Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Sentabr, 2025   |   13 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:32
Quyosh
05:53
Peshin
12:27
Asr
16:56
Shom
18:53
Xufton
20:08
Bismillah
05 Sentabr, 2025, 13 Rabi`ul avval, 1447

Bosh imom-xatib ko'krak nishoni bilan taqdirlandi

18.09.2020   1898   2 min.
Bosh imom-xatib ko'krak nishoni bilan taqdirlandi

Qadimdan xalqimiz ilmni va uning sohibini qadrlab kelgan. Ilm ahlini e'zozlagan. Sohibqiron Amir Temur hazratlarining hayotini, tarixini o'qigan har-bir kishi yaxshi biladiki, Sohibqiron bobomiz o'z zamonasidagi ahli ilmlarni, ulamo va dindorlarni qattiq hurmat qilgan. Ularga alohida lutf ko'rsatib, xizmatlarini munosib taqdirlagan. Amir Temur bobomizning shavkati, g'alabalarining bir sababi ham aynan, din ulamolarining duolari barakotidan desak mubolag'a bo'lmas.

Bugun, 16 sentyabr' kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov yurtimizdagi yuksak mukofotlardan biri bo'lmish “Halqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi” ko'krak nishoni va guvohnomasi bilan taqdirlandi. Ushbu yuksak e'tirof nishonasini O'zbekiston Respublikasi “Halqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi” Namangan viloyati muassasa raisi Sohibaxon A'zamova boshchilik bir guruh fond etakchilari Zayniddin domla Eshonqulovning shaxsan o'zlariga topshirdilar.

Yurtimizda Imom-xatiblar faoliyatining, olib borayotgan ma'naviy, ilmiy ishlarinining, xalq va jamiyat bilan hamnafas ekanliklarining yuksak baholanishi biz soha xodimlarini xursand qiladi.

“Halqimiz uchun sinovli bo'lgan kunlarda zimmamizga yuklatilgan vazifalarni bajarib, ushbu yuksak mukofotga loyiq ko'rilganim men uchun juda katta sharaf. Bunday e'tirof nafaqat o'zimning balki viloyatimizda faoliyat olib borayotgan soha xodimlarining elkasiga alohida mas'uliyat yuklaydi” – deydi viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov.

Bu mukofot ham  yurtimizda insonning millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, faoliyat turidan qat'iy nazar  uning mehnatini munosib rag'batlantirish, unga o'z iste'dod va qobiliyatini namoyon etish borasida barcha imkoniyatlar  yaratilganligidan dalolatdir.

Shu munosabat bilan O'zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi jamoasi viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulovni hamda viloyatimizda din yo'lida fidokorona xizmat qilib kelayotgan barcha diniy soha xodimlarini ushbu mukofot bilan muborakbod etadi va kelgusi  faoliyatlariga zafarlar tilaydi.

Mukofot muborak bo'lsin!!!

 

sammuslim.uz

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

SALAVOT aytishning 40 ta FOYDASI

04.09.2025   3089   1 min.
SALAVOT aytishning 40 ta  FOYDASI

1