Bugun, 14 oktyabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi “Rakat” jome masjidining qurilish jarayonini ko'zdan kechirmoqdalar.
Tashrif davomida muftiy hazratlari masjid qavmi, xodimlari, usta-muhandislar bilan suhbat qurib, masjidning yangi binosida namozxonlarga qilinayotgan imkoniyat va sharoitlar bo'yicha tavsiya va takliflarini berib, bu ulkan savobli ishga hissa qo'shayotgan kishilar haqiga xayrli duolar qildilar.
Tafsilotlarni saytimizda yoritib boramiz.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Alloh taolo aytadi: "Lekin Alloh ularning otlanishlarini yoqtirmay, tutib qoldi", (Tavba surasi, 46-oyat).
Alloh sizni din ishlariga xizmatchi qilib olgan bo‘lsa, demak, qalbingizga qarab, rozi bo‘libdi. Oddiy bir inson o‘z ishlarida uquvsiz kimsalarni ishlatgisi kelmaydi-ku, Alloh ishlatadi deysizmi?
Allohning yo‘lidan uzoq bo‘lgan odam borki, albatta, Alloh uning ichidan boxabarligi uchun rozi bo‘lmagan. Mashhur odamlarga havas qilmang. Ular arzimagan ishlar bilan mashg‘ullar. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, o‘ziga xodim qilib olgan bo‘lardi.
Zarracha savob ish qilmagan milliarderlarga havas bilan qaramang. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, ulardan yuz o‘girmagan bo‘lardi.
"Rasailu minal Qur’an" asaridan