Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Aprel, 2025   |   9 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:35
Quyosh
05:56
Peshin
12:30
Asr
17:01
Shom
18:58
Xufton
20:14
Bismillah
07 Aprel, 2025, 9 Shavvol, 1446

Madrasalarda qabul imtihonlarini o'tkazish kunlar belgilandi

13.09.2020   4205   5 min.
Madrasalarda qabul imtihonlarini  o'tkazish kunlar belgilandi

Pandemiya sharoitida mamlakatimizda koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-2021 o'quv yili uchun qabul imtihonlarini ochiq maydonlarda o'tkazish bo'yicha ko'rsatma berildi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o'rta maxsus islom ta'lim muassasalarida qabul imtihonlari Davlat test markazi tomonidan o'tkazilishi belgilangan bo'lib, quyidagi hududlardagi ochiq maydonlarda o'tkaziladi:

- “Muhammad al-Beruniy” o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun “Turon” markaziy stadioni – Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahri;

- “Sayyid Muhyiddin maxdum” o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Sportning o'yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi asosiy stadioni 1A-binosida – Andijon shahar, 3-kichik daha, Mashrab ko'chasi;

- “Hidoya” o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Navbahor-umid stadioni – Namangan shahri, 5-kichik tuman;

- “Hoja Buxoriy” o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun “Nasaf” futbol klubi mashg'ulotlar maydoni – Qarshi shahar, Mustaqillik shoh ko'chasi 5-uy;

- “Mir Arab” o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Buxoro sport majmuasi stadioni – Buxoro shahar, Ibrohim Mo'minov ko'chasi 9-uy, “Dilkusho” tennis stadioni – Buxoro shahar, Islom Karimov ko'chasi 24-uy;

- “Jo'ybori Kalon” ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Buxoro sport majmuasi stadioni – Buxoro shahar, Ibrohim Mo'minov ko'chasi 9-uy, “Dilkusho” tennis stadioni – Buxoro shahar, Islom Karimov ko'chasi 24-uy;

- “Faxriddin ar-Roziy” o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Horazm sport majmuasi – Urganch shahar, Baynalmilal ko'chasi 18-uy;

- “Imom Termiziy” o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun “Surxon” sport majmuasi zaxira futbol maydoni – Termiz shahri, A.Navoiy ko'chasi, 43-B uy;

Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan ta'lim muassasalari bo'yicha test sinovlari 2020 yil 16 sentyabr' kuni soat 17:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari o'tkaziladigan hududlarga soat 15:30 da pasport va DTM ruxsatnomasi bilan kelishlari talab etiladi. 


 - “Ko'kaldosh” va “Hadichai Kubro” o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Toshkent shahar, Talabalar shaharchasi - Mo'ljal Beruniy metrosi chiqish joyi.

Mazkur ta'lim muassasalari bo'yicha test sinovlari 2020 yil, 17 sentyabr' kuni 1-smena bo'yicha soat 08:00 da,  2-smena bo'yicha 17:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari o'tkaziladigan hududlarga soat 1-smena bo'yicha soat 06:00 da, 2-smena bo'yicha 15:00 da pasport va DTM ruxsatnomasi bilan kelishlari talab etiladi. Eslatib o'tamiz, mazkur hujjatlardan biri bo'lmagan taqdirda, abituriyent test sinovlariga kiritilmaydi. Shuningdek, abituriyentning qaysi smenada test sinovlari topshirishi DTM ruxsatnomasida ko'rsatib o'tilgan.


 Abituriyentlar karantin talablaridan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda test sinovlariga kiritiladi:

- dizenfektsiya tonnelidan o'tkaziladi;

- tana harorati masofadan o'lchash qurilmasi orqali o'lchanadi;

- tibbiy niqob va qo'lqop bilan ta'minlanadi.


 DTM ruxsatnomasini qay tartibda olish bo'yicha qo'shimcha ma'lumot beriladi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi

Ta'lim va ilmiy-tadqiqot bo'limi

VIDEO
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Yomonlik qilganga yaxshilik tilang!

03.04.2025   2201   1 min.
Yomonlik qilganga yaxshilik tilang!

Bir o‘smir yigit bekatda o‘tirgan otaxonning oldiga kelib, “Assalomu alaykum otaxon, meni eslay olasizmi?” deb so‘radi. Otaxon: “Yo‘q, eslay olmadim, biz tanishmizmi?” deb javob qildi. Bir necha oy avval shu bekatga kelgan avtobusga birga chiqqandik.

Suhbat jarayonida siz Allohga ishonishingizni aytdingiz. Men sizga qo‘pollik qilib, ustingizdan kuldim. Keyin bu ishimdan uyaldim, ammo sizdan kechirim so‘ramadim.
 

Otaxon jim bo‘lib qoldi. O‘smir yigit gapida davom etdi: “O‘sha kuni kechasi otam olamdan o‘tib qoldi. Hayotim o‘zgarib ketdi. Qur’on o‘qishni o‘rgandim. Endi esa, Alloh yana sizga duch qilib, fursat berdi. O‘shanda qilig‘imdan ranjigan bo‘lsangiz-da, yomon gapirmadingiz. Hozir sizdan uzr so‘ramoqchiman”.


Otaxon unga tabassum bilan qaradi: “Bilasanmi, o‘sha kuni haqqingga Allohdan hidoyat so‘ragan edim. Hecham yomon tilak qilmagandim. Balki o‘sha kuni haqqingga qilgan duoim ijobat bo‘lgandir”, dedi.


Xulosa shuki, kimdir sizni xafa qilsa birdaniga uni duoibad qilmang. Balki mazlumning duosi qabul bo‘ladigan damlarda Allohdan unga hidoyat, husnixulq so‘rang. Zero, qo‘llarimizni duoga ochar ekanmiz, tilagimizning barakasi, albatta, o‘zimizga ham tegadi. Alloh taolo Kalomida shunday marhamat qiladi: “Kim bir yaxshilik qilsa, unga o‘n barobar qaytarilur” (An’om surasi, 160-oyat). 


Akbarshoh Rasulov

Ibratli hikoyalar