Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Mart, 2026   |   21 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:26
Quyosh
06:44
Peshin
12:38
Asr
16:38
Shom
18:28
Xufton
19:39
Bismillah
10 Mart, 2026, 21 Ramazon, 1447

Ijtimoiy tarmoqlarda ziyoratgoh haqida tarqalgan eski videolavha to'g'risida

23.09.2020   1994   1 min.
Ijtimoiy tarmoqlarda ziyoratgoh haqida tarqalgan eski videolavha to'g'risida

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi “Zarkent bobo” ziyoratgohida ayollar va bolalar tomonidan qabr tavof qilinayotgani, ustunlar o'pilayotgani, zinalarga bosh qo'yib, sajda etilayotgani haqidagi eski videolavha yana tarqatildi. Ta'kidlash zarurki, ushbu eski videolavha bundan bir yil avval ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan edi.
O'sha vaqtning o'zida O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan bu holatga munosabat bildirilib, amaliy sa'y-harakatlar olib borilgan. Jumladan, imom-xatiblar jalb etilib, kelgan ziyoratchilarga qadamjo to'g'risida aniq ma'lumot va ziyorat tartiblari tushuntirilgan edi. Shuningdek, ziyoratgohlarga Islom aqidasi va shariatida ko'rsatilgan ziyorat qilish odoblari haqida lavhalar joylashtirilgan.


Mazkur holat yuzasidan 2019 yil oktyabr' oyida e'lon qilingan quyidagi munosabatlar bilan yaqindan tanishib, yanada ishonch hosil qilish mumkin.

 


O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Yo‘ldagi voqea

10.03.2026   98   1 min.
Yo‘ldagi voqea

Yomg‘irdan keyin nogironlik aravachasida ko‘chaga chiqqan onaxon yo‘ldagi ko‘lmakda yotgan non bo‘lagini ko‘rib, olib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Ammo yo‘l o‘rtarog‘iga yetganida aravachaning oyog‘i bir chuqurga tushib, siqilib qoldi.

Ko‘chadan tezlikda o‘tayotgan bir moshinaning onaxonga suv sachratib o‘tgani mayli, non bo‘lagini bosib ketganidan dili xufton bo‘ldi. Avtoulov sal nariga borib to‘xtadi. So‘ng orqalab onaxonning yaqiniga qaytdi. Undan bir yigitcha tushib, boshini biroz egib, aybdorona qiyofada onaxonning oldiga keldi.

– Men sizga suv sachratib o‘tdim, shekilli. Kechiring, hoji ona, telefonga chalg‘ibman.

Yigit onaning biroz titrab turgan qo‘llaridan tutib o‘pdi va peshonasiga surdi. Aravachani dast ko‘tarib yo‘lning chetiga oldi. Onaxon bir zumda erib tushdi. Yigitdan judayam minnatdor bo‘ldi va nasihat qildi:

– Menga sachragan suv-ku, qurib ketadi. Ammo sen nonni bosib o‘tding, bolam. Bizlar bolaligimizda to‘yib non yesak, o‘sha bizga katta bayram edi. O‘zing tarbiyali yigit ekansan, yo‘lda bunaqa tez haydama. Har narsaning uvoli bor, shuni unutma.

Yigit, “Xo‘p bo‘ladi”, der ekan, Ramazon oyining fazlidan dillar mum kabi erishini, qo‘ldan kelgancha yaxshilik qilish, odamlarning ko‘nglini ranjitmaslikka harakat qilish kerakligini dildan his etdi.

 

Akbarshoh Rasulov

Ibratli hikoyalar