Bugun, 14 oktyabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasining tashabbusi bilan Islom tsivilizatsiyasi markazi qurilish jarayoni va kelgusidagi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Unda Toshkent viloyatida xizmat qilib kelayotgan obro'-e'tiborli, tajribali imom-xatiblar ishtirok etdi.
Tadbir davomida tinglovchilar mutasaddi vakillar Islom tsivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishtirish bilan birga, ushbu markazning ahamiyati haqida ma'lumot berishdi. Shuningdek, uning ma'naviy va ma'rifiy sohada, ajdodlarga munosib avlodlar etishtirishdagi o'rni aytib o'tildi.
Shuningdek, ishtirokchilar Islom ma'rifati va sof Islom ta'limotini yoyishga xizmat qiluvchi ushbu maskan haqidagi davomli targ'ibot ishlarini amalga oshirish kerakligini ta'kidashdi.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Ilgari musulmonlar ayrim ulamolarni ulug‘lab, “Shayxul Islom” (Islom dini shayxi), “Faxrul Islom” (Islom dini faxri), “Hujjatul Islom” (Islom dini hujjati), “Najmul ulamo” (Ulamolar yulduzi), “Muftiy saqolayn” (Insu-jin muftiysi), “Lisonul mutakallimiyn” (Mutakallimlarning so‘zlovchi tili) kabi unvonlar bilan ataganlar. Bunday atash aslo mubolag‘a bo‘lmagan. Balki u muhtaram ulamolar haqiqatdan ushbu unvonlarga loyiq bo‘lganlar. Masalan, “Shamsul aimma” (Imomlar quyoshi) unvoni berilgan Saraxsiy rahmatullohi alayh o‘n ikki ming risolani yod olgani naql qilingan.
Abu Mansur Moturidiyni yaqindan tanigan ulamolar va shogirdlari tomonidan u zotning martabalarini namoyon etuvchi ko‘plab unvonlar berilgan:
– Imomul hudo (To‘g‘ri yo‘lga boshlovchi);
– Muvattidu aqoidi ahlis sunna (Ahli sunna aqidalari asoschisi).
Abu Mansur Moturidiyning mazkur unvonlari ham aslo mubolag‘a emas, balki u zot haqiqatan shu martabaga loyiq zot bo‘lganlar.
Ulamolar aytadilarki, Hujjatul Islom (Islom dini hujjati) deyilganda faqat Imom G‘azoliy tushunilganidek, Imomul hudo (to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi) deyilganda ham faqat Imom Moturidiy tushuniladi.
Abdulqodir Abdur Rahim,
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti
katta o‘qituvchisi.