faol ishtirok etmoqda", - deya qo'shimcha qildi u.
Islom hamkorlik tashkiloti - xalqaro Islom mamlakatlari tashkiloti (2011 yilgacha Islom konferentsiyasi tashkiloti (IHT) deb atalgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan diniy soha vakillari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish va o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida sport musobaqalari izchil ravishda tashkil etilmoqda.
Shu doirada Qashqadaryo viloyatida voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqalarning final bosqichi o‘tkazilib, shahar va tumanlardan saralangan g‘oliblar faol ishtirok etdilar. Qizg‘in bahslar yakunlanib, har bir sport turi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, keyingi bosqich musobaqalarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdilar.
Musobaqada O‘MI Qashqadaryo viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov hamda Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Farhod Kushakov ishtirok etib, qatnashchilarga ezgu tilaklar bildirdi va respublika bosqichida omad tiladi.
Tadbirni yuqori saviyada tashkil etishda yaqindan ko‘maklashgan Qashqadaryo viloyati hokimligi va viloyat sport boshqarmasi rahbariyati hamda xodimlariga minnatdorchilik bildiramiz.
Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati