Ozodlik, xotirjamlik, oila davrasida hayot kechirish naqadar ulug' ne'mat ekanini undan mosuvo bo'lganda tushunib etarkan inson. Bugun ana shu buyuk ne'matni qalban to'liq his qilib, uni qadrlab yashayapman.
2016 yil ozodlikdan mahrum etilgan edim. 2017 yil dekabrda Prezidentimizning Afv etish to'g'risidagi Farmoniga asosan, ozodlikka chiqqanman. Hozirda tijorat ishlari bilan mashg'ulman. Yosh bo'lishimga qaramay hayotning og'ir sinovlariga duch keldim. Juda katta xatoga yo'l qo'yib, bu yo'lning nafaqat inson hayotini izdan chiqarishini, balki jamiyat farovonligini xavf ostiga qo'yishini tushunib etdim.
Qilmishim uchun 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edim. Panjara ortida o'tgan davrimda xatolarimni tushunib etdim. Agar astoydil tazarru qilsa, adashganini tushunib etgan odamlar afv etilishini ommaviy axborot vositalari orqali ko'rib, o'qib, men ham qilmishimdan chin dildan pushaymon bo'lib, iltimos bilan murojaat qildim. Iltimoslarim va to'g'ri xulosa chiqarganim hamda yaxshi tomonga o'zgargan ijobiy xatti-harakatlarim inobatga olindi. Bir yil deganda davlatimiz rahbarining yuksak g'amxo'rligi bilan ozodlikka chiqdim.
Men bugun baxtliman. Barcha qiyinchiliklar ortda qoldi. Jamiyatda o'z o'rnimni topishda hokimiyat, mahalla, nuroniylar hamda jamoatchilik doimo xabar olib, menga yordam berib, kerakli maslahatlar berib turibdi.
Yaqinda Sergeli tumani hokimligida bo'lib o'tgan uchrashuvda yana bir bor hayotda o'z o'rnimni topish uchun davlat tomonidan imkoniyat yaratilgani menga katta kuch bag'ishladi.
“Islombek hali yosh yigit ekansan, tadbirkorlik bilan shug'ullanishingizni eshitib, xursand bo'ldim, men tuman hokimi sifatida sizga tadbirkorlik faoliyatingizni rivojlantirish uchun yanada ko'proq imkoniyat yaratib berishga harakat qilaman.
Sizga hozirgi kasanachilik faoliyatingizdan olayotgan daromadingizni 10 barobarga oshirish uchun birlamchi mahsulotni yordam sifatida olib beramiz. Agar tumanda tekstil' sohasida faoliyatingizni kengaytirmoqchi bo'lsangiz, bu borada ham imkoniyat etarli, yordam beramiz. Tumandagi katta va tajribali tadbirkorlarga sizni shogird sifatida biriktirib, faoliyatingizni kengaytirishga ko'maklashamiz”.
Tuman hokimi bilan bo'lgan ushbu suhbatdan keyin davlatga nisbatan ishonchim yanada ortdi. Keyin bilsam hokimimiz mendan 3-4 yosh katta ekan, yosh rahbarga juda havas qildim. O'z navbatida, tuman hokimining menga bergan maslahat va yo'l-yo'riqlari hayotimni to'g'ri yo'lga qo'yib, katta maqsadlarimga erishishga undadi.
Aslida Yurtboshimiz yosh mutaxassisga shunday katta tumanni boshqarishni ishonib topshirganining o'zi yoshlarga katta imkoniyat va sharoit yaratilganidan dalolat beradi.
Kelajakda yaxshi tadbirkor bo'lib, o'tmishdagi xatolarimni tuzatish va jamiyatga, xalqqa xizmat qilib, davlatimizning menga nisbatan ishonchini oqlash uchun bor kuch-g'ayratimni bag'ishlashga tayyorman. O'tgan kunlar men uchun saboq bo'ldi. Garchi xato qilgan bo'lsamda, davlatimiz, xalqimiz meni kechirdi va hayotimni yana qayta izga solishga, shuningdek, jamiyatda o'z o'rnimni topishga ko'mak berayotgani Vatanga bo'lgan sadoqatimni yanada mustahkamlamoqda.
Shu o'rinda hayotga engil-elpi qaraydigan barcha tengdoshlarimga murojaat qilib aytamanki, qachonki har qanday tuyg'u qalban his qilinsa, uning qiymati bo'lakcha bo'ladi. Mahkumlikdagi odam uchun esa ozodlik, oilasi bag'rida bo'lish katta baxt. Eng asosiysi, bu bag'ri butunlikni hech narsa bilan almashtirib bo'lmaydi. Shunday ekan, Vatanimizda biz yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan, ya'ni tadbirkorlik, ta'lim va ilm-fan sohasida yaratilgan sharoitlardan unumli foydalaning, yuksak natijalarga erishing, jamiyatda o'z o'rningiz va so'zingizga ega bo'ling!
Islombek SALOHIDDINOV
Sergeli tumani
“Halq so'zi” gazetasi
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Savol: Ota-onam meni majburlab erga bermoqchi, bola bilan ko‘rishdim va ko‘nglim g‘ash bo‘lib qoldi. Keyin istixora o‘qishni boshladim va baribir ko‘nglim yumshamadi. Uydagilarga tushuntirdim, lekin meni eshitishmayapti. Men qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Dinimizda xotin-qizlarni majburlab erga berishdan man qilingan. Zero, nikoh ikki tomonning roziligi bilan tuziladi. Juvon bo‘lsa, u bilan ochiqcha gaplashiladi, bokira bo‘lsa, undan izn so‘raladi. Bokira (rozilik alomatlari bilan) sukut qilsa, bu uning nikohga izn bergani bo‘ladi.
Barcha fiqhiy manbalarimizda kelin va kuyov o‘z roziligini bildirishi (iyjob va qabul) nikohning asosiy rukni ekani bayon qilingan. Kelin-kuyovdan biri nikohga rozi bo‘lmasa, nikoh durust bo‘lmaydi.
Ota-onaning vazifasi esa farzandini boylik, mansab yoki boshqa g‘arazlar sababli ko‘r-ko‘rona uylanish yoki erga tegishga majburlash emas. Balki farzandiga juft bo‘layotgan yigit yo qizning diyonati, xulq-odobiga va kasb-hunariga e’tibor qilishdir.
O‘z o‘rnida turmush qurayotgan farzand ham ota-onasining tavsiyalari o‘rinli bo‘lsa, qabul qilishi, qaysarlik qilmay ularning hayotiy tajribalaridan foydalanishi kerak.
Xotin-qizlarni majburlab erga berish holatlarida Payg‘ambarimiz alayhissalomning ayolga nikoh yo ajralishni tanlash ixtiyorini berganlari ma’lum. Hatto bir holatda qiz kambag‘al yigitni, ota-ona esa boy yigitni tanlaganida, u zot qizning ixtiyorini ustun qo‘yib:
لم ير للمتحابين مثل النكاح
«Bir-birini yaxshi ko‘rganlar uchun nikohdan yaxshisi yo‘qdir", dedilar (Imom Ibn Moja rivoyati). Vallohu a’lam"
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.