Qadimdan xalqimiz ilmni va uning sohibini qadrlab kelgan. Ilm ahlini e'zozlagan. Sohibqiron Amir Temur hazratlarining hayotini, tarixini o'qigan har-bir kishi yaxshi biladiki, Sohibqiron bobomiz o'z zamonasidagi ahli ilmlarni, ulamo va dindorlarni qattiq hurmat qilgan. Ularga alohida lutf ko'rsatib, xizmatlarini munosib taqdirlagan. Amir Temur bobomizning shavkati, g'alabalarining bir sababi ham aynan, din ulamolarining duolari barakotidan desak mubolag'a bo'lmas.
Bugun, 16 sentyabr' kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov yurtimizdagi yuksak mukofotlardan biri bo'lmish “Halqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi” ko'krak nishoni va guvohnomasi bilan taqdirlandi. Ushbu yuksak e'tirof nishonasini O'zbekiston Respublikasi “Halqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi” Namangan viloyati muassasa raisi Sohibaxon A'zamova boshchilik bir guruh fond etakchilari Zayniddin domla Eshonqulovning shaxsan o'zlariga topshirdilar.
Yurtimizda Imom-xatiblar faoliyatining, olib borayotgan ma'naviy, ilmiy ishlarinining, xalq va jamiyat bilan hamnafas ekanliklarining yuksak baholanishi biz soha xodimlarini xursand qiladi.
“Halqimiz uchun sinovli bo'lgan kunlarda zimmamizga yuklatilgan vazifalarni bajarib, ushbu yuksak mukofotga loyiq ko'rilganim men uchun juda katta sharaf. Bunday e'tirof nafaqat o'zimning balki viloyatimizda faoliyat olib borayotgan soha xodimlarining elkasiga alohida mas'uliyat yuklaydi” – deydi viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov.
Bu mukofot ham yurtimizda insonning millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, faoliyat turidan qat'iy nazar uning mehnatini munosib rag'batlantirish, unga o'z iste'dod va qobiliyatini namoyon etish borasida barcha imkoniyatlar yaratilganligidan dalolatdir.
Shu munosabat bilan O'zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi jamoasi viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulovni hamda viloyatimizda din yo'lida fidokorona xizmat qilib kelayotgan barcha diniy soha xodimlarini ushbu mukofot bilan muborakbod etadi va kelgusi faoliyatlariga zafarlar tilaydi.
Mukofot muborak bo'lsin!!!
sammuslim.uz
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tashabbusi hamda yillik ish rejasi doirasida Paxtachi tumanida ma’naviyat, mehr-shafqat va xayr-saxovat ruhi bilan yodda qolarli sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish avvalida viloyat bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov ishchi guruh a’zolari bilan uchrashib, sayyor uchrashuvlarni samarali va mazmunli tashkil etish yuzasidan muhim ko‘rsatma va topshiriqlar berdi. U kishi har bir masjid imom-xatibi hamda mas’ul shaxslarga aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning muammolarini eshitish va imkoniyatdan kelib chiqib joyida hal etish zarurligini alohida ta’kidladi.
Shundan so‘ng Ahmadxon domla, Paxtachi tumani bosh imom-xatibi I.Isayev hamrohligida tuman markazidagi “Xo‘ja Ziyovuddin” jome masjidi hududida og‘ir ijtimoiy ahvoldagi, bemor va nogironligi bor oilalar xonadonlariga tashrif buyurdi. Ushbu tashriflar doirasida:
Har bir xonadonda samimiy muloqot o‘rnatilib, ezgu duolar qilindi. Ota-onalarning minnatdorliklari barcha ishtirokchilar qalbiga iliqlik bag‘ishladi.
Viloyat ishchi guruhi Paxtachi tumanidagi 12 ta masjidda Peshin namozini ado etib, jamoatga quyidagi yo‘nalishlarda ta’sirli ma’ruzalar qildi:
Shuningdek, viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Nursultonxon domla Abdumannonov “Xo‘ja Ziyovuddin” jome masjidida “Salomatlik va osoyishtalik – eng katta boylik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy quvvatga to‘la ma’ruza qildi.
Yig‘ilish yakunida Paxtachi tumanidagi 16 mahallaning ijtimoiy ahvoli, aholining ehtiyojlari va muammolari tahlil qilindi. Masjid hujjat yuritishi, obodonchilik ishlari va jamoat bilan muloqot samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilandi.
Rahbarlar tomonidan aholi bilan yaqin hamkorlik qilish, diniy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va xayr-saxovat ishlarini yanada kengaytirish yuzasidan qat’iy ko‘rsatmalar berildi.
Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilar yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi va yurtboshimiz olib borayotgan xayrli ishlariga zafarlar tilab, birgalikda xayrli duo qildilar.
Bu sayyor yig‘ilish Paxtachi ahli uchun nafaqat amaliy yordam, balki ma’naviy ko‘tarinkilik, birdamlik va kelajakka ishonch ruhini uyg‘otgan yodda qolarli kun bo‘ldi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakillgi Matbuot xizmati