Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Yanvar, 2026   |   16 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:33
Asr
15:27
Shom
17:12
Xufton
18:30
Bismillah
05 Yanvar, 2026, 16 Rajab, 1447

Tashahhudni oxirigacha o'qimaslik

20.06.2024   1649   1 min.
Tashahhudni oxirigacha o'qimaslik

Cavol: Tashahhudni oxirigacha o'qilmay qolsa, bu xato emasmi? 

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namozda tashahhud o'qish vojib amal sanaladi. Tashahhudni boshidan oxirigacha, abduhu va rosuluhu”gacha o'qish ham vojib sanaladi. Biror qismini unutib tark qilib qo'yish orqali sajdai sahv vojib bo'ladi. Bu haqda fiqhiy kitoblarimizda bayon qilingan. Jumladan “Bahrur roiq” kitobida bunday deyilgan:

“Namozning ettinchi vojibi tashahhud o'qish. Uning garchi ozini tark qilsa ham “Zohirur rivoya”ga ko'ra sajdai sahv vojib bo'ladi. Chunki tashahhudning barchasi bitta, yaxlit zikr hisoblanadi. Uning ba'zini tark qilish hammasini tark qilish hukmida bo'ladi. Birinchi yoki ikkinchi qa'dada bu holat sodir bo'lishining farqi yo'q”. Vallohu a'lam.

 O'zbekiston musulmonlari idorasiFatvo markazi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Rajab - hayo oyi

24.12.2025   8369   1 min.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari

MUFTIY MINBARI