Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Iyun, 2025   |   5 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:52
Peshin
12:26
Asr
17:33
Shom
19:53
Xufton
21:28
Bismillah
01 Iyun, 2025, 5 Zulhijja, 1446

Qulog‘i belgi uchun kesilgan qo‘yni qurbonlik qilish mumkinmi?

30.07.2020   3021   1 min.
Qulog‘i belgi uchun kesilgan qo‘yni qurbonlik qilish mumkinmi?
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi yetakchi mutaxassisi G‘ulomiddin XOLBOYEV: 

– Qurbonlik qilinadigan hayvonning barcha a’zolari sog‘ va butun bo‘lishi afzal. Lekin odatda hayvonlar ozgina nuqsondan, kamchilikdan xoli bo‘lmaydi. Odatda cho‘ponlar qo‘ylarning qulog‘iga belgi qilish maqsadida turli tamg‘alar qo‘yadi yoki kesadi. 

Imom Muhammad rahmatullohi alayh «Jomi' as-Sag‘ir» kitobida: «Agar hayvon qulog‘i, dumi yoki dumbasining aksar qismi (uzilib yo kesilib) ketgan bo‘lsa, qurbonlikka yaramaydi, lekin ozroq qismi kesilgan bo‘lsa, qurbonlik qilsa bo‘ladi», degan. 

Hanafiy mazhabi ulamolarining o‘rtasida ozi bilan ko‘pini ajratib turadigan qism qancha ekani borasida ixtilof bor. Bu borada Imom Muhammad rahmatullohi alayh Abu Hanifa rahmatullohi alayh qurbonlik hayvonining qulog‘i, dumi yoki dumbasidan uchdan biri yoki uchdan biridan ozrog‘i kesilgan bo‘lsa qurbonlik qilish joiz, uchdan biridan ko‘prog‘i kesilgan bo‘lsa qurbonlik qilish joiz emasligini rivoyat qilgan va shu gapga fatvo berilgan. 

Demak, qurbonlik qilinayotgan qo‘yning qulog‘iga qaraladi. Agar qulog‘ining uchdan biri yoki uchdan biridan ozroq qismi kesilgan yoki qulog‘i teshib qo‘yilgan bo‘lsa, qurbonlik yoki aqiqa uchun so‘ysa bo‘ladi. Agar qulog‘ining uchdan biridan ko‘p qismi kesilgan bo‘lsa, qurbonlik va aqiqa uchun so‘yib bo‘lmaydi. 
 
 
O‘zA
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Rasman: Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi

31.05.2025   8426   1 min.
Rasman: Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi

O‘zbekistonda muborak Qurbon hayiti 2025 yil 6 iyun kuni nishonlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori imzolandi. (https://president.uz/uz/lists/view/8178)

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari