Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Oktabr, 2025   |   6 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:30
Quyosh
06:50
Peshin
12:12
Asr
15:42
Shom
17:27
Xufton
18:40
Bismillah
28 Oktabr, 2025, 6 Jumadul avval, 1447

Bu zikrni 100 marta aytganmisiz?

30.05.2024   6332   2 min.
Bu zikrni 100 marta aytganmisiz?

Subhanalloh – Alloh taologa eng sevimli kalima. Abu Zarr roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: “Alloh taologa eng mahbub bo'lgan kalomni aytaymi? Alloh taolo uchun kalomlarning eng yaxshisi “Subhanallohi va bihamdihi”, deb aytishingdir”, dedilar”.

 

Subhanalloh – aytishga oson, tarozida og'ir keluvchi kalima. Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ikki kalima borki, ular tilga engil, tarozida og'ir va Rahmonga mahbubdir. Ular: “Subhanallohi va bihamdihi, Subhanallohil a'ziym”, dedilar” (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

 

Subhanalloh – Jannatda bog' bo'luvchi kalima. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimki: “Subhanallohi va bihamdihi” desa, u uchun jannatda bir xurmo ekiladi”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

 

Subhanalloh – eng afzal kalima. Sahobalar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Qaysi kalom afzal?” deb so'rashdi. U zot sollallohu alayhi vasallam: “Alloh farishtalari yoki bandalari aytishini ixtiyor qilgan “Subhanallohi va bihamdihi” kalimasidir”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

 

Subhanalloh – gunohlarga kafforat bo'luvchi kalima. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim har namozdan keyin o'ttiz uch marta tasbeh (Subhanalloh), o'ttiz uch marta hamd (Alhamdulillah), o'ttiz uch marta takbir (Allohu akbar) aytsa, jami to'qson to'qqiz bo'ladi, yuzta bo'lishiga: “Laa ilaaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva a'la kulli shay'in qodiyr”ni aytsa, uning gunohlari dengiz ko'piklari kabi bo'lsa ham, mag'firat qilinadi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Subhanalloh – xatolarni ketkazuvchi kalima. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim: “Subhanallohi va bihamdihi” deb bir kunda yuz marta aytsa, xatolari dengiz ko'pigicha bo'lsa ham kechib yuboriladi”, dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Subhanallohi va bihamdihi a'dada xolqihi va rizo nafsihi va zinata arshihi va midada kalimatihi”,deb aytardilar (Imom Muslim rivoyati).

 Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Gandining Abu Bakr va Umar roziyallohu anhum haqidagi e’tirofi

28.10.2025   108   2 min.
Gandining Abu Bakr va Umar roziyallohu anhum haqidagi e’tirofi

Hindiston mustaqillik harakatining yetakchisi Mahatma Gandi 1937 yil 27 iyulda chop etilgan “Harijan” nomli haftalik jurnalida ulug‘ sahobalar Abu Bakr va Umar ibn Xattob roziyallohu anhumni tavozeli va mas’uliyatli rahbarlar sifatida tilga olgan.

Islom tarixi haqidagi kamdan-kam gapiradigan Gandining ushbu maqolasida ikki xalifani kamtarin hayot kechirgani va halollik bilan mamlakatni boshqargani namuna qilib ko‘rsatgan.

Gandi mazkur e’tirofni jurnalda e’lon qilib, endigina davlat lavozimlarini egallay boshlagan Hind milliy kongressi a’zolariga axloqiy maslahatlar bergan.

Maqolada Gandi quyidagicha yozadi:

“Men sizlarga Ram Chandar yoki Krishnadan misol keltira olmayman, chunki ular tarixiy shaxs sifatida qabul qilinmagan. Shu bois men faqat sizlarga hazrat Abu Bakr va hazrat Umar Foruq roziyallohu anhumning nomlarini keltira olaman. Ular ulkan mamlakatning rahbarlari edilar, ammo o‘z hayotlarini juda oddiy va kamtarlik bilan o‘tkazgan edilar”

Bu so‘zlar Hindiston tarixidagi muhim bir pallada aytilgan edi. 1937 yilda Hind milliy kongressi ilk bor Buyuk Britaniya hukmronligi ostidagi bir necha viloyatlarda hukumat tuzish huquqiga ega bo‘ldi. Jarayonlar 1935 yilgi Hindiston boshqaruvi to‘g‘risidagi qonun asosida o‘tkazilgan saylovlar natijasida amalga oshdi.

Gandi har doim siyosatchilarning ma’naviy pokligi haqida qayg‘urardi. U Kongress rahbarlariga mansab va boylikka berilib ketmaslikni, halollik va xalq xizmatini ustuvor qo‘yish borasida o‘git berardi. Shuning uchun ham xalifalar Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumni misol qilib keltirdi va haqiqiy rahbar xalqqa xizmat qiluvchi, oddiy hayot kechiruvchi inson bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

“Harijan” jurnali Mahatma Gandi tomonidan 1933 yilda ta’sis etilgan haftalik nashr bo‘lib, asosan ijtimoiy islohotlar, ayniqsa kasta tizimini yo‘qotish va “past toifa”ning huquqlarini himoya qilish mavzulariga bag‘ishlangan edi.

Jurnalda Gandining din, siyosat va axloq haqidagi fikrlari muntazam chop etilgan.

Nashr ingliz tilida chiqarilar, shuningdek hind va gujarat tilida ham nashr etildi. Jurnal 1955 yilgacha faoliyat yuritgan.

Jurnaldagi e’tirof Gandining Islom qadriyatlariga nisbatan hurmatini namoyon etgan holatlardan biridir. U ko‘pincha o‘z nutq va maqolalarida Qur’on oyatlarini, Muhammad sollallohu alayhi vasallam va sahobalarning so‘zlarini keltirar, ularni insoniyat uchun axloqiy namuna sifatida ko‘rsatar edi.

Toshkent islom instituti 

katta o‘qituvchisi Po‘latxon Kattayev

Gandining Abu Bakr va Umar roziyallohu anhum haqidagi e’tirofi
Maqolalar