Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Iyul, 2025   |   12 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:14
Quyosh
04:57
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:38
Bismillah
07 Iyul, 2025, 12 Muharram, 1447

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning go'zal ko'rinishlari

13.10.2020   2124   5 min.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning go'zal ko'rinishlari

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yuzlari va tanalari ham juda chiroyli, xushbichim, vujudlaridagi a'zolari nihoyatda bir-biriga mutanosib edi. Payg'ambarlar ichida chiroyli, go'zalligi bilan mashhur bo'lgan Kan'on yurtida tug'ilgan, Ya'qub alayhissalomning o'g'li bo'lgan Yusuf alayhissalomni bilasiz. U kishi (Yusuf alayhissalom) o'z aka-ukalarining bir qancha fitnalari sababli asir qilib sotilgan, Misrga keltirilgan. Lekin keyinchalik Misrda tanilib, podshoh bo'lib ketadi... Misrdagi  bir  aziz, e'tiborli  kishining uyiga qul qilib sotilgan bo'ladi. Yusuf alayhissalomning chiroyi jamoli bu erdagilarning og'ziga tushadi. Uning husniga mahliyo bo'ladilar... Yusufni sotib olgan kishining xotini haqida ham har xil gaplar tarqatishadi... Bu ayol, ya'ni uy sohibasi bir kuni uning haqida har xil gap-so'z qilib yurgan misrlik ayollarni uyiga taklif qiladi va har bir ayolning qo'liga olma bilan pichoq beradi. Yusufga: “Ayollar oldiga chiqib bir ko'rinish ber”, deydi:

...وَقَالَتِ اخْرُجْ عَلَيْهِنَّ... (سورة يوسف  :31)

Va qolatixrujna alayhinna  – ...Keyin (Yusufga) ularning oldiga chiqqin, dedi.

Yusuf alayhissalom ayollarga ko'ringach:

 

...فَلَمَّا رَأَيْنَهُ أَكْبَرْنَهُوَقَطَّعْنَ أَيْدِيَهُنَّ... (سورة يوسف  :31)

Falamma roaynahu akbarnahu va qotta'na aydiyahunna  – Ayollar Yusuf alayhissalomni ko'rishlari bilan “Allohu akbar” deb qo'llarini juda qattiq kesib olishadi. Ya'ni ayollar Yusuf alayhissalomning husniga mahliyo bo'lib, shoshib qolib, hayajondan “Alloh akbar” deb, olma kesish uchun berilgan pichoq bilan qo'llarini kesib qo'ydilar. Qataa”ning ma'nosi kesish, qirqish degani; “Qottaa” esa ko'p kesish degani... Qo'llarini ko'p qirqishdi, ko'p kesishdi...

Bu voqea haqiqatan bo'lgan, chunki Qur'oni karimda shunday keltirilgan. Bu voqeadan Yusuf alayhissalomning qanchalik chiroyli va maftunkor husn sohibi bo'lganligini anglaymiz... Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa, Yusuf alayhissalomdan ham chiroyli edilar. Badaviylardan bir kishi:

– Yuzlari qilich kabi porlar edi, – deydi. Ya'ni qilichdek, metallga xos yaltiroqlik... Bunga boshqa biri e'tiroz bildiradi:

– Qilichdek emas; oydek, quyoshdek edi! – deydi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qanday inson bo'lganliklari, bo'yi-basti, sochlari qandayligi, ko'zlarining ranglari, soqollari va umuman, vujudlari haqida ma'lumotlar bor, albatta...

Ko'rmagan kishilar ko'rgan kishilardan so'rashgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siymolari haqida aytilgan rivoyatlarning ichida bir mashhur rivoyat bor, unda shunday deyilgan:

من رآه بديهةها و من خالطه معرفة احبه، يقول ناعته لم اری قبله و لا بعده مثله

 (ترمذی عن علی)

Man raohu badihatan hobahu va man xolatahu ma'rifatan ahabbahu, Yaqulu noituhu lam ara qablahu va la ba'dahu mislahu  –

U zotni birinchi bor ko'rgan kishi, haybatlarining muazzamligidan titrardi, qo'rqardi...

Ya'ni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunchalik haybatli inson edilarki, haybatlaridan inson qo'rqardi va titrardi. Ba'zi badaviylardan mushriklar Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam ning huzurlariga kelganda, u kishini ko'rishi bilan qo'l-oyoqlari titray boshlagan...

Va man xolatahu ma'rifatan «Lekin kim u kishi bilan yaqindan tanishsa, biroz birga bo'lsa, (ahabbahu) u kishini yaxshi ko'rib qolardi, sevib qolardi. (Yaqulu noituhu) Boshqalarga tushuntirish, ta'riflash uchun shunday derdi: (lam ara qablahu va la ba'dahu mislahu) – «Bundan oldin ham, keyin ham u kishiday biror kimsani ko'rmadim!» – derdi. Haqiqatan, tengi yo'q, o'xshashi yo'q bir go'zallik sohibi edilar...

 

"Islom va axloq" kitobidan olindi

 

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Ularning qalblari hidoyat chirog‘laridir

07.07.2025   555   1 min.
Ularning qalblari hidoyat chirog‘laridir

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bir kuni Umar roziyallohu anhu masjidga chiqdilar, u yerda Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qabrlari yonida yig‘lab turgan holda ko‘rdilar.

Umar raziyallohu anhu undan: "Ey Muoz, nima uchun yig‘layapsan?" deb so‘radilar.

Shunda Muoz roziyallohu anhu javob berdilar: "Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan bir hadis tufayli yig‘layapman. U zot alayhissalom aytgan edilar: "Riyoning ozginasi ham shirkdir. Kimki Allohning do‘stlariga dushmanlik qilsa, bilib qo‘ysinki, u Allohga qarshi urush ochibdi. Albatta, Alloh taolo abror, taqvodor, o‘zini pinhon tutadigan bandalarni yaxshi ko‘radi. Ular shunday kishilarki, yo‘qliklarida, hech kim ularni axtarmaydi, hozir bo‘lganlarida ham hech kim ularni tanimaydi. Ularning qalblari hidoyat chirog‘laridir. Ular har qanday qorong‘u va g‘uborlik holatdan yo‘l topib chiqa oladilar".

Homidjon qori ISHMATBЕKOV